Kontent qismiga oʻtish

Karib inqirozi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Karib inqirozi
Sovuq urush

Sanalar 16-28-oktabr 1962
Urush yeri Kuba
Sabab AQSh tomonidan Turkiyada raketalarni joylash
Natija * SSSRning yadroviy raketalarini Kubadan olib chiqish haqida eʻlon qilinishi.
  • AQSH yadroviy raketalarini Turkiya va Italiyadan olib chiqishi.
  • SSSR va AQSH oʻrtasida Kubada va boshqa yerlarda raketalarni provokatsiton tarzda qoʻyilmasligi toʻgʻrisida kelishuvi.
  • AQSH va SSSR oʻrtasida Moskva-Vashington ishonch telefoni yadroviy ishonch telefonini yaratilishi.
Raqiblar
 SSSR
 Kuba
Qoʻllab-quvvatlaganlar:
Varshava shartnomasi tashkiloti (Ruminiyadan tashqari[1])
 AQSh
 Italiya
 Turkiya
Qoʻllab-quvvatlaganlar:
 NATO
 ADT
Qoʻmondonlar
Yoʻqotishlar
Yoʻq 1-ta Lockheed U-2 uchqichi yoʻqolgan
1 kishi
Universal newsreel about the Cuban Missile Crisis

Karib dengizi inqirozi (ruscha: Карибский кризис) va yana 1962-yilning Oktabr inqirozi (ispancha: Crisis de Octubre), Kuba raketa inqirozi (inglizcha: Cuban Missile Crisis) yoki Raketa qoʻrquvi nomi bilan tanilgan 35-kunlik (16-oktabrdan 20-noyabrgacha) AQSh va SSSR oʻrtasidagi inqirozdir. Amerika Qoʻshma Shtatlari Italiya va Turkiyada raketalarnini joylashtirishi va Sovet Ittifoqining xuddi shunday ballikstik raketalarini Kubada joylashtirishi bilan taqqoslangan xalqaro inqirozga aynalgan Sovuq urush voqealaridan biridir. Qisqa vaqt oraligʻiga qaramay, Kuba raketa inqirozi AQSh milliy xavfsizligi va yadro urushiga tayyorgarlikning hal qiluvchi voqeasi boʻlib qolmoqda. Qarama-qarshilik koʻpincha Sovuq urushning toʻliq miqyosli yadro urushiga aylanishiga eng yaqin vaqt qolganligini anglatadi[2].

Italiya va Turkiyada AQSh Yupiter ballistik raketalarining mavjudligi sababi va 1961-yildagi Kochinos buxtasidagi operatsiyasi muvaffaqiyatsiz boʻlganidan soʻng SSSRning birinchi sekretari Nikita Xrushchyov Kubaning soʻrovi boʻyicha, yaʼni ushbu orolda yadroviy raketalarni oʻrnatishga roʻziligini berganidan soʻng, ikkita blok orasida inqiroz paydo boʻladi. Kuba va SSSRning shartnomalari Xrushchyovning Fidel Kastro bilan yashirin uchrashuvidi yozda bir necha raketa qurulmalari qurilinishini boshlashni anglatdi.

Ayni paytda, 1962-yil AQShda saylov kampaniyasi davom etayotgan edi va Oq uy Floridadan 140 km uzoqlikda joylashgan xavfli Sovet raketalarini eʼtiborsiz qoldirganligi haqidagi daʼvolarni bir necha oy davomida rad etdi. Raketaning tayyorlanishi AQSh Harbiy-havo kuchlarining U-2 razvedka samolyoti R-12 (NATO kod nomi SS-4) va R-14 (NATO kod nomi SS-5) oʻrta masofaga moʻljallangan ballistik raketalarining aniq fotografik dalillarini taqdim etganida tasdiqladi.

Bu haqda Prezident John Kennediga xabar qilinganda, u Milliy xavfsizlik kengashining toʻqqiz aʻzosi va Milliy xavfsizlik kengashi ijroiya qoʻmitasi (EXCOMM) nomi bilan mashhur boʻlgan guruhdagi boshqa beshta asosiy maslahatchilarning yigʻilishini chaqiradi. Ushbu uchrashuvda prezident Kennediga dastlab Sovet raketa taʼminotini xavf ostiga qoʻyish uchun Kuba tuprogʻiga havo hujumi uyushtirish, keyin esa Kuba materikiga bostirib kirish tavsiya qilinadi. Ehtiyotkorlik bilan oʻylab koʻrgandan soʻng, prezident Kennedi urush eʼlon qilishdan qochish uchun kamroq tajovuzkor harakat yoʻlini tanlaydi. EXCOMM bilan maslahatlashgandan soʻng, Kennedi 22-oktabr kuni Kubaga koʻproq raketalarning yetib borishiga yoʻl qoʻymaslik uchun dengiz "karantini"ni buyurdi[3]. "Blokada" (qonuniy taʼrifi boʻyicha urush harakati) oʻrniga "karantin" atamasini qoʻllash orqali AQSh urush holati oqibatlaridan qochishga muvaffaq boʻldi[4]. AQSh Kubaga hujum qurollarini yetkazib berishga ruxsat bermasligini eʼlon qildi va Kubada mavjud boʻlgan qurollarni demontaj qilishni va Sovet Ittifoqiga qaytarishni talab qildi.

Bir necha kun davom etgan keskin muzokaralardan soʻng, Kennedi va Xrushchyov oʻrtasida kelishuv erishildi: ochiqchasiga, Sovetlar Kubadagi hujum qurollarini demontaj qildilar va ularni Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tekshirilgandan soʻng va ommaviy deklaratsiyadan soʻng Sovet Ittifoqiga qaytaradilar. AQSh esa Kubaga bostirib kirmasligi haqida garant kelishuv tuzdilar. Qoʻshma Shtatlar Sovet Ittifoqiga qarshi Turkiyaga topshirilgan barcha Yupiter IRBMlarini demontaj qilish toʻgʻrisida Sovetlar bilan yashirincha kelishib oldi. Italiyaning kelishuvga qoʻshilganligi haqida bahslar bor edi. Sovetlar oʻz raketalarini demontaj qilganda, baʼzi sovet bombardimonchilari Kubada qoldirdi va Qoʻshma Shtatlar 1962-yil 20-noyabrgacha dengiz karantinini saqlab qoldilar[4].

Barcha hujumchi raketalar va Il-28 yengil bombardimonchi samolyotlari Kubadan olib chiqilgach, 20-noyabr kuni blokada rasman bekor qilindi. Qoʻshma Shtatlar va Sovet Ittifoqi oʻrtasidagi muzokaralar tez, aniq va toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish zarurligini koʻrsatdi. Ikkita super kuch oʻrtasidagi toʻqnashuv yakkunlandi. Natijada Moskva-Vashington ishonch telefoni tashkil etildi. Keyinchalik bir qator kelishuvlar AQSh va Sovet Ittifoqi oʻrtasidagi ziddiyatlarni bir necha yil davomida pasaytirdi, ammo ikkala tomon ham oʻzlarining yadroviy arsenallarini kengaytirishni davom etdilar.

  1. Holtsmark, Sven G.; Neumann, Iver B.; Westad, Odd Arne. Sven G. Holtsmark, Iver B. Neumann, Odd Arne Westad, Springer, 27 iul. 2016, The Soviet Union in Eastern Europe, 1945–89, p. 99, 27-iyul 2016-yil. ISBN 9781349232345. 
  2. Scott, Len; Hughes, R. Gerald. The Cuban Missile Crisis: A Critical Reappraisal. Taylor & Francis, 2015 — 17-bet. ISBN 9781317555414. Qaraldi: 24-may 2015-yil. 
  3. Society, National Geographic „Kennedy 'Quarantines' Cuba“ (en). National Geographic Society (2021-yil 21-aprel). Qaraldi: 2022-yil 11-may.
  4. 4,0 4,1 Jonathan, Colman (1-aprel 2019-yil). „The U.S. Legal Case for the Blockade of Cuba during the Missile Crisis, October-noyabr 1962“. Journal of Cold War Studies.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()