Kaʼba qorovuli
Makkadagi Kaʼbani qoʻriqlash – bu Kaʼba bilan bogʻliq ishlar, uning parvarishi, jumladan, uni taʼmirlash, kisvani almashtirish va muqaddas joyning kalitini saqlashni oʻz ichiga oladi. Banu Xuzoa qabilasi Makkadan quvilganidan soʻng Quraysh qabilasi Kaʼbaning birinchi rasmiy vasiyligini olgan va bu avloddan-avlodga oʻtib kelgan. Hozirgi vaqtda bu vazifani Bani Shayba qabilasi bajaradi.
Ushbu vazifani bajauvchi kishi Kaʼba qorovuli (arabcha: سدانة الكعبة) unvonini oladi. Hozirgi kunda Kaʼbaning qoʻriqchisi shayx Abdulvahhob ibn Zayn al-Obidin ash-Shaybiydir.
Qoʻriqchining roli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kaʼba qorovuli, asosan, Kaʼbaning boshqaruv ishlari rahbari hisoblanadi. Bu vazifaga muqaddas joyni taʼmirlash, tozalash, shuningdek, kisva kir yoki yirtilgan boʻlsa, uni almashtirish kiradi. Qorovul Quraysh qabilasining Abduddor urugʻidan boʻlgan Banu Shayba boʻlinmasiga mansub eng yoshi ulugʻ kishi hisoblanadi[1][2].
Qurayshiy qorovullar roʻyxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyida Qurayshiylardan boʻlgan Kaʼba qorovullarining roʻyxati keltirilgan[3][4][5]:
- Qusay ibn Kilab
- Abduddor ibn Qusay
- Usmon ibn Abduddor
- Abduluzzo ibn Usmon
- Abu Talha Abdulloh
- Talha ibn Abu Talha
- Usmon ibn Abu Talha
- Shayba ibn Usmon
- Musab ibn Shayba
- Jubayr ibn Shayba
- Musafiy ibn Abdulloh
- Mansur ibn Abdurahmon
- Abdulloh II
- Musab II
- Musafiy ibn Abdurahmon
- Ubaydulloh ibn Usmon
- Abdulloh ibn Shuayb
- Abdukarim ibn Shuayb
- Muhammad ibn Abdulloh
- Zu’ra ibn Musab
- Abdulaziz ibn Zu’ra
Interregnum
- Yahyo ibn Abdurahmon
Interregnum
- Daylam ibn Muhammad
- Abdurahmon ibn Daylam
- Ali ibn Yahyo ibn Muhammad
- Muhammad ibn Ismoil
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Al-Thagafi, Tareq. „A history of the management of the Kaaba“. Arab News (2020-yil 30-iyul).
- ↑ al-Fawaz, Nadia. „Who holds the key to the Holy Kaaba?“. Al Arabiya (2018-yil 28-may).
- ↑ „Table of custodians of the Kaaba throughout history“ (ar). Arby Research, Reports and Information Network (2024-yil 9-avgust). Qaraldi: 2024-yil 9-avgust.
- ↑ „عائلة الشيبي ( بنو شيبة ) - السعودية“ (ar). rabettah.net. Qaraldi: 2024-yil 9-avgust.
- ↑ „سدانة الكعبة.. الشيبيون توارثوها من عهد النبي إلى اليوم“ (ar). makkawi.azurewebsites.net. Qaraldi: 2024-yil 9-avgust.