Joel Podolny
Joel Podolny (inglizcha: Joel M. Podolny) — amerikalik sotsiolog, fanlar nomzodi, Harvard universiteti professori, Apple Inc kompaniyasi vitse-prezidenti va Apple universiteti dekani (Apple xodimlari uchun korporativ trening markazi). Ilgari u Yale menejment maktabi dekani boʻlgan[1].
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]1982-yilda Joel Podolny Cincinnati shahridagi Sent-Xavier oʻrta maktabini tamomlagan. 1986-yilda Joel Harvard universitetida bakalavriat, 1989-yilda magistr, 1991-yilda esa fan nomzodi ilmiy darajasini olgan[2].
Martaba
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shundan soʻng, Joel Podolny 11 yil davomida Stenford Oliy Biznes Maktabida (Stenford Universiteti Biznes Departamenti) bir qator professor-oʻqituvchilar lavozimlarida ishlagan. Va Stenforddagi oʻqituvchilik faoliyatining soʻnggi qismida u katta dekan lavozimini egallab kelgan.
2002-yildan 2005-yilgacha u Harvard biznes maktabi va Garvard universitetining sanʼat va fanlar fakultetida tadqiqot boʻlimi direktori va sotsiologiya, biznes boshqaruvi va menejment professori boʻlgan[3].
2005-yilda Joel Yel menejment maktabida (Yale universitetining iqtisodiyot boʻlimi) dekan lavozimini egallagan[4]. Kelgusi yilda, bugungi kunda korxonalar va ularning rahbarlari faoliyat yuritayotgan global biznes muhiti tobora murakkablashib borayotgan va oʻzaro funktsional muhitga javoban, u Yel MBA oʻquv dasturini tubdan qayta qurishni amalga oshirdi[5].
2008-yil 1-noyabrda Sharon Osteruning oʻrniga Joel Yel menejment maktabi dekani lavozimini egalladi. Soʻngra, Podolny Steve Jobs taklifiga binoan Apple Inc kompaniyasiga ishga oʻtdi va 2009-yil boshida u kadrlar boʻyicha katta vitse-prezident lavozimini egalladi va yangi ochilgan korporativ „Apple University“ deb nomlangan taʼlim loyihasiga rahbarlik qildi[6]. Apple xodimlari uchun taʼlim markazi. Aynan Podolny Jobsning iltimosiga koʻra, Apple universiteti dasturini tuzgan, uning doirasida xodimlar mamlakatning eng nufuzli universitetlari — Yale, Harvard, Stanford va boshqalar. Keyinchalik Podolny kadrlar boʻlimi boshligʻi lavozimini tark etdi, ammo Apple vitse-prezidenti sifatida Apple universiteti dekani boʻlib qolmoqda[7].
Ilmiy tadqiqot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Podolny davlat dinamikasiga asoslangan bozor raqobatining sotsiologik nazariyasini ishlab chiqgan. Buning uchun Joel turli sohalarni koʻrib chiqdi, jumladan: venchur kapital bozori, yarimoʻtkazgich sanoati bozori va investitsiya banki bozori. Podolny, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning tashkilotlarda mobillik va axborot uzatishdagi roli boʻyicha tadqiqot olib borgan[8][9][10].
Joel o‘ttizdan ortiq maqola muallifi va hammuallifidir. U, shuningdek, „Status signallari: Bozor raqobatini sotsiologik oʻrganish“ kitobini yozgan[11].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://big-i.ru/authors/847709-dzhoel-podolnii
- ↑ https://big-i.ru/authors/847709-dzhoel-podolnii
- ↑ https://hmong.ru/wiki/Joel_M._Podolny
- ↑ https://big-i.ru/authors/847709-dzhoel-podolnii
- ↑ https://hmong.ru/wiki/Joel_M._Podolny
- ↑ https://big-i.ru/authors/847709-dzhoel-podolnii
- ↑ https://hmong.ru/wiki/Joel_M._Podolny
- ↑ https://hmong.ru/wiki/Joel_M._Podolny
- ↑ https://big-i.ru/authors/847709-dzhoel-podolnii
- ↑ https://hmong.ru/wiki/Joel_M._Podolny
- ↑ https://hmong.ru/wiki/Joel_M._Podolny