Kontent qismiga oʻtish

Jetiasar madaniyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jetiasar madaniyati (qoz. Jeti-Asar) – miloddan avvalgi 1-ming yillik boshlaridagi ilk temir davri va ilk oʻrta asrlar arxeologik madaniyati. Miloddan avvalgi IX asrda Jetiasar shaharchalari (50 dan ortiq) Sirdaryoning qadimgi kanallari – Eskidaryoliq va Quvandaryoning janubida joylashgan. Aholi punktlarining asosiy qismi bu joylardan 45 – 90 km uzoqlikdagi Sirdaryoning chap sohilidagi Qiziloʻrda shahridan boshlanib janubda Qozogʻistonning Qiziloʻrda viloyatining Boyqoʻngʻir shahrigacha davom etgan joylarda joylashgan[1][2].

Jetiasar madaniyatini baʼzi arxeologlar qadimgi Toxarlar va Eftalitlar madaniyati bilan, boshqalari esa Qangʻ madaniyati bilan bogʻlaydilar[1]. Koʻpchilik Qovunchi madaniyatlariga yaqin boʻlgan arxeologik madaniyatni Qangʻ madaniyatiga ham bogʻlaydi[3].

Yevropa avarlarining kelib chiqishi haqidagi versiyalardan biriga koʻra, bu qabilalar dastlab Orolboʻyida yashagan va Koʻkturklarning hujumi ostida qochib ketgan va eron tilida soʻzlashuvchi Xioniylarga qoʻshilib ketgan. Gumilyov xioniylarni alan-sarmat qabilalarining avlodlari deb hisoblagan. Kaspiy va Azov oʻrtasidagi dashtlarda bu ikki qabilani Abar qabilasi yoki Feofilakt Simokatta aytganidek, haqiqiy avarlar deb atashgan. Bu variantga M. I. Artamonov ham qoʻshilgan. A. G. Malyavkin yantsaylarni avarlar bilan birlashtirgan. Shunday qilib, baʼzi tadqiqotchilar Jetiasar madaniyatini maʼlum darajada avarlarning ajdodlari bilan bogʻlaydilar. Jetiasar madaniyatidan Kerder madaniyati kelib chiqgan[4].

Jetiasar madaniyatining barcha aholi punktlari ajoyib qurilish arxitekturasiga ega boʻlib, qadimgi daryo oʻzanlarida joylashgan, shaharchalar bir yoki bir nechta ikki-uch qavatli qal’alarga asoslangan boʻlib, ular dushanlardan himoya qilish uchun xizmat qilgan. Bu yerning aholisi dehqonchilik, chorvachilik va baliqchilik bilan shugʻullangan Shaharchalar hududidan Tyan-Shandan Volga boʻyiga qadar muhim karvon yoʻllari oʻtgan. Eng yirik qalʼalar: Oltin-asar (17 gektar maydonni egallaydi), Qurayli-asar, Qora-asar, Bozor-asar, Tompak-asar, Jalpak-asar, Bedaik-asar, Katta va Kichik Kos-asar. Atrofda tekislik ustida qurilgan istehkomlarning balandligi ikki metrdan oʻn metrgacha. Eng yirik markaziy aholi punktida zodagonlar tabaqasi vakillari istiqomat qilgan[5].

Qabristonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholi punktlari qabristonlar bilan oʻralgan boʻlib, ularda dafn etishlar gʻishtdan yasalgan daxmalar boʻlgan. Qabrlardan topilgan topilmalar orasida jigʻa, kamar toʻplamlari, nometall, qahrabo va shisha munchoqlar, antropomorf va zoomorfik haykalchalar va kulolchilik buyumlari, tilla taqinchoqlar, ishlov berilgan qimmatbaho toshlari (muhr toshlari), Xitoy, Hindiston va boshqa qadimiy davlatlarni mahsulotlari boʻlgan[6].

Tadqiqot tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qadimiy shahar xarobalarini ilk bor 1946—1951-yillarda S. P. Tolstov rahbarligida SSSR Fanlar Akademiyasining Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi oʻrgangan. Qazishmalar 1973-yildan 1993-yilgacha L. M. Levina rahbarligida davom etgan. Oltin-Asar shaharchasi va unga tutash nekropollarning eng muhim qazishmalari 1980-yillarning ikkinchi yarmi – 1990-yillarning boshlarida Qizilqumdagi artezian suv manbalarini hozirgi Boyqoʻngʻir shahri bilan bogʻlovchi suv quvurlari atrofida topilgan[7].

  1. 1,0 1,1 „Джетыасар“.
  2. „Галиева З.С. Эволюция культурных ландшафтов Восточного Ариаралья VII в. до н.э. — VII в. н.э. на примере бассейна Эскидарьялыка. Методы реконструкции“.
  3. „С. П. Толстов. «По следам древнехорезмийской цивилизации.» Ч. II. Гл. VI“.
  4. „Авары — грозные враги Европы VI-IX веков“.
  5. „Типы памятников джетыасарской культуры, Погребальный обряд - Джетыасарская культура.“.
  6. Tolstov S. P., „Po drevnim deltam Oksa i Yaksarta“, M., 1962.
  7. „ДЖЕТЫАСАРСКАЯ КУЛЬТУРА • Большая российская энциклопедия - электронная версия.“. 2017-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-oktyabr.