Kontent qismiga oʻtish

Hans Zimmer

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Zimmer, 2018 yilda Toʻliq ismi Hans Florian ZimmerTavvaludi 1957 yil 12 sentyabr Frankfurt, Gʻarbiy GermaniyaVeb-sayt: http://hanszimmer.com/

Hans Florian Zimmer[1] (nemischa oʻqilishi: [ˈhans ˈfloːʁi̯aːn ˈtsɪmɐ] — 1957-yil 12-sentyabrda Frankfurt shahrida tugʻilgan nemis kompozitori. U ikki marta „Oskar“ va toʻrtta „Gremmi“ mukofotiga sazovor boʻlgan, ikki bor „Emmi“ va bir bor „Toni“ mukofotiga nomzod boʻlgan. Zimmer 2007 – yildaThe Daily Telegraph nashri tomonidan eʼlon qilingan 100 ta tirik daho roʻyxatiga ham kiritilgan.


Uning asarlari elektron musiqa tovushlarini anʼanaviy orkestr aranjirovkalari bilan uygʻunlashtirish bilan ajralib turadi. 1980-yillardan beri Zimmer 150 dan ortiq filmlarga musiqa bastalagan. Uning asarlari orasida „Qirol sher“ (1995-yilda „Eng yaxshi original musiqa“ nominatsiyasida ilk bor Oskar mukofotiga sazovor boʻlgan), „Gladiator“, „Soʻnggi samuray“, „Karib dengizi qaroqchilari“ seriali, „Qora ritsar“ trilogiyasi, „Muqadima“, „Interstellar“ va „Dunkirk“ filmlari bor. U 2022 yilda „Dyuna“ filmi uchun ikkinchi „Oscar“ mukofotini qoʻlga kiritdi.


Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtishdan oldin Zimmer oʻz faoliyatining dastlabki qismini Buyuk Britaniyada oʻtkazdi. U DreamWorks studiyasining kino musiqasi boʻlimi rahbari va oʻzi asos solgan Remote Control Productions kompaniyasi orqali boshqa bastakorlar bilan ishlaydi, ilgariroq Media Ventures deb nomlangan. Uning Kaliforniyaning Santa-Monika shahridagi studiyasi kompyuter uskunalari va klaviaturalarning keng assortimentiga ega boʻlib, filmlar spektakllarining demo versiyalarini tezda yaratishga imkon beradi.

  1. „Hans Zimmer“. Filmtracks. Qaraldi: 2009-yil 13-sentyabr. (Inglizcha)