Leonid Nikolayev
Leonid Nikolayev | |
---|---|
Tavalludi |
1-avgust 1878-yil |
Vafoti |
11-oktyabr 1942-yil Toshkent, OʻzSSR, SSSR |
Fuqaroligi | Rossiya imperiyasi SSSR |
Kasbi | pianist, bastakor, pedagog |
Leonid Vladimirovich Nikolayev (1 [13]-avgust 1878-yil, Kiyev – 1942-yil 11-oktyabr, Toshkent) – rus sovet pianinochisi, bastakor va pedagog, RSFSR xalq artisti (1938), fan doktori (1941).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Leonid Vladimirovich 1-avgust 1878-yilda Kiyevda tavallud topgan. Kiyev musiqa kollejida Vladimir Puxalskiydan pianino boʻyicha, Yevgeniy Ribdan musiqa nazariyasi boʻyicha tahsil olgan. 1897-yilda Moskva konservatoriyasiga oʻqishga kirgan, 1900-yilda Vasiliy Safonovning fortepiano sinfini va ikki yildan soʻng Sergey Taneyev va Mixail Ippolitov-Ivanovning kompozitsiya sinfini tamomlagan[1].
Leonid Pianinochi sifatida dastlab Moskvada rus musiqa ixlosmandlari toʻgaragida chiqish qilgan (1900). „Muzikalnix vistavkax“ da faol ishrirok etgan hamda Kiyev (1904) va Sankt-Peterburg (1907) zamonaviy musiqa kechalarida ham qatnashgan. Bir muncha vaqt Katta teatrida oʻqituvchi boʻlib ishlagandan soʻng, Nikolayev musiqa bastalashni boshlagan. U 1909-yildan Peterburg konservatoriyasida fortepiano va kompozitsiyadan dars bergan (1912-yildan professor). 1930-yillarning oʻrtalarida qisqa muddat Leningrad konservatoriyasida direktor lavozimida faoliyat olib borgan[2].
Nikolayev 1942-yilda boshqa konservatoriya oʻqituvchilari bilan birga Toshkentga evakuatsiya qilingan va u yerda tifdan vafot etgan. U shahar qabristoniga dafn etilgan. 1952-yilda kuli Literatorskie Mostkida qayta dafn qilingan.
Nikolayev oʻqituvchi sifatida katta shuhrat qozongan. Konservatoriyada oʻqituvchilik qilgan yillar davomida Vladimir Sofronitskiy, Dmitriy Shostakovich, Mariya Yudina, Pavel Serebryakov, Natan Perelman, Aleksandr Sokovnin, Aleksandr Kreyn, Valerian Bogdanov-Berezovskiy, Boris Golts, Natan Fishman, Isaak Shvarts kabi bir qator taniqli musiqachilarni tayyorlagan[3].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Leonid Vladimirovich 1937-yilda Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohibi boʻlgan. 1938-yilda RSFSR xalq artisti va RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist unvonlariga sazovor boʻlgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „НИКОЛАЕВ, ЛЕОНИД ВЛАДИМИРОВИЧ (1878–1942)“. Qaraldi: 2023-yil 22-noyabr.
- ↑ „Леонид Николаев“. Qaraldi: 2023-yil 22-noyabr.
- ↑ „Биография Исаака Шварца“. Справки. РИА «Новости» (2013-yil 13-may). 2015-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-oktyabr.