Kontent qismiga oʻtish

Jafna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jafna, Vapanaya, Yapanaya — Shri Lankadagi shahar va port, Jafna yarim orolda. Shimoliy provinsiyaning maʼmuriy markazi. Qadimgi Tamil davlatining poytaxti boʻlgan. Aholisi 130 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari; aholisining soni jihatidan mamlakatda 2-oʻrinda). Savdo markazi. Jafnadan mamlakat janubiga boruvchi temir yo'l va avtomobil magistral yoʻli boshlanadi. Mamlakatning Hindiston va Myanma bilan iqtisodiy aloqalarining ancha qismi Jafna orqali olib boriladi. Toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati hamda qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlaydigan korxonalar bor. Baliq ovlanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil