Kohi Safi tumani
Kohi Safi ولسوالی کوه صافی | |
---|---|
tuman | |
34°47′50″N 69°31′44″E / 34.79722°N 69.52889°E | |
Mamlakat | Afgʻoniston |
Vaqt mintaqasi | UTCAfgʻoniston Standart vaqti |
|
Kohi Safi tumani (dariycha: ولسوالی کوه صافی) hozirgi janubi-sharqiy Parwan viloyatida joylashgan tarixiy tumanlardan biri. Kohi Safi tumani butun mintaqa boʻyicha Safi qabilasi istiqomat qiladigan yagona tuman. 1930-yillarda Kohi Safi tumani Parvon viloyatining Chorakardan keyingi ikkinchi aholi punkti ekanligi aytilgan boʻlsa-da, 1930—1940-yillarda Safi qabilasining podshohga qarshi isyoni tufayli hukumat tomonidan ushbu hududni evakuatsiya qilish buyrugʻining amalga oshirilishi oqibatida mintaqa aholi punktini yoʻqotdi. Aholining aksariyati koʻchirilgan yoki shimolga, mamlakat poytaxti boʻlgan Kobul chegaralaridan uzoqroqqa qochib ketgan. Bir nechtasi Hirot shahrining gʻarbiga va boshqalari Hindistonga ketgan (1947-yildan keyin u yerlar Pokiston boʻlgan). Mojaroning ildizi qirol Amanualloh Xonning zamonaviylashtirish taklifi, bundan tashqari uning Safi va boshqa bir necha afgʻon qabilalari boshligʻi boʻlgan Durroniy oilasiga qarshi qurollanganligi sababli boshlangan degan taxminlar mavjud. Baʼzi tarixchilar esa Safi qabilasining toʻqnashuvi va uning jiddiy tus olishi ortida boshqa omil, asosan, Safi qabilasi ustidan hukmron Durroniy qabilasi emas, balki Shinvariy boʻlganligi bilan bogʻliq deb taxmin qiladilar.
Tarixi va aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kohi Safi tumani asosan togʻli hudud boʻlib, katta Kohiston viloyatining kichik hududi hisoblanadi. Tuman nomi XV asrdan boshlab ushbu nom bilan atalgani maʼlum. Maʼlumotlarga koʻra, Sikandar Lodining shaxsiy shifokori Qulam Adam Muhammad Shahid Mirzo birovni Kobulga, Safiston oʻlkasiga joʻnatish kerakligini taʼkidlagan. Hind shifokorining islomiy nomi „Laooq Sapistan“ boʻlib, Kobuliston deb ataladigan katta Kobulning Saphystanidan olgan degan taxmin ham bor. Kohi Safi katta Kohiston viloyati tarkibiga kiruvchi Parvon viloyatining koʻpgina Sharqiy hududlari bilan bir qatorda Moʻgʻullar davrida ham Saphystan oʻlkasi Safi nomi bilan mashhur boʻlgan. Zamonaviy Kohi Safi tumani ham kattaligi, ham aholisi jihatidan kichikroq boʻlsa-da, lekin Safi urushidan oldin u yerda juda koʻp aholi yashagan.
Qayta qurish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad Nodirshoh hukmronligiga qadar Safi qabilasi aʼzolarining koʻpchiligi, jumladan, yuqori tabaqa vakillari ham Kohi Safiga kelishgan. Sovetlar bosqinchiligi paytida Kohi Safi yana aholi punktiga aylangan, shu bilan birga koʻplab infratuzilmalar vayron qilingan. Tolibon davrida Kohi Safi va Xon Tota tumanlari Tolibon resurslari toʻplanadigan joy vazifasini bajargan. 2001-yilda AQSh havo hujumlari paytida ikkala tuman ham bombardimon qilingan. 2001-yildan 2003-yilgacha Kobuldan Koxi-Safigacha boʻlgan yoʻllar qaroqchilar, talonchilar va AQShga qarshi jangarilar tomonidan yopib qoʻyilgan[1]. 2004-yildan beri hukumat va Safi urugʻi aʼzolari oʻrtasida Safi tumanini Kobulning navbatdagi markaziy tumanlaridan biriga aylantirish toʻgʻrisida koʻplab loyihalar va shartnomalar imzolandi. Hozirgacha Kohi Safi tumani aholisi zamonaviy sharoitlar bilan taʼminlanmagan boʻlsa ham, asosiy yoʻllar, toza suv va yarim kunlik elektr energiyasi bilan taʼminlangan[2].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Institute for War and Peace Reporting | Giving Voice, Driving Change“. Iwpr.net. Qaraldi: 2-iyul 2015-yil.
- ↑ „Ministry of Rural Rehabilitation and Development“. Mrrd.gov.af. Qaraldi: 2-iyul 2015-yil.