Koban madaniyati
Qiyofa
Koban madaniyati - jez davrining oxiri — ilk temir davrining boshlaridagi arxeologik madaniyat (mil. av. 2-ming yillikning oxiri — 1-ming yillikning oʻrtalari). Dastlab (1869) topilgan joy — Shim. Osetiya (RF)dagi Koban qishlogʻining nomidan olingan. Shimoliy Kavkazning markaziy qismeta tarqalgan. Qishloq va qabriston qoldiqlari topilgan. Koban madaniyati manzilgohlaridan jangda ishlatiladigan bolta, mis idish va turli bezak buyumlari — toʻgʻnogʻich, kamar, tugma, bilagoʻzuk va boshqa topilgan. Koban madaniyati aholisi chorvachilik, deqqonchilik, temirchilik bilan shugʻullanishgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |