Lubok
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Lubok (rus), xalq rasmlari — gravyura usulida bajarilib qoʻlda boʻyab chiqilgan va tushuntirish matni bilan toʻldirilgan rasmlar; L. tushunarli obrazi, sodda usuli, loʻnda tasviriy vositalari (dagʻalroq shtrixi va yorqin boʻyoklari), bezakdorlik anʼanalariga asoslangan hikoyanavislik xususiyati bilan ajralib turadi (L. turkumlari, L. kitob-kartinalari va boshqalar). L. xalq ijodi hisoblanadi, ayrim folklor usullarida tayyorlangan professional grafika asarlari ham L.ga kiritiladi. Qad. L. Xitoyda paydo boʻlgan va qoʻlda yaratilgan. 8-asrdan yogʻoch gravyura (ksiyaografiya)lar tarqalgan, Yevropada 15-asrdan maʼlum boʻlgan. 17-asrdan mis gravyura, 19-asrdan litografiya usulidagi L. keng tarqalgan. Ijtimoiy-inqilobiy davrlarda L.dan publitsistik kurol sifatida foydalanilgan. Sharq (xitoy, hind) L.lari yorqin va rangdorligi bilan ajralib turadi. F. Goyya, O. Domye, G. Kurbe, A. Venetsianov, I. Ivanov kabi professional sanʼatkorlar L.ning ayrim usul va mavzularidan ilhomlangan. L. anʼanalari 20-asr 20 — 40-yillari Oʻzbekistonda yaratilgan ayrim kitob va plakatlarda uchraydi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |