Lumbitepa
Lumbitepa — Andijon viloyatining Marhamat tumani hududida, qad. Mingtepa shahri harobasi (Marhamat)dan 6 km gʻarbda joylashgan. L. toʻgʻri burchak (65x90 m) shaklda. Jan.-gʻarbiy burchagida toʻgʻri burchak (18x20 m) tarhli, balandligi 3 m boʻlgan tepalik — qalʼa harobasi joylashgan. 1988—89 yillarda stratigrafik shurf qazilgan va tepalikning ustki qatlami ochib tekshirilgan. L. — koʻpqatlamli manzilgoh boʻlib, quyi qatlamdagi hayot milodiy 3— 4-asrlarga, ustki qatlamdagi hayot esa, 7—8-asrlarga toʻgʻri keladi. Qazishmalar natijasida yangi tipdagi mustahkamlangan manzilgoh aniqlangan. U kalinligi 3 m dan ortiq tashqi devor bilan oʻralgan, ichki qismida zich qurilgan inshootlar, mol qoʻrasi joylashgan katta hovlisi boʻlgan. Manzilgoh devor bilan 4 qismga ajratilgan. Kattaligi bir xil boʻlgan xonalardan oʻchoqlar chiqqan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |