Joseph Louis Anne Avenol
Joseph Louis Anne Avenol | |
---|---|
Joseph Louis Anne Avenol | |
2-Millatlar ligasi bosh kotibi | |
Mansab davri 1933-yil 3-iyuldan – 1940-yil 31-avgustgacha | |
Oʻtmishdoshi | Eric Drummond |
Vorisi | Seán Lester |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
9-iyun 1879-yil Mell, Fransiya |
Vafoti |
2-sentyabr 1952-yil (73 yoshda) Vo, Shveysariya |
Joseph Louis Anne Avenol (talaffuzi: Jozef Lui Ann Avenol; 9.6.1879, Mell, Fransiya – 2.9.1952, Vo, Shveysariya) – kelib chiqishi fransiyalik diplomat. Millatlar ligasi bosh kotibi (3-iyul 1933 – 31-avgust 1940)[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avenol 1922-yilda Fransiya Gʻaznachilik departamentidan Millatlar Ligasiga moliyaviy ishlarni boshqarish uchun yuborilgan. 1933-yilda Erik Drummond isteʼfoga chiqqan va Joseph bosh kotib etib saylandi. Versal shartnomasida keyingi bosh kotib fransuz boʻlishi haqida kelishuv boʻlgan. Avenol Ligadan Germaniya va Italiyani tinchlantirish siyosatida Fransiya Tashqi ishlar vazirligining kengaytmasi sifatida foydalanganlikda ayblangan.
Avenol Yaponiya Ligani tark etganidan koʻp oʻtmay oʻz lavozimini egalladi. Koʻp oʻtmay, Germaniya ham chiqib ketdi va Argentina toʻliq aʼzolikni tikladi. U ushbu mamlakatlarni Ligaga qaytarish uchun harakat qildi. 1935-yilda Italiya Efiopiyaga bostirib kirganida, Avenolning asosiy tashvishi Efiopiyani himoya qilish emas, balki italiyaliklarni tashkilotda saqlab qolish" edi. 1939-yilda Finlyandiya Sovet Ittifoqini Ligadan chiqarib yuborishi uchun shikoyat berishga undadi.
Bu orada Liga xodimlarining koʻp qismini, shu jumladan, barcha britaniyalik xodimlarni ishdan boʻshatgan edi. 1939-yil 1-sentyabrda Ikkinchi jahon urushi boshlanganda, Avenol Jenevani va Millatlar Ligasini butunlay tark etishga qaror qildi. 1952-yilda 73 yoshida Shveysariyaning Duilye shahridagi uyida vafot etdi.
1921-yilda Britaniya imperiyasi ordenining faxriy ritsari mukofotiga sazovor boʻldi.