Kontent qismiga oʻtish

Jean-Philippe Mateta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jean-Philippe Mateta
2020-yilda Mateta Mainz 05 jamoasi tarkibida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jean-Philippe Mateta[1]
Tavallud sanasi 28-iyun 1997-yil (1997-06-28) (27 yosh)[2]
Tavallud joyi Sevran, Fransiya
Boʻyi 1.92 m[3]
Ampluasi Strayker
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Crystal Palace
Raqami 14
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2006–2010 Olympique de Sevran
2010–2011 Sevran FC
2011–2014 Drancy
2014–2015 Châteauroux
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015–2016 Châteauroux B 13 (7)
2015–2016 Châteauroux 26 (13)
2016–2017 Lyon B 15 (5)
2016–2018 Lyon 2 (0)
2017–2018Le Havre (ijara) 37 (19)
2018–2021 Mainz 05 67 (24)
2021– Crystal Palace 93 (24)
Milliy terma jamoa
2017 Fransiya U19 3 (1)
2018–2019 Fransiya U21 11 (2)
2024– Fransiya olimpiya jamoasi 8 (6)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(19-may uchun)

Jan-Philippe Mateta (28 iyun 1997-yilda tugʻilgan) – fransuz professional futbolchisi, Angliya Premyer-ligasining „Kristal Pelas“ klubi hujumchisi. U Fransiyani terma jamoasining 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar darajasida oʻynagan, shuningdek, 2024-yilgi Olimpiya terma jamoasi uchun ishtirok etgan.

Mateta oʻz faoliyatini 2015-yilda Fransiyaning uchinchi darajali ligasi ishtirok etuvchi SHateauroux klubida boshlagan. 2016-yilgi mavsumda Fransiyaning yetakchi jamoalaridan biri, Lion klubi bilan shartnoma imzolagan. 2017-yilgi mavsumda Fransiyaning Ikkinchi divizion vakili „Le Gavr“ jamoasida ijara asosida oʻynagan va yaxshi natijalar qayd etgan. Ijaraga olingandan soʻng, u 2018-yilda Bundesliganing „Maynts 05“ klubi bilan shartnoma imzolagan va 2021-yilda Angliyaning „Kristal Pelas“ jamoasiga oʻtgan.

Klub faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mateta Drancy futbol maktabining tarbiyalanuvchisi. 2014-yilda „Chateauroux“ akademiyasiga oʻtdi. 2015/2016-yilgi mavsumda oʻzi oʻqigan akademiyaning asosiy jamoasiga qabul qilingan. Dastlabki mavsumidayoq klubning asosiy oʻyinchilaridan biriga aylandi va 22 ta oʻyin oʻtkazib, 11 ta gol urgan. Mateta 2015-yilning 6-noyabrida u Liga 3 da, Belfort jamoasiga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan debyut oʻyinini oʻtkazgan. 11-dekabr kuni u Beziers darvozasiga dubl qayd etib, professional faoliyatidagi ilk gollarini kiritgan[4].

2016/2017-yilgi mavsum ham Chateaurouxda boshlandi. Toʻrtta oʻyinda ikkita gol urib, „Lion“ skautlari eʼtiborini tortdi va jamoa uni 3 million yevroga sotib olgan. Lion jamoasi bilan shartnoma muddati 5 yil edi[5]. Ushbu transfer oʻsha paytda jarohat olgan Alexandre Lacazetteni oʻrnini toʻldirish bilan bogʻliq edi[6]. 2016-yil 21-sentyabrda u Ligue 1 turnirida Monpelye jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan[7].

2018-yilning 28-iyunida 8 million yevro evaziga Mateta Germaniyaning „Maynts 05“ futbol klubiga oʻtdi[8].

Milliy jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning yozida Marko Italiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etish uchun terma jamoaga taklif qilingan. Yarim finalda u Ispaniya darvozasiga penaltidan bitta gol urdi, ammo jamoasi 1:4 hisobida magʻlub boʻlgan.

2024-yil 3-iyunda Mateta bosh murabbiy Thierry Henryning Parijdagi Olimpiada oʻyinlari oldidan Fransiya terma jamoasining kengaytirilgan tarkibiga kiritilgan[9]. Yakuniy tarkibda uchta katta yoshli futbolchilardan biri sifatida tanlangan va musoboqaga jalb etilgan. Musoboqa davomida Mateta Argentinaga qarshi chorak final oʻyinida yagona gol urib, Fransiyani keyingi bosqichga olib chiqgan[10]. Misrga qarshi yarim finalda u ikkita gol urdi va Fransiya yakunda 3:1 hisobida gʻalaba qozongan[11].

Career statistics

[tahrir | manbasini tahrirlash]
match played 19 May 2024[12]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok[lower-alpha 1] Liga kubogi[lower-alpha 2] Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Châteauroux 2015–16 Milliy chempionat 22 11 0 0 0 0 22 11
2016–17 4 2 0 0 1 3 5 5
Jami 26 13 0 0 1 3 27 16
Lion 2016–17 Ligue 1 2 0 1 0 0 0 3 0
Le Havre (Ijara) 2017–18 Ligue 2 37 19 1 1 0 0 38 20
Mainz 05 2018–19 Bundesliga 34 14 2 0 36 14
2019–20 18 3 0 0 18 3
2020–21 15 7 2 3 17 10
Jami 67 24 4 3 71 27
Crystal Palace (ijara) 2020–21 Premyer-liga 7 1 7 1
Crystal Palace 2021–22[lower-alpha 3] Premyer-liga 22 5 5 2 1 0 28 7
2022–23 29 2 1 0 2 0 32 2
2023–24 35 16 2 0 2 3 39 19
Jami 93 24 8 2 5 3 106 29
Umumiy faoliyat 223 80 14 6 6 6 243 92
  1. Coupe de France, DFB-Pokal, FA Cup oʻz ichiga oladi
  2. Coupe de la Ligue, EFL Cup oʻz ichiga oladi
  3. Mavsumning bir qismi „Maynts 05“dan ijarada oʻtdi

Individual

  • „Kristal Pelas“ ning eng yaxshi futbolchisi: 2023–24
  1. „Updated squad lists for 2020/21 Premier League“. Premier League (2021-yil 5-fevral). Qaraldi: 2021-yil 7-fevral.
  2. „Men's Olympic Football Tournament Paris 2024: Squad list“. FIFA (2024-yil 24-iyul). Qaraldi: 2024-yil 24-iyul.
  3. „Jean-Philippe Mateta: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2022-yil 31-iyul.
  4. „Chateauroux - Beziers“ (en). — soccerway.com. 2016-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-sentyabr.
  5. „Jean-Philippe Mateta (Châteauroux) signe un contrat de 5 ans à Lyon (officiel)“ (fr). — lequipe.fr. 2016-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-sentyabr.
  6. „Lyon sign teenage striker Jean-Philippe Mateta to replace Alexandre Lacazette“ (en). — ESPN. 2017-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-sentyabr.
  7. „Olympique Lyonnais - Montpellier“ (en). — soccerway.com. 2016-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-sentyabr.
  8. „Transfert de Jean-Philippe Mateta à Mayence“. 2019-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
  9. „France U21 manager Thierry Henry today announcement the players who will participate in France's preparations for the upcoming Paris 2024 Olympic Games“. Ligue 1. Qaraldi: 2024-yil 3-iyun.
  10. „Le but de Mateta contre l'Argentine qui qualifie la France en demi-finales en vidéo aux JO de Paris 2024“. Qaraldi: 2024-yil 5-avgust.
  11. „France U23 3 Egypt U23 1“. BBC Sport (2024-yil 5-avgust). Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
  12. „Jean-Philippe Mateta Soccerway Profile“. soccerway.com. Qaraldi: 2016-yil 30-noyabr.
  • Profile at the Crystal Palace F. C. website