Joʻra Abdullayev
Joʻra Abdullayev | |
---|---|
Tavalludi |
21-fevral 1927-yil |
Vafoti |
18-fevral 2020-yil (92 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Joʻra Abdullayevich Abdullayev (1927-yil 21-fevral, Toshkent – 2020-yil 18-aprel, Toshkent) – axborot texnologiyalari sohasidagi sovet va oʻzbek olimi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1989), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, texnika fanlari doktori (1973), professor (1982).
250 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 9 ta monografiya va 40 dan ortiq ixtirolar muallifi. 4 nafar fan doktori va 20 dan ortiq fan nomzodlarini tayyorlagan. 2003-yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan[1].
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Joʻra Abdullayevich 1927-yil 21-fevralda Toshkentda tavallud topgan. 1934—1944-yillarda Toshkent shahridagi 41-maktabda oʻqigan. Mehnat faoliyatini 1944-yilda Toshkent yoʻlovchilar deposida parovoz oʻt oʻchiruvchisi sifatida boshlagan hamda parovoz va dizel poyezdi mashinistining yordamchisi boʻlib ishlagan. Joʻra 1948-yilda Oʻrta Osiyo politexnika instituti (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) energetika fakultetiga oʻqishga kirib, 1953-yilda tamomlagan. 1954–1957-yillarda Rossiya Fanlar akademiyasining Avtomatika va telemexanika institutida aspiranturani tamomlagan. U yerda 1958-yilda texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun va 1973-yilda texnika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1982-yilda unga professor ilmiy unvoni berilgan. Abdullayev 1959–1960-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Energetika va avtomatika institutida katta ilmiy xodim va 1960–1976-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Energetika va avtomatlashtirish institutida telemexanika va axborot texnologiyalari laboratoriyasida mudir lavozimida faoliyat olib borgan[2].
Abdullayev 1976-yildan Toshkent elektrotexnika aloqa instituti rektori, 1996-yildan shu institutda maslahatchi boʻlib ishagan. Abdullayev ilmiy tadqiqotlarda qayta qurish ishlarini olib borgan, ilmiy-uslubiy ishlar, ijtimoiy-texnika fanlari rivojiga hissa qoʻshgan. Toshkent elektrotexnika aloqa instituti rektori sifatida oʻzini mohir tashkilotchi, kamtarin, prinsipial, eʼtiborli va sezgir rahbar sifatida koʻrsatgan va jamoani birlashtirib, belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga safarbar etgan[3].
Abdullayev 1992–1994-yillar oraligʻida Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, 1994–1996-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti vazifasini bajaruvchi boʻlib ishlagan. Asosiy ilmiy ishlari boshqarish tizimlarida axborotlarga tezkor ishlov berish va axborotlarni uzatish nazariyasi, koʻp boʻgʻinli tizimlarda xatolarni aniqlash va bartaraf kilish, koʻp boʻgʻinli elementlardagi raqamli qurilmalarning ishonchliligini taʼminlash, aloqada raqamli tizimlarni qoʻllash masalalariga bagʻishlangan. Kosmonavtikaga doir ishlar ham olib borgan[4][5].
Joʻra Abdullayevich koʻmagida va R. I. Isayev rahbarligida 1986-yilda Toshkentda Oʻrta Osiyoda birinchi optik tolali aloqa liniyasi yaratilgan va uning ishlash samaradorligi va ishonchliligini oshirishga qaratilgan ayrim nazariy masalalar ishlab chiqilgan. 1992-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri etib tayinlangan. Mamlakat rahbariyati topshirigʻiga koʻra, mamlakatimizda oliy taʼlim tizimini xalqaro andozalar asosida qayta tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga rahbarlik qilgan. Joʻra Abdullayev 1995–1997-yillarda Fanlar akademiyasi mexanika, boshqaruv jarayonlari va informatika boʻlimi mudiri lavozimida ishlab, bozor sharoitida iqtisodiyot boʻlimi institutlarining ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratgan.
2004-yildan Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kafedra mudiri lavozimida ishlab kelayotgan Abdullayev telekommunikatsiya tizimlari nazariyasi va rivojlanishining zamonaviy tendensiyalarini aks ettiruvchi magistrlar tayyorlash kurslarini tashkil etgan.
Abdullayevning serqirra ilmiy faoliyati va oʻziga xos ilmiy ishlari Oʻzbekiston va undan tashqarida ilmiy jamoatchilik tomonidan eʼtirof etilgan. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi (1989), Xalqaro Ekoenergetika Akademiyasi (1999), YUNESCO huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya boʻyicha Butunjahon kengashi (1999) aʼzosi etib saylangan. Joʻra hamkasblari bilan birgalikda olib borgan tadqiqot natijalari 9 ta monografiya va darsliklarda, shuningdek, 250 dan ortiq ilmiy maqolalarda nashr etilgan, amalga oshirilgan ishlanmalari uchun 40 dan ortiq mualliflik guvohnomalari va patentlar olingan.
Abdullayev 1997-yilda Oʻzbekiston Aloqa vazirligining Ilmiy tadqiqot markaziga (hozirgi Ilmiy-texnikaviy va marketing tadqiqotlari markazi – XSTMI) yuborilgan. Aloqa korxonalarida energiya sarfi va energiyani tejash holatini oʻrganishga kirishgan.
Professor 2020-yil 18-aprelda Toshkentda vafot etgan[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Абдуллаев Джура Абдуллаевич“. Qaraldi: 2023-yil 22-noyabr.
- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/04/19/akademik-jora-abdullayev-vafot-etdi
- ↑ „Абдуллаев Джура Абдуллаевич (UZ)“. Qaraldi: 2023-yil 22-noyabr.
- ↑ Joʻra Abdullayevich Abdullayev, Biobibliografiya, T., 1997.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „Скончался крупный ученый в области информационных технологий, академик Джура Абдуллаев“. Qaraldi: 2023-yil 22-noyabr.
- 21-fevralda tugʻilganlar
- 1927-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- 18-fevralda vafot etganlar
- 2020-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari
- Fan doktorlari
- Professorlar
- Olimlar
- Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidentlari