Kontent qismiga oʻtish

Laxsh tumani

Koordinatalari: 39°15′0″N 71°30′0″E / 39.25000°N 71.50000°E / 39.25000; 71.50000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Laxsh tumani
tojikcha: ноҳияи Лахш
Maʼmuriy tuman
Tarkibida RBT
Maʼmuriy markazi Vaxdat
Asos solingan sanasi 10-mart 1931-yil
Rasmiy tillar tojikcha
Aholi (2016) 42 000[1]
Millatlar tarkibi tojiklar, qirgʻizlar
Dinlar tarkibi musulmonlar
Maydoni 4580,1 km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Qisqacha DZ
Kod ISO 3166-2 TJ.RR.DZ
Telefon kodi +992 3132
Pochta indeksi 737450
Internet domeni .tj
Avtomobil raqami kodi 08TJ
Xaritada
Laxsh tumani xaritada
39°15′0″N 71°30′0″E / 39.25000°N 71.50000°E / 39.25000; 71.50000

Laxsh tumani (tojikcha: ноҳияи Лахш) - Tojikistondagi respublikaga boʻysunuvchi tumanlarning biridir. Maʼmuriy markazi — Vaxdat shaharchasi[2].

1931-yilning 10-martida Tojikiston SSRning tarkibida Jirgʻatol tumani tashkil etilgan. 1939-1955 yillarda Garm tumani tarkibiga kirgan. Tojikiston Respublikasi Hukumatining 2016-yilning 2-fevralidagi 29-sonli qarori va Tojikiston Respublikasining Milliy Majlisining 2016-yilning 3-martidagi 204-sonli qarori bilan Jirgatol tumani Laxsh tumani deb qayta nomlangan. [3].


Laxsh tumani Rasht vodiysida joylashgan. Shimolida Qirg'izistonning Botken viloyati, G'arbda - Rasht tumani, janubda - Tojikobod va Sangvor tumanlari bilan, sharqda - Qirg'izistondagi O'sh viloyatining Chon-Oloy tumani va Tojikistondagi TBMVning Murgab tumani bilan chegaradosh.

Aholi soni 2016-yilning 1-yanvar holatiga koʻra 61300 kishinin tashkil qiladi, shu jumladan Vahdat shahrida[2] — 9,8% yoki 6000 kishi[1].

Laxsh tumani hududi aholisining salmoqli qismini tashkil qilgan tojik millati vakillari bilan aralashgan qirgʻiz xalqining anʼanaviy yashash joyi boʻlib hisoblanadi.

Tojikiston Respublikasining Murgʻob qirgʻizlaridan farqli oʻlaroq, laxsh qirgʻizlarining turmush darajasi anʼanaviy ravishda yuqori boʻlib hisoblanadi[4]. Bu hududda tojik-qirg‘iz aralash nikohlarining ko‘plig sabab[5] mahalliy qirg‘izlarning qayrilman maqomida Qirg‘izistonga ko‘chib o‘tishga unchalik moyilmasligidan dalolalat beradi.

Hududiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Laxsh tumani tarkibiga 1 shahar tipidagi (tojikcha: шаҳрак) Vahdat qishlogʻi[2] va 8 qishloq jamoati kiradi (tojikcha: ҷамоат)[6]:

Laxsh tumanining hududiy boʻlinishi
Qishloq jamoati Aholisi
Sayliobod 4267
Navroʻz 12 663
Javonon 17 674
Laxsh 5830
Laxshi Bolo 6818
Pildon 5111
Surkhob 2367
Nurafshon 8786