Kontent qismiga oʻtish

Alexandre Lacazette

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alexandre Lacazette
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Alexandre Armand Lacazette
Tavallud sanasi 28-may 1991-yil (1991-05-28) (33 yosh)
Tavallud joyi Lion, FransiyaFransiya bayrogʻi
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Fransiya bayrogʻi Olympique Lyonnais
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1998-2010 Fransiya bayrogʻi Olympique Lyonnais
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010-2017
2017-2022
2022-
Fransiya bayrogʻi Olympique Lyonnais
Angliya bayrogʻi Arsenal F.C.
Fransiya bayrogʻi Olympique Lyonnais
203
158
64
(100
54
46)
Milliy terma jamoa
2013-2017 Fransiya bayrogʻi Fransiya (16 (3))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Alexandre Armand Lacazette (fransuzcha: Alexandre Armand Lacazette; 28-may 1991-yil, Lion, Fransiya) – fransuz futbolchisi, hujumchi va „Olimpik Lion“ klubi sardori. Fransiya milliy futbol terma jamoasida oʻynagan.

Alexandre Lacazette 7 yoshidan boshlab „Lion“ yoshlar jamoasi tizimida oʻynagan. U asosiy jamoadagi debyutini 2010-yilning 5-may kuni Oser bilan oʻyinda oʻtkazgan[1].

2010-yil 30-oktabrda u „Lion“ safidagi ilk golini (chempionatning 11-turi oʻyinida) „Sosho“ ga qarshi oʻyinda kiritgan[2]. Lacazette Chempionlar ligasidagi debyutini 2010-yilning 2-noyabrida „Benfika“ ga qarshi safar oʻyinida oʻtkazgan. 71-daqiqada 4:0 hisobida mezbonlar foydasiga zaxiradan maydonga tushgan forvard 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan[3]. Oradan koʻp oʻtmay, 5-noyabr kuni Londonning "Tottenham Hotspur FC" klubi qiziqishlari haqida maʼlumot paydo boʻlgan[4]. 2010-yil 7-dekabr kuni Chempionlar ligasi doirasidagi navbatdagi oʻyinida Lacazette Tel-Avivning „Hapoel“ klubi darvozasiga gol urib, oʻyinning yakuniy hisobini oʻrnatgan (2:2)[5].

2016-yilning 14-avgustida u faoliyatidagi ilk xet-trikini qayd etgan, bu „Nensi“ ga qarshi oʻyinda sodir boʻlgan[6].

2014-2015-yilgi mavsum boshlanishidan oldin u „Lion“ bilan shartnomasini 4-yilga uzaytirgan. Bu mavsumda u ajoyib formaga ega boʻlgan. Aleksandr 33 ta oʻyin oʻtkazib, 27 ta gol urgan. Mavsum oxirida u eng yaxshi toʻpurarga aylangan, shuningdek, Liga 1 ning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan[7].

Arsenal F. C.

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning 5-iyulida "Arsenal F.C." „Lion“dan hujumchi Alexandre Lacazettening transferini eʼlon qilgan[8]. 26 yoshli futbolchi ingliz klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 53 million yevro + potentsial bonuslar sifatida 7 million yevro boʻlib, bu „Arsenal“ tarixidagi eng qimmat transfer boʻlgan[9][10].

2017-yilning 11-avgustida "Leicester City F.C." ga qarshi oʻyinda Lacazette „Arsenal“ uchun birinchi golini urgan[11].

Alexandre LacazettePremier League (2021–22) yilgi mavsum yakunida shartnoma muddati tugagani sababli jamoani tark etgandi. Bu haqda „kanonirlar“ matbuot xizmati rasmiy saytida xabar berib, bosh murabbiy Mikel Arteta soʻzlaridan iqtibos keltirgan.

Lionga qaytishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning 9-iyunida Lacazette uy jamoasi bilan 2025-yilning iyuni oxirigacha shartnoma imzolagan. Shuningdek, u klub sardori etib tayinlandi. 5-iyul kuni Lacazette birinchi golini Ajaccio darvozasiga penaltidan kiritgan.

Milliy terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fransiyaning turli yoshdagi yoshlar terma jamoalarida oʻynagan. Fransiya terma jamoasi aʼzosi sifatida (19 yoshgacha) yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan, u yerda u oʻynagan 5 oʻyinda 3 ta gol urgan[12], Ispaniya terma jamoasiga qarshi final oʻyinida hal qiluvchi gol u tomonidan kiritilgan[13][14].

  • Fransiya kubogi gʻolibi: 2012-yil
  • Fransiya Superkubogi gʻolibi : 2012-yil
  • Angliya Superkubogi sohibi: 2017, 2020
  • Angliya kubogi gʻolibi: 2019-2020

Fransiya terma jamoasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • FIFA U-20 Jahon chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 2011-yil
  • Liga 1ning eng yaxshi futbolchisi: 2015-yil
  • Fransiya chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 2015-yil
  • Angliya Premer-ligasi oyining eng yaxshi goli muallifi: 2021-yil dekabr
  • Yilning UEFA Yevropa Ligasi jamoasi aʼzosi: 2016-2017[15]
  1. „Transfermatkt“ (de). 2012-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Transfermatkt“ (de). 2012-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Transfermatkt“ (de). 2012-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „ENGLAND/ TOTTENHAM, Observing Lacazette“ (en). 2014-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-22-06.
  5. „Transfermatkt“ (de). 2012-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Ляказетт сделал хет-трик“. 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-avgust.
  7. myscore.ru. „карьера Лакасетта“. 2016-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-iyul.
  8. „Alexandre Lacazette agrees to join Arsenal“ (en). Official Website of Arsenal FC (2017-yil 5-iyul). 2017-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-iyul.
  9. „Mercato: communiqué transfert d'Alex Lacazette“ (fr). Site officiel de l'Olympique Lyonnais (2017-yil 6-iyul). 2017-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-iyul.
  10. sovsport.ruAndoza:Недоступная ссылка
  11. „Арсенал-Лестер“ (en). 2018-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-fevral.
  12. „Transfermatkt“ (de). 2012-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  13. „Transfermatkt“ (de). 2012-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  14. „Единственный гол за сборную в ворота Дании“. gole.su. 2015-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-iyul.
  15. „UEFA Europa League Squad of the Season“ (en). UEFA (2017-yil 25-may). 2019-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-noyabr.