John Coughlin
John Patrick Coughlin | |
---|---|
Denney va Coughlin, 2011-yilda | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Davlat | AQSh |
Tavalludi |
1-dekabr 1985-yil Kansas City, Missouri |
Vafoti |
18-yanvar 2019-yil (33 yoshda) Kansas City, Missouri |
Boʻyi | 1.90 m (6 ft 3 in) |
Oldingi sheriklari |
|
Murabbiyi | Dalilah Sappenfield, Larry Ibarra |
Jamoasi | Kansas City FSC |
Uchishni boshlagan | 1989 |
Yakunlagan | 2015 |
Shaxsiy rekordlari | |
Qisqa dastur | 63.52 |
Erkin dastur | 122.07 |
John Patrick Coughlin (1985-yil 1-dekabr — 2019-yil 18-yanvar) — amerikalik figurali uchuvchi boʻlgan. Caydee Denney bilan birga 2012-yilda Toʻrt qitʼa musobaqasining kumush medali sohibi va 2012-yilda AQSh milliy chempionatining gʻolibi boʻlgan. Oldingi sherigi Caitlin Yankowskas bilan birga 2010 Cup of China musobaqasining bronza medali sovrindori boʻlgan va ular 2011-yilgi AQSh milliy chempionatining gʻoliblari hisoblanadi. Coughlin oʻz joniga qasd qilish natijasida vafot etgan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Coughlin Missuri shtatining Kansas-Sity shahrida tugʻilgan. Uning onasi Stacy 2010-yil fevral oyida surunkali kasallik tufayli vafot etgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Coughlin konkida uchishni olti yoshida boshlagan. Faoliyatining boshida u Krista Smith, Kelsey Parker va Lucy Galleher bilan juftlikda musobaqalarda qatnashgan.
Murabbiy Dalilah Sappenfild sherik sifatida John Coughlinni Yankowskasga taklif qilgan va ular 2007-yil avgust oyining boshida juftlik hosil qilishgan. Juftlik 2008-yilgi AQSh chempionatida 6-oʻrinni egallagan va Gran-pri doirasidagi 2008 Skate America musobaqasida oʻzining debyutini amalga oshirgan[1].
2010 — 2011-yilgi mavsumda juftlikning „Ave Maria“ dastur namoyishi 2010-yilning fevralida vafot etgan Coughlinning onasi sharafiga bagʻishlangan edi. Juftlik 2010-yilda NHK Trophy musobaqasida ishtirok etib, 4-oʻrinni egallagan va Cup of Chinese turnirida birinchi Gran-pri medali — bronzani qoʻlga kiritgan. 2011 U. S. Nationals musobaqasida juftlik qisqa dastur namoyishi uchun birinchi oʻrinni egallab, oʻzlarining birinchi milliy unvonini qoʻlga kiritish uchun erkin dastur namoyishida ham gʻolib chiqqanlar[2].
Yankowskas va Coughlin juftligi 2011-yil aprel oyida boʻlib oʻtgan oʻzlarining Jahon chempionati debyutida oltinchi oʻrinni egallagan; bu natija 2006-yildan beri amerikalik juftlikning eng yaxshi natijasi boʻlgan. Musobaqadan soʻng Coughlin Yankowskasga u bilan juftlik faoliyatini toʻxtatish istagini bildirgan. 4-may kuni juftlik hamkorligini tugatganini eʼlon qilgan[3].
Dasturlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yankowskas bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Qisqa dastur | Erkin dastur |
---|---|---|
2010 — 2011 |
|
|
2009 — 2010 |
|
|
2008 — 2009 |
|
|
2007 — 2008 |
|
|
Natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Amerika Qoʻshma Shtatlar vakili sifatida Yankowskas bilan juftlikda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro | ||||
---|---|---|---|---|
Musobaqa | 2007 — 08 | 2008 — 09 | 2009 — 10 | 2010 — 11 |
Jahon chempionati | 6 | |||
Toʻrt qitʼa | 4 | 4 | ||
Cup of China | 3 | |||
GP NHK Trophy | 4 | |||
GP Skate America | 6 | |||
GP Skate Canada | 7 | |||
Ice Challenge | 1 | |||
Nebelhorn Trophy | 6 | |||
Milliy | ||||
AQSh chempionati | 6 | 7 | 6 | 1 |
Midwestern Sections | 1 | 1 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Walker, Elvin. „Yankowskas and Coughlin win gold with stirring tribute“. GoldenSkate.com (2011-yil 29-yanvar). 2011-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-fevral.
- ↑ „2011 U.S. Pairs Champions Yankowskas and Coughlin Announce End of Partnership“. U.S. Figure Skating (2011-yil 4-may). 2011-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 4-may.
- ↑ „After finishing 6th at worlds, US champs split“. Associated Press. usatoday.com (2011-yil 4-may). Qaraldi: 2011-yil 4-may.