Kuloyim
Kuloyim | |
---|---|
Asosiy maʼlumotlar | |
Janr | Ertak |
Muallif | Charles Perrault |
Kuloyim |
Kuloyim ― (inglizcha: Cinderella, fransuzcha: Cendrillon, nemischa: Aschenputtel , ruscha: Золушка) Gʻarbiy Yevropa ertagi boʻlib, Charles Perrault, aka-uka Grimmlar va Giambattista Basile nashrlari bilan mashhur[1].
Ertakning eng qadimgi talqini Misr papiruslaridan topilgan. Ertakning bosh qahramoni — Gretsiyada tugʻilgan Rhodophis ismli qiz. Uni qaroqchilar oʻgʻirlab ketishadi va Misrga olib kelishib, qul sifatida sotishadi. Egasi Rodophisga tilla bilan qoplangan nafis charm sandal sotib oladi. Rhodophis daryoda choʻmilayotganda, bir lochin (bu lochin Horus xudosi edi) uning sandalini oʻgʻirlab, Firʼavnga olib boradi. Sandal shunchalik kichkina va nafis ediki, Firʼavn darhol uning egasini topish maqsadida qidiruv eʼlon qiladi. U Rhodophis (Kuloyim) ni topgach, darhol unga uylanadi.
Charles Perrault talqini (1697)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi turmushidan yoqimtoy va mehribon bir qizi boʻlgan kichik mamlakatning tul podshosi, ikkala qiz farzandi ham oʻziga oʻhshagan takabbur va yovuz xonimga uylanadi. Ota har narsada yangi xotiniga boʻysunadi. Oʻgay ona oʻgay qizini boloxonada yashashga, somon toʻshakda uxlashga va eng ogʻir va qora ishlarni qilishga majbur qiladi. Uy yumushlaridan keyin qiz odatda kamin yonidagi kul qutisiga oʻtirib dam oladi, shuning uchun opa-singillar uni Kuloyim deb atashadi. Kuloyimning oʻgay opalari hashamatda yashaydilar, Kuloyim esa ularning masxaralariga yuvoshlik bilan bardosh beradi.
Shahzoda Mirliflor[2] qirollikdagi barcha olijanob odamlar xotinlari va qizlari bilan taklif qilingan balni tashkil qiladi. Balga Kuloyimning oʻgay onasi va opa-singillari ham taklif qilinadi; Kuloyimni esa kir-chir juldur kiyimda hech kim saroyga kiritmasdi. Oʻgay onasi va opa-singillari ketganidan soʻng, Kuloyim achchiq koʻzyosh toʻkadi. Uning oldiga sehrgar pari boʻlgan choʻqintirgan onasi keladi. Mehribon pari qovoqni aravaga, sichqonchalarni otlarga, kalamushni izvoshchiga, kaltakesaklarni xizmatkorlarga, Kuloyimning juldur koʻylagini hashamatli libosga aylantirib, unga chiroyli boshmoqchachalar hadya qiladi. Pari sehr oʻz kuchini yarim tun boʻlganida yoʻqotadi deb Kuloyimni ogohlantiradi. Kuloyim balga yetib keladi. Hamma uning goʻzalligi va kiyimiga qoyil qoladi, shahzoda u bilan uchrashadi va raqsga tushadi. Soat oʻn ikkida bong urishi bilan Kuloyim hamma bilan xayrlashib ketishga shoshiladi. Uyiga yetib kelgach u yana eski fartuk va yogʻoch poyabzalini kiyib, baldan qaytib kelgan opa-singillarning porlagan goʻzal notanish qiz haqidagi hikoyalarini tinglaydi.
Ertasi kuni kechqurun yasan-tusan qilgan Kuloyim yana balga boradi. Shahzoda uning yonidan ketmaydi va unga yoqimli soʻzlarni pichirlaydi. Soat oʻn ikki boʻlishi bilan Kuloyim shaxzoda bilan hayrlashadi. U uyiga shoshib yugurar ekan, boshmoqchasini tushirib qoldiradi. Shahzoda butun qirollik boʻylab oyogʻiga ushbu mitti boshmoqcha mos kelgan qizga uylanishini eʼlon qiladi. Opa-singillarni hayratda qoldirib, Kuloyim boshmoqchani hech qanday qiyinchiliksiz kiyadi. Kiyib koʻrgandan soʻng, Kuloyim choʻntagidan ikkinchi boshmoqchani chiqaradi va pari uning juldur kiyimlarini hashamatli libosga aylantiradi. Opa-singillar tiz choʻkib, Kuloyimdan kechirim soʻrashadi. Kuloyim opalarini „chin koʻngildan“ kechiradi. Kuloyim saroyga, shaxzodaga keltiriladi va bir necha kundan keyin shaxzoda unga uylanadi. Kuloyim opalarini oʻz saroyiga olib keladi va oʻsha kuni ularni ikki saroy zodagoniga turmushga beradi.
Aka-uka Grimmlar talqini
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bir boyning xotini vafot etadi. Oʻlimidan oldin u qiziga mehribon boʻlishni vasiyat qilib soʻnggi soʻzlarida shunday deydi: Mening azizim, kamtarin va mehribon boʻl shunda xudo senga doimo yordam beradi va men senga osmondan qarab har doim yoningda boʻlaman. Qiz har kuni onasining qabriga boradi va yigʻlaydi, onasining buyrugʻini doim bajaradi. Qish keladi, keyin bahor keladi va boy boshqa bir ayolga uylanadi. oʻgay onaning yovuz va ahmoq ikki qizi boʻladi. Boyning qizidan chiroyli koʻylaklar tortib olib, oshxonaga haydab yuborishadi. Bundan tashqari, qiz ertalabdan kechgacha eng qora va ogʻir ishlarni bajaradi va kulda uxlaydi, shuning uchun uni Kuloyim deb atashadi. Ota yarmarkaga ketayotib, qizlariga nima olib kelishni soʻraydi. Oʻgay qizlar qimmatbaho koʻylaklar va qimmatbaho toshlarni soʻrashadi, Kuloyim esa oddiygina daraxt novdasini olib kelishini soʻraydi. Kuloyim keltirilgan novdani onasining qabriga ekib, koʻz yoshlari bilan sugʻoradi, natijada bir goʻzal daraxt unib chiqadi. Kuloyim kuniga uch marta daraxt yoniga kelib, yigʻlardi va ibodat qilardi; va har safar u kelganida bir oq qush daraxtga uchib qoʻnardi va Kuloyim unga qandaydir xohish bildirganida, qush soʻragan narsani berardi. Qirol uch kunlik ziyofat uyushtiradi, oʻgʻli kelin tanlashi uchun balga mamlakatning barcha goʻzal qizlarini taklif qiladi. oʻgay opa-singillar ziyofatga tayyorlanishadi ammo Kuloyimning oʻgay onasi tasodifan bir piyola yasmiqni kulga toʻkib yuborganini aytib, agar Kuloyim ikki soatda yasmiqni kuldan ajratib olsa, balga borishi mumkinligini aytadi. Kuloyim doʻstlarini yordamga chaqiradi: Siz, kaptarlar, kaptarlar, samoviy qushlar, tezda oldimga uching, yasmiq terishga yordam bering! Yaxshisi — qozonda, yomoni — qadahda. Ular bir soatdan kam vaqtda vazifani bajarib qoʻyadi. Bu safar oʻgay ona yana tasodifan 2 piyola yasmiqni sochib yuborib 1 soatda tugatishni buyuradi. Kuloyim yordamchilarini chaqiradi va ular yarim soatda vazifani bajarishadi. oʻgay ona Kuloyimning kiygani koʻylagi yoʻqligi va raqsga tushishni bilmasligini bahona qilib qizlari bilan birga usiz balga joʻnaydi. Kuloyim daraxt yoniga kelib soʻraydi: Daraxtdan yerga meva toʻkilgani kabi undan hashamdor koʻylak tushadi.
Kuloyim balga yetib keladi. Shaxzoda butun kecha faqat u bilan raqsga tushadi. Keyin Kuloyim undan qochib kaptarxonaga berkinadi. Shaxzoda boʻlib oʻtgan hodisani qirolga soʻzlab beradi. Qariya oʻylaydi: „Shu emasmikin Kuloyim?“ U kaptarxonani buzish uchun ketmon va bolta olib kelishni buyuradi, ammo u yerda hech kim boʻlmaydi.
Ikkinchi kuni Kuloyim yana daraxtdan kiyim soʻraydi (xuddi shu soʻzlar bilan) va hamma narsa birinchi kundagidek takrorlanadi, faqat Kuloyim kaptarxonaga qochib ketmaydi, balki nok daraxtiga chiqib oladi. Uchinchi kuni Kuloyim yana daraxtdan kiyim-kechak soʻraydi va shahzoda bilan balda raqsga tushadi, lekin u qochib ketayotganida uning sof oltindan yasalgan boshmoqchasi yelim toʻkilgan zinapoyalarga (shahzodaning hiylasi) yopishib qoladi. Shahzoda Kuloyimning otasi yoniga kelib, oltin boshmoqcha kimning oyogʻiga mos kelsa oʻshanga uylanishini aytadi.
Opa-singillardan biri boshmoqchani oyogʻiga sigʻdirish uchun barmogʻini kesib tashlaydi. Shahzoda uni oʻzi bilan olib ketadi, lekin daraxtdagi ikkita oq kaptar uning shippagi qonga belangani haqida kuylaydi. Shahzoda aravani orqaga qaytaradi. Xuddi shu holat boshqa opa bilan takrorlanadi, faqat u oyoq barmogʻini emas, balki tovonini kesadi. Boshmoqcha faqat Kuloyimning oʻziga mos keladi. Shahzoda qizni tanib, uni kelin deb eʼlon qiladi. Shahzoda va Kuloyim qabriston yonidan oʻtayotganda, kaptarlar daraxtdan uchib, Kuloyimning yelkasiga qoʻnishadi. Toʻyni nishonlash vaqtida, xiyonatkor opa-singillar paydo boʻladi — ular Kuloyimni yoʻldan ozdirib, undan baxtini tortib olishni xohlashadi. Toʻy marosimida cherkovga borayotga paytda katta oʻgay opasi kelinning oʻng tomonida, kichigi esa chap tomonida turadi; kabutarlar esa har birining koʻzlarini oʻyib oldilar. Ular cherkovdan qaytayotganlarida, kattasi chap tomonda, kichigi esa oʻng tomonda turadi; kabutarlar esa har biridan yana bir koʻzini oʻyib olishadi.
Shunday qilib, oʻgay opa singil oʻzlarining yovuzliklari va yolgʻonlari uchun umrlarining oxirigacha koʻrlik bilan jazolandilar.
Filmlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fransuz ertaklari asosida koʻplab badiiy va animatsion filmlar chiqarilgan.
- 1817-yilda italiyalik bastakor Gioacchino Rossini ertakning fransuzcha varianti asosida shu nomdagi pyesa yozadi, 1899-yilda esa fransuz bastakori Jule Massenetning yana bir operasi premyerasi boʻlib oʻtadi.
- 1898-yilda George Albert Smithning Cindrella qisqa metrajli filmi chiqarilgan. Bu film bugungi kungacha saqlanib qolmagan.
- 1899-yilda Georges Melièsning Cindrella qisqa metrajli filmi chiqarilgan.
- 1911-yilda George Nicolsning Cindrella qisqa metrajli filmi chiqarilgan.
- Cindrella (1911) — Florens La Badi rol ijro etgan ovozsiz film.
- 1912-yilda Colin Campbellning Cindrella qisqa metrajli filmi chiqarilgan. Bu film bugungi kungacha saqlanib qolmagan.
- 1914-yilda James Circwoodning Mery Pickford bilan birgalikda suratga olgan Cindrella filmi chiqarilgan.
- 1922-yilda Lotta Reynigerning Cindrella qisqa metrajli multfilmi chiqarilgan.
- 1945-yilda Nikolay Volkovning librettosiga asoslangan Sergey Prokofyevning baletining premyerasi boʻlib oʻtgan.
- 1946-yilda Evgeniy Shvartz syujetning fransuzcha varianti asosida pyesa yozgan.
- 1947-yilda Nadejda Kosheverova va Mixail Shapironing Zolushka filmi E. Shvartz ssenariysi boʻyicha chiqarilgan.
- 1950-yilda Disney Perraultning ertagi asosida toʻliq metrajli Cindrella multfilmini chiqargan.
- 1957-yilda Perrault ertagi asosida rejissyor Ralph Nelson tomonidan suratga olingan Amerika televideniyesida efriga uzatilgan Cindrella musiqiy filmi chiqqan. 1965-yilda Charles Dubin rejissyorligida xuddi shu librettodan qayta talqin yaratilgan.
- 1979-yilda Soyuzmultfilm rejissyori Ivan Aksenchuk xuddi shu ertak asosida qisqa metrajli multfilm suratga olgan.
- 1996-yilda 25 daqiqalik 26 qismdan iborat Cindrella anime seriyasi chiqarilgan.
- 2002-yilda rejissyor Semyon Gorov tomonidan suratga olingan Zolushka rus-ukrain televideniye musiqiy filmi chiqarilgan.
- Ertak syujeti rejissyor Rob Marshall va Walt Disney Pictures tomonidan ishlab chiqarilgan Into the Woods badiiy musiqiy filmida qoʻllanadi.
- 2007-yilda New Adventures of Cindrella (Kuloyimning yangi sarguzashtlari) multfilmi chiqarilgan.
- 2012-yilda amerikalik fantastik yozuvchi Marissa Mayer tomonidan yozilgan Cyber Cinderella (Kiber Kuloyim) kattalar uchun kitob nashr etildi.
- 2012-yilda fransuz multfilmi (Cendrillon au Far West, Uzoq gʻarbdagi Kuloyim) chiqarilgan.
- Cindrella — 2015-yilda Walt Disney Pictures tomonidan ishlab chiqarilgan.
- 2016-yilda Vena shahrida dirijor Zubin Meta homiyligi va rahbarligida yosh ingliz bastakori Alma Dicherning shu nomdagi operasining (Cindrella) Yevropa premyerasi boʻlib oʻtgan[3][4]
- 2016-yilda Delight soya teatri ertakni gologramma proyeksiya sanʼati bilan uygʻunlashtirib, soya spektakliga moslashtirgan. Premyera Chernigov, Ukrainada boʻlib oʻtgan[5].
- 2018 yilda Cindrella and The Secret Prince (Kuloyim va sirli shaxzoda) multfilmi chiqdi.
- 2018-yilda rejissyor Aleksandr Igudin tomonidan Zolushka musiqiy filmi chiqdi.
- 2021-yilda Three nuts for Cindrella (Kuloyim uchun uch yongʻoq) filmi suratga olingan.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Charles Robinsonning Cindrella in the Kitchen (Oshxonadagi Kuloyim) 1900-yilgi illustratsiyasi
-
Oliver Herfordning Cindrella and the Fairy Gradmorther (Kuloyim va pari buvijon) illustratsiyasi
-
Gustave Doréning Cendrillon ertagi uchun chizgan illustratsiyasi, 1867
-
Shahzodaning paydo boʻlishi, Gustave Doré tomonidan tasvirlangan Les Contes de Perrault ertagidagi rasm, 1862
-
Cinderella at the Kitchen Fire (Oshxona olovi yonida Kuloyim), Thomas Sully, 1843
-
1865-yilgi talqindagi Kuloyim ertagidagi oʻgay opa-singillar
-
Kuloyim opalarini kiyintirmoqda
-
Journeys through Bookland ertagidagi oʻgay opa-singillar, 1922
-
Harry Clarke tomonidan chizilgan oʻgay opa-singillar illustratsiyasi, 1922
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Zipes, Jack (2001). The Great Fairy Tale Tradition: From Straparola and Basile to the Brothers Grimm. W. W. Norton & Co. p. 444. ISBN 978-0-393-97636-6.
- ↑ Ot frans. mirer — „stremitsya“, „domogatsya“ i fleur — „svetok“. Otsyuda prozviщe elegantnix molodix lyudey vo vremena Lyudovika XIV.
- ↑ „Веб-сайт «Золушка в Вене»“. 2016-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-may.
- ↑ „Теневые адаптации лучших сказок всех времен и народов“. 2019-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-yanvar.
- ↑ „Теневой спектакль "Золушка"“. 2017-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-sentyabr.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Zolushka // Propp V. Ya. Russkaya skazka. L.: LGU, 1984. Gl. III. Volshebnie skazki. S.231-232.
- „Золушка“, Сказочная энциклопедия, 5000 экз, М.: ОЛМА-ПРЕСС, 2005 — 168—171-bet. ISBN 5-224-04818-4.
- Cox Marian Roalfe. Cinderella. Three Hundred and Forty-five variants of Cinderella, Catskin, and Cap oʻ Rushes… (Wayback Machine saytida 2013-01-27 sanasida arxivlangan) Arxivnaya kopiya ot 27 yanvarya 2013 na Wayback Machine L., 1893.
- Rooth A. B. The Cinderella Cycle. Lund, 1951.
- Cultural china, Yeh-Shen, a Cinderella Story. Arxivirovano 20 yanvarya 2015 goda.
- Гримм. Замарашка (Wikisource).
- Dentu, E.. Les Contes de ma mère l’Oye avant Perrault/Cendrillon ou la Petite Pantoufle de verre (Wikisource), 1879.
- Singh, V. Cinderellaʼs slippers: the dichotomy of fur and glass — and — Performance art and the re-odorization of modern consciousness. — 2008.
- Delarue, P. À propos de la pantoufle de Cendrillon, Bulletin de la Société française de mythologie. — 1951. — Janvier-mars (№ 5). — S. 24.
- Оноре де Бальзак. Об Екатерине Медичи.
- Deschanel, E.. Le romantisme des classiques, Volume 4. Nabu Press, 2010. ISBN 978-1144111265.
- Dundes, A.. Cinderella: A Casebook. University of Wisconsin Press, 2010. ISBN 978-0299118648.
- Mouly, C.. Mon sabot de verre, Contes et légendes des pays d'oc. Toulouse: éditions de Raffût, 2008. ISBN 978-2953079623.
- Bortoluzzi, M. Perraul sur les traces de Ma Mère lʼOye. — 1977. Arxivirovano 15 oktabrya 2017 goda.
- Yaponskaya „Povest ob O-Sin“ i eyo folklornie svyazi: doklad Lyudmili Yermakovoy // iocs.hse.ru (23 fevralya 2018 g.)