Kontent qismiga oʻtish

Kulikovo jangi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kulikovo jangi - Nepryadva va Don daryolari oraligʻida joylashgan Kulikovo maydonidagi jang (1380 yil 8-sentabr). Bu jang Moskvaning buyuk knyazi Dmitriy Ivanovich (1350—89) boshchiligidagi rus polklari bilan Oltin Oʻrda tumanboshisi Mamay rahbarligidagi moʻgʻul qoʻshinlari oʻrtasida boʻlgan. Kulikovo jangida koʻplab rus knyazlari oʻz jangchilari bilan qatnashgan (taxminan 150 ming kishi boʻlgan). Avval boshda moʻgʻul qoʻshini ruslarni iskanjaga olib, ularni cheki-nishga majbur qilgan. Rus polklarining yarmi jangda qirilib ketgan. Volin voyevodasi Bobrok va Vladimir Andreyevich (Dmitriyning birodari) qoʻmondonligida zahirada turgan polk pistirmadan chiqib, moʻgʻullar ustiga qoʻqqisdan tashlanishi jang taqdirini hal etgan. Bu jangda ruslar moʻgʻullarni ularning oʻz usuli bilan magʻlub qilgan. Mamay asosiy kuchlarini olib chekinishiga toʻgʻri kelgan. Kulikovo jangida har ikki tomondan 200 ming kishi halok boʻlgan. Rus qoʻshinlariga qoʻmondonlik qilgan buyuk knyaz Dmitriyga — Donskoy, Vladimirga — Xrabriy (Jasur) nomi berilgan. Biroq, oradan ikki yil oʻtgach, Oltin Oʻrdaning yangi xoni Toʻxtamish qiyinchiliksiz Moskvani egallagan va rus knyazlarini yana soliq (oʻlpon) toʻlashga majbur qilgan.

Ad:. Grekov B. D., Yakubovskiy A. Yu., Oltin Oʻrda va uning qulashi, T., 1956; Abduraimov M., Temur va Toʻxtamish, T., 2000.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil