Sardiniya
Geografiya | |
---|---|
Maydoni | 23 949 km2 |
Dengiz sathidan balandligi | 384 m. |
Ma'muriyat | |
Davlat | Italiya |
Mintaqa | Italiya |
Demografiya | |
Aholisi | 1 628 384 va 1 639 591 |
Qo'shimcha ma'lumot |
Sardiniya — Oʻrta dengizdagi orol, Apennin yarim oroldan gʻarbda. Korsika oroldan Bonifacho boʻgʻozi orqali ajralgan. Italiya hududi. Maydoni 24 ming km². Sharkiy qirgʻoqlari tik, gʻarbi nisbatan qiya. Relyefi sharqida togʻli (eng baland joyi — LaMarmor togʻi, 1834 m), asosan, granit va kristalli slanetslardan tuzilgan. Gʻarbi va shimoligʻarbi lavali va tufli plato, jan.gʻarbi Kampidano pasttekisligidan iborat. Iklimi subtropik, oʻrta dengiz iqlimi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 7—10°, iyulniki 24—26°. Ichliga tekisliklarda 600 mm dan togʻlarda 1000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Yozi qurgʻoqchil. Daryolari qisqa, qishda toʻlib oqadi. Suvi sugʻorishga sarflanadi. Doim yashil va barg toʻkuvchi oʻrmonlar, makvis chakalakzorlari bor. Xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi va konchilik rivojlangan. Kartoshka, dukkakli va donli ekinlar ekiladi, sitrus mevalar, uzum yetishtiriladi. Baliq ovlanadi, qoʻy boqiladi. Yirik shahri va porti — Kalyari.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |