Xalqaro konkida uchish ittifoqi
Turi | Xalqaro sport federasiyasi |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 1892-yil |
Joylashuvi | Lozanna |
Prezident | Kim Jayeol |
Vebsayti | isu.org |
Xalqaro konkida uchish ittifoqi[1] (inglizcha: International Skating Union ISU) — konkida uchish sport turlari: figurali uchish, konkida uchish va short-treklarni boshqaradigan xalqaro federasiya sanaladi.
1892-yilda Sxeveningenda (Niderlandiya) tashkil etilgan. Bu eng qadimgi xalqaro sport federasiyalaridan biridir. Tashkilotni yaratishdan maqsad konkida uchish sportining yagona qoidalari va me’yorlarini belgilash, xalqaro musobaqalarni tashkil etishdan iborat. 1895-yilda ISU faqat havaskorlar musobaqasiga e’tibor qaratishga qaror qildi. 1896-yil fevral oyida Sankt-Peterburg egidligi ostida birinchi chempionat o‘tkazildi[2] .
Ayni kunda federasiyaning bosh qarorgohi Shveysariyaning Lozanna shahrida joylashgan.
Tashkilot
[tahrir | manbasini tahrirlash]2008-yil yoz holatiga ko‘ra, ISU 63 ta davlat-a’zolaridan iborat bo‘lib, ulardan 11 tasi boshqaruv kengashi a’zolari sanaladi. Yig‘ilish kun tartibida har qanday taklif kiritish uchun to‘rt-besh nafar a’zolar qo‘llab-quvvatlashi zarur. Kun tartibiga doir takliflar uchdan ikki foizi yoki ko‘pchilikning ovozi bilan ma’qullanadi.
ISU prezidentlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1882-1894 yillar Villem J. X. Mulyer
- 1894-1924 yillar Viktor Balk
- 1925-1937 yillar Ulrich Salchow
- 1937-1945 yillar Gerrit V. A. Van Laer
- 1945-1953 yillar Gerbert Klark
- 1953-1967 yillar Jeyms Koch
- 1967-1967 yillar Ernst Labin
- 1967-1980 yillar Jak Favard
- 1980-1994 yillar Olaf Paulsen
- 1994-2016 yillar Ottavio Cinquanta
- 2016-2022 yillar Yan Dykema
- 2022 yildan beri Kim Jayeol
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „arxiv nusxasi“. 2015-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-sentyabr.
- ↑ Ice Skating Champions
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayt(ingl.)