Kontent qismiga oʻtish

Maksim Trankov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maksim Trankov
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavalludi 7-oktyabr 1983-yil (1983-10-07) (41 yosh)
Perm
Boʻyi 1.87 m (6 ft 2 in)
Sherigi Tatyana Volosojar
Oldingi sheriklari Mariya Muxortova
Uchishni boshlagan 1987
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 84.17 (WR)
Erkin dastur 154.66

Maksim Leonidovich Trankov (ruscha: Максим Леонидович Траньков; 1983-yil 7-oktyabrda tug'ilgan) - juftlikda uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan rossiyalik figurali uchuvchi. Sherigi Tatyana Volosojar bilan birgalikda ikki karra Olimpiya chempioni (2014-yil, yakka va jamoaviy turnir), jahon chempioni (2013), toʻrt karra Yevropa chempioni (2012 — 2014, 2016) va uch karra Rossiya chempioni (2011, 2013, 2016) boʻlgan[1].

Sobiq sherigi Mariya Muxortova bilan birga birga 2008-yilgi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori, besh karra Gran-pri turnirining (shu jumladan, Trophee Erik Bompardning bitta oltin medali) gʻolibi, 2005-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni, 2004-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finali chempioni va 2007-yilgi Rossiya milliy chempionatining oltin medal sohibi boʻlgan[2].

Mariya Muxortova bilan

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maksim va Muxortova Lyudmila Velikova hamda Nikolay Velikov murabbiylik qilgan. U paytda Maksimning sherigi boshqa ayol boʻlgan.

Maksim 2004-yilda Muxortova bilan juftlashgan va oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida hamda 2004-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashib, bronza medalini qoʻlga kiritgan. Keyingi mavsumda juftlik, oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri turniri doirasida oʻtkazilgan 2005-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqqan. 2005 — 2006-yilgi Juftlik Olimpiya mavsumida Tatyana Totmianina / Maksim Marinin juftligi musobaqani tark etganidan keyin 2006-yilgi Jahon chempionatida qatnashish uchun tanlangan. Ular chempionatda 12-oʻrinni egallashgan[3].

2006 — 2007-yilgi mavsumda Muxortova va Trankov 2007-yilgi Rossiyaning milliy chempioni boʻlishgan, ammo Mariyaning mashgʻulotlarda olgan jarohati tufayli Yevropa chempionatini oʻtkazib yuborishga majbur boʻlishgan. Juftlik 2007-yilgi Jahon chempionatida qatnashgan va bir pogʻona yuqorilab 11-oʻringa koʻtarilgan. Keyingi mavsumda ular 2008-yilgi Yevropa chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritganlar va 2008-yilda oʻtkazilgan Jahon chempionatida 7-oʻrinni egallaganilar.

2008 — 2009-yilgi mavsumda Muxortova va Trankov juftligi birinchi Gran-pri finaliga yoʻl olgan, 2009-yilgi Yevropa chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan va Jahon chempionatida 5-oʻringa koʻtarilgan.

2008 — 2010-yilgi mavsumda juftlik 2009 Trophée Eric Bompard musobaqasiga tayinlangan, u yerda oʻz koʻrsatkichlarini yangilagan va ikki karra jahon chempioni boʻlgan Aliona Savchenko va Robin Szolkovini magʻlub etgan. Ularning ikkinchi Gran-pri musobaqasi 2009 Skate Canada turniri. 2009 Skate Canada turnirida juftlik ikkinchi oʻrinni egallagan. Juftlik 2010-yilgi Yevropa chempionatida yana bir bronza medalini qoʻlga kiritgan, ammo 2010-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida yttinchi oʻrindan joy olgan. 2010-yil mart oyida Italiyaning Turin shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ular 4-oʻrinni egallashgan. Keyinchalik juftlik hamkorligini tugatishga qaror qilgan.

Tatyana Volosjar bilan

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maksim Trankov va Tatyana Volosjar juftlik hosil qilishga qaror qilishgan. Ularga Nina Mozer murabbiylik qilgan, murabbiyning yordamchilari Volosojarning sobiq sherigi Stanislav Morozov va AQShdan Rossiyaga qaytgan xoreograf Nikolay Morozov edi. Tatyana va Maksim koʻplab elementlarni bajarish texnikasini qayta oʻrganib, bir-biriga moslashishlari kerak boʻlgan.

Bu juftlikning Rossiya musobaqalaridagi rasmiy debyuti 2010-yil oktyabr oyida Permdagi Rossiya kubogining uchinchi bosqichida boʻlib oʻtdi va ular gʻalaba qozonishdi. Juftlik 2011-yilgi Rossiya chempionatida gʻolib chiqib, ikkala dasturda ham yetakchilik qildi.

Xalqaro konkida uchish ittifoqi qoidalariga koʻra, boshqa mamlakat terma jamoasiga qoʻshilgan sportchilar xalqaro musobaqalarda bir yillik „karantin“ ni oʻtashlari kerak. Tatyananing Ukraina uchun s10ggi chiqishi 2010-yilgi Olimpiada boʻlganligi sababli, yangi juftlik 2011-yil 16-fevralgacha xalqaro maydonga chiqa olmadilar, shuning uchun ular 2011-yil 24 — 30-yanvar kunlari boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatini oʻtkazib yuborishdi.

2011-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun Tatyana va Maksim yangi juftlik sifatida qisqa dasturda 10 yetti ball va oʻsha mavsumda erkin dastur uchun oʻttiz ball boʻlgan minimal texnik natijani olishlari kerak edi. Ushbu natijaga erishish uchun juftlik „karantin“ tugaganidan soʻng darhol Mont Blanc Trophy turnirida ishtirok etib yetarli ball yigʻishdi va ular dastur turlarining ikkalasida ham gʻalaba qozonishdi.

Maksim Trankov bilan

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2009 — 2010 Appassionata

ㅤ Secret Garden
  • Love Story
  • Francis Lai
  • Cinema Paradiso
    Ennio Morricone va Andrea Morricone
2008 — 2009 Nobody Home

Pink Floyd

ㅤ ㅤ London Symphonic Orchestra
The Lady and the Hooligan
Dmitri Shostakovich
2007 — 2008 Otonal

ㅤ Raúl di Blasio
Prelude in C sharp minor

Sergei Rachmaninov
2006 — 2007 Music for Cinema

Alfred Schnittke
Elegy

Sergei Rachmaninov
2005 — 2006 Baxter (saundtrek) Rhapsody on a Theme of Paganini

Sergei Rachmaninov
2004 — 2005 Quidam
Cirque du Soleil

ㅤ René Dupéré
El dia que me quieras

ㅤ Raúl di Blasio
2003 — 2004 Melodies of the White Night
Isaac Schwartz
El dia que me quieras

ㅤ Raúl di Blasio

Mariya Muxtorova bilan

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Natijalar
Xalqaro
Musobaqa 2003 — 2004 2004 — 2005 2005 — 2006 2006 — 2007 2007 — 2008 2008 — 2009 2009 — 2010
Olimpiada 7
Jahon chempionati 12 11 7 5 4
Yevropa chempionati 2 3 3
Gran-pri finali 6 4
GP Bompard 3 2 1ㅤ
Rossiya GP kubogi 6 4 7 4
GP Skate America 5 3
GP Skate Canada 7 2
Finlandia Trophy 1ㅤ
Nebelhorn 2
Universiada 3
Xalqaro: Oʻsmirlar
Yevropa chempionati 3 1ㅤ
JGP finali 3 1ㅤ
JGP Xitoy 1ㅤ
JGP Chexiya 1ㅤ
JGP Germaniya 1ㅤ
JGP Polsha 1ㅤ
Milliy
Rossiya chempionati 1-J. WD 3 1ㅤ 2 2 2
GP = Gran-pri; JGP = oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
J. = oʻsmirlar darajasi; WD = musobaqani tark etgan

(Rossiya uchun Tatyana Volosjar bilan birga)

Musobaqa 2010-11 2011-12 2012-13 2013-14 2015-16
Xalqaro
Olimpiada - juftlik 1
Olimpiada - jamoa 1
Jahon chempionati 2 2 1 6
Yevropa chempionati 1 1 1 1
Gran-pri finali 2 1 2
Yaponiya Gran-pri 1
AQSh Gran-pri 1 1
Rossiya Gran-pri 1
Kanada Gran-pri 1
Fransiya Gran-pri 1 1
Nebelhorn Trophy 1 1 1 1
Nepela xotirasi 1
Mont Blanc Trophy 1
Milliy
Rossiya chempionati 1 1 1
  1. Gubina, Мarina „ru:Фигуристы Мухортова и Траньков в поисках новых партнеров“ [Figure skaters Mukhortova and Trankov searching for new partners] (ru). infox.ru (2010-yil 30-mart).
  2. „ru:Забыть "Историю любви"“ (ru). gazeta.ru (2010-yil 29-mart).
  3. Moskalenko, Elena „ru:Максим Траньков: "Я постоянно терпел унижения"“ [Maxim Trankov: "I was constantly put down"] (ru). sports.ru (2010-yil 19-aprel).