Jahongir Otajonov
Jahongir Otajonov | |
---|---|
Tavalludi |
29-sentyabr 1978-yil |
Kasbi | Xonanda, sozanda. |
Fuqaroligi |
SSSR Oʻzbekiston |
Jahongir Otajonov (1978-yil 29-sentyabr, Xorazm viloyati) — oʻzbekistonlik xonanda, sozanda va bastakor.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jahongir Otajonov 1978-yil 29-sentyabrda OʻzSSR Xorazm viloyatida tugʻilgan. Otasi Safarboy Otajonov nemis tili oʻqituvchisi, onasi esa o‘zbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi. 6 marta oila qurgan. 8 nafar farzandi bor[1].
Sanʼatkorlar oilasida tugʻilgan Jahongir Otajonov amakisi Ortiq Otajonovga havas qilib musiqaga kirib kelgan. 1-sinfligidan Toshkentdagi Glier nomidagi musiqa maktabida oʻqigan. Oʻrta maktabni bitirgach Oʻzbekiston konservatoriyasida oʻqigan. Ilk mashhurlikka „Arazlamang“, „Oq kabutarlar“, „Dogʻman“ qoʻshiqlari orqali erishgan.
Sud
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil 27-iyun kuni ijtimoiy tarmoq orqali ichki ishlar organi xodimlarini haqorat qilgani boʻyicha sudlandi. Sud hukmi 26-iyul kuni oʻqildi, unga koʻra, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-moddasi bilan aybli topildi va 21-moddaga koʻra javobgarlikdan ozod etildi[2][3].
2021-yilgi prezident saylovi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jahongir Otajonov 2021-yilning 20-yanvarida musiqadan ketganini eʼlon qilganidan koʻp oʻtmay oʻzining instagram sahifasida 2021-yilgi Oʻzbekiston Prezidenti saylovida oʻz nomzodini qoʻyish niyatida ekanligini maʼlum qildi[4][5]. Shu yilning mart oyida u baʼzi taqiblar sabab Turkiyaning Istanbul shahriga koʻchib oʻtdi. U yerda Otajonov nomaʼlum shaxslar tomonidan jismoniy tazyiqqa uchraganini va ular Oʻzbekiston hukumatiga aloqador shaxslar boʻishi mumkin, degan taxminini aytgan[6][7]. 12-iyun kuni u onasining noroziligi tufayli siyosatdan ketishini e’lon qilgan[8].
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nomi | Shoir | Bastakor | Musiqiy sayqalchi | Izoh |
---|---|---|---|---|---|
2024 | Foniy dunyo | Mahtumquli[9] | Eftan | [10] | |
Kachayte | Galina Barskaya
(ruscha: „Галина Барская“) |
Jahongir Otajonov | Behzod Aytboyev | [11] | |
Davraga tush | Bunyod Sharipov bilan duet | ||||
2023 | Nimasan? | Mahtumquli[9] | Asl matn oʻzgartirilgan[12] | ||
Bom-bom | |||||
Dunyodan uzoq | Pinhani | Suxrob Botirov | |||
Gazini bos | Mustafa Hoshogʻli | Jahongir Otajonov | ROCKET_A bilan duet | ||
2022 | Koʻzi qaro | Xofiz Xorazmiy | Jahongir Otajonov | Suxrob Botirov | |
Oʻrtar | |||||
2021 | 18 yoshindadur | Alisher Navoiy | Jahongir Otajonov | Rasulbek Hudayberganov | |
2020 | Ya Hazrati Muhammad | Ali Otajonov bilan duet | |||
Oʻynasin | |||||
Zikr | Ali Otajonov bilan duet | ||||
2019 | Jingalamo | ||||
Jonim | |||||
Lola | Muhammad Yusuf | Jasur Badalbayev
A. Xolmurodov |
|||
2018 | Qaddi baland | ||||
2014 | Muhabbatim | Muhammad Yusuf |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Daryo.uz. „“Hamma narsa qildim, lekin ayollarimni rozi qila olmadim”. Jahongir Otajonov 6 marta uylanib ajrashgani hamda 8 nafar farzandi bilan munosabatlari haqida (video)“ (3-aprel 2024-yil). Qaraldi: 4-aprel 2024-yil.
- ↑ Sunnatilla Abdullaev. „Jahongir Otajonovga sud hukmi o‘qildi“. Qalampir.uz (16-avgust 2021-yil). Qaraldi: 4-may 2024-yil.
- ↑ „Жаҳонгир Отажоновга суд ҳукми ўқилди“. Bugun.uz. 2021-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-avgust.
- ↑ Babajanov, Khurmat „Uzbekistan Clamps Down On Activists, Critics Ahead Of Presidential Election“ (en). RadioFreeEurope/RadioLiberty (2021-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 30-oktyabr.
- ↑ Bobojon, Shuhrat. „Собиқ қўшиқчи президент бўлмоқчи. Тармоқни титратган трендлар“ (uz) (2021-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 30-oktyabr.
- ↑ „Uzbek Activist Reveals 'Threatening' Video As He Prepares To Run For President“ (en). RadioFreeEurope/RadioLiberty (2021-yil 30-mart). Qaraldi: 2021-yil 30-oktyabr.
- ↑ „Видео: Жахонгир Отажонов раскритиковал политику Ислама Каримова“ (ru). Upl.uz (2021-yil 10-fevral). Qaraldi: 2021-yil 30-oktyabr.
- ↑ Gazeta.uz. „Jahongir Otajonov siyosatdan ketishini ma’lum qildi“ (12-iyul 2021-yil). Qaraldi: 4-may 2024-yil.
- ↑ 9,0 9,1 Ergash Ochilov. Umrboqiy qoʻshiqlar, 1-jild, Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2013-yil — 456-bet. ISBN 978-9943-00-878-6.
- ↑ Azimbek Xushmamatov. „"Jafosi koʻp, foniy, bu yolgʻon jahon": Jahongir Otajonovning "Foniy dunyo" klipi tahlili“ Afisha.uz (2024-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 17-oktyabr.
- ↑ Afisha.uz. „«Качайте»: Jahongir Otajonov yangi musiqiy klipini taqdim etdi“ (24-aprel 2024-yil). Qaraldi: 4-may 2024-yil.
- ↑ Afisha.uz. „“Aprelmisan, maymisan?”: Jahongir Otajonov yangi musiqiy klipini taqdim etdi“ (28-noyabr 2023-yil). Qaraldi: 4-may 2024-yil.