Movut
Qiyofa
Movut — jun tolalardan va ularga boshqa tolalar aralashtirib toʻqiladigan jun yoki yarim jun gazlama. Mayin va dagʻal xillari boʻladi. Mayin movut mayin va yarim dagʻal tolalardan, dagʻal movut dagʻal tolalardan tayyorlanadi. Movut tayyorlash uchun tolalar maxsus mashinalarda bevosita kigizga oʻxshatib bosiladi yoki oldin toʻquv dastgohida xom gazlama toʻqib olib, uni mashina vallari orasidan oʻtkazib zichlanadi. Xom gazlama toʻqish uchun toʻquvchilik usullarining asosiylari —garnitura, sarja va satin oʻrilishlar qoʻllanadi. Movut, asosan, shinellar, paltolar va boshqa tikish uchun ishlatiladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |