Kontent qismiga oʻtish

Islam Mashukov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Islam Mashukov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Islam Amirkhanovich Mashukov
Tavallud sanasi 22-fevral 1995-yil (1995-02-22) (30 yosh)
Tavallud joyi Nalchik, Rossiya
Boʻyi 1.85 m (6 ft 1 in)
Ampluasi Hujumchi
Raqami 9
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013 Alaniya Vladikavkaz 11 (1)
2014—2015 SKA-Energiya Xabarovsk 17 (0)
2015—2016 Dila Gori 20 (5)
2016—2017 Volgar Astraxan 29 (2)
2018 Orenburg 0 (0)
2018 → Ximki 11 (1)
2018—2019 Spartak Nalchik 19 (11)
2019—2024 Alaniya Vladikavkaz 152 (52)
2024 Yelimay 12 (2)
2025— Andijon 0 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 16-noyabr uchun)

Islam Amirxanovich Mashukov (ruscha: Ислам Амирханович Машуков; 1995-yil 22-fevralda tugʻilgan) – rossiyalik professional futbolchi, Oʻzbekistonning Andijon klubida hujumchi ampulasida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islam 2013-yilning 5-sentyabrida Rossiya milliy futbol ligasida „Alaniya Vladikavkaz“ jamoasi safida „Mordoviya Saransk“ga qarshi oʻyinda oʻzining debyut oʻyinini oʻtkazgan[1]. 2024-yil Qozogʻistonning Yelimay jamoasi safida faoliyat olib borgan.

2025-yil 6-yanvarda Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchisi „Andijon“ klubi bilan shartnoma imzolagan[2].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islam Hoshim Mashukovning egizak akasi boʻlib, ukasi ham futbolda faoliyat olib boradi.