Kontent qismiga oʻtish

Inson huquqlari himoyachisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Inson huquqlari himoyachisi – bu yakka tartibda yoki jamoa bilan birgalikda inson huquqlarini ilgari surish yoki himoya qilish uchun harakat qiluvchi shaxs. Ular jurnalistlar, ekologlar, maʼlumot tarqatuvchilar, kasaba uyushmalari aʼzolari, advokatlar, oʻqituvchilar, uy-joy targʻibotchilari, toʻgʻridan-toʻgʻri harakatlar ishtirokchilari yoki yakka tartibda faoliyat yurituvchi shaxslar boʻlishi mumkin. Inson huquqlari himoyachisi oʻz kasbining bir qismi sifatida yoki kasbdan tashqari ixtiyoriy ravishda huquqlarni himoya qilishlari mumkin. Kasbiy faoliyati yuzasidan harakat qiluvchi inson huquqlari himoyachilari (HRD) koʻpincha turli repressiyalarga, jumladan, tuhmat, kuzatuvlar, taʼqiblar, soxta ayblovlar, oʻzboshimchalik bilan hibsga olish, uyushmalar erkinligi huquqini cheklash, jismoniy hujum va hatto qotillikka ham duch kelishadi[1]. 2020-yil hisobiga koʻra jami 25 ta mamlakatda kamida 331 HRD oʻldirilgan. Xalqaro hamjamiyatlar va baʼzi milliy hukumatlar bunday zoʻravonlikka nisbatan turli xil himoya vositalari orqali javob berishga harakat qilishsa-da, HRDlarga nisbatan zoʻravonlik yildan-yilga oʻsishda davom etmoqda. Ayollar huquqlari himoyachilari va atrof-muhitni muhofaza qiluvchi inson huquqlari himoyachilari (koʻpincha mahalliy aholi) boshqa masalalarda ishlovchi huquq himoyachilariga qaraganda koʻproq repressiya va xavflarga duch kelishadi.

1998-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti inson huquqlari himoyachilari faoliyatini qonuniylashtirish va inson huquqlari faoliyatini himoya qilishni kengaytirish maqsadida Inson huquqlari himoyachilari toʻgʻrisidagi deklaratsiyani eʼlon qildi. Ushbu deklaratsiya qabul qilinganidan soʻng ushbu sohada faoliyat olib boruvchi faollar soni sezilarli darajada ortdi va natijada HRD yorligʻi qabul qilindi. Bunday yorliqning qabul qilinishi, ayniqsa, professional inson huquqlari himoyachilari uchun juda foydali boʻldi.

Inson huquqlari himoyachisi atamasi xalqaro inson huquqlari hamjamiyatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan shaxslar, guruhlar va jamiyat organlarining umumeʼtirof etilgan inson huquqlari va asosiy erkinliklarini qoʻllab-quvvatlash hamda himoya qilish huquqi va masʼuliyati toʻgʻrisidagi deklaratsiya qabul qilinganidan keyin keng qoʻllanila boshlandi (A/RES/53/144, 1998-yil). Ushbu deklaratsiya Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi deb ataladi. Deklaratsiya qabul qilinishidan oldin inson huquqlarini himoya qilish bilan shugʻullanuvchi shaxslarga nisbatan faol, ishchi yoki monitor atamalari qoʻllangan[2]. Inson huquqlari himoyachilari toʻgʻrisidagi ushbu deklaratsiya inson huquqlari himoyachilariga juda katta mas’uliyat yuklaydi va uni targʻib qiluvchi yoki himoya qiluvchi har qanday shaxsni oʻz ichiga oladi[3][4]. HRDlar uchun berilgan bunday ulkan mas’uliyat inson huquqlarini himoya qilish dasturlarini qoʻllab-quvvatlashga intiluvchi manfaatdor tomonlar va donorlar uchun bir qator qiyinchiliklar hamda imtiyozlarni taqdim etadi[3].

2004-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissar boshqarmasi inson huquqlari himoyachilari safini yanada kengaytirish va qoʻllab-quvvatlash uchun 29-faktlar varaqasini eʼlon qildi. Hujjatda aytilishicha, „inson huquqlari himoyachisi boʻlish uchun hech qanday malaka talab qilinmaydi“, ammo HRDlar uchun minimal standart inson huquqlarining universalligi va zoʻravonliksiz harakatni qabul qilish hisoblanadi[5].

Baʼzi tadqiqotchilar HRDlar duch keladigan xatarlarni yaxshiroq tushunib olish maqsadida inson huquqlari himoyachilarini bir necha toifalarga ajratishga harakat qilishdi. HRDlar professional va non-professional[6], shuningdek, ayollar huquqlari[7] yoki mahalliy aholining yer huquqlari kabi inson huquqlarini himoya qilish toifalariga koʻra turli guruhlarga ajratilgan[8].

Oʻz-oʻzini identifikatsiya qilish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Inson huquqlari himoyachisi sifatida oʻz-oʻzini identifikatsiya qilish, tashkil etilgan muassasalar, hukumatlar yoki NNTlar ichida faoliyat koʻrsatadigan professional inson huquqlari himoyachilari orasida koʻproq uchraydi. Ushbu tizimlardan tashqarida ishlovchi shaxslar, hatto ularning faoliyati BMTning Inson huquqlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyasida aniq belgilangan doiraga mansub boʻlsa ham, odatda, oʻzlarini huquq himoyachilari oʻrniga „faollar“, „rahbarlar“ yoki boshqa keng qamrovli huquq himoyachilari atamalari bilan tanishtiradilar. HRD identifikatoridan foydalanish inson huquqlari faollariga ularning ishini qonuniylashtirish va himoya choralari koʻrilishini osonlashtirishi mumkin[9]. HRD identifikatoridan foydalanish, shuningdek, eʼtiborni jamoa faoliyatiga emas, balki alohida shaxslarga qaratilishiga ham sabab boʻladi, bu esa ushbu shaxslarni yanada xavf ostiga qoʻyishi mumkin[10].

Gender nuqtai nazaridan

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi va BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi ayollar huquq himoyachilari uchun mavjud qoʻshimcha muammolarni belgilab oldilar va 29-noyabrni Xalqaro inson huquqlari himoyachilari kuni sifatida belgilab, gender nuqtai nazaridan bu borada ham kerakli ishlarni amalga oshirish zarurligini kelishib oldilar.

2013-yil 21-mart sanasida Inson huquqlari boʻyicha kengash tomonidan tasdiqlangan 22/6-rezolyutsiyada Inson huquqlari himoyachilari ayollar huquq himoyachilari duch keladigan tizimli, kamsitish va zoʻravonlik kabi tahdidlarni koʻrib chiqdilar va inson huquqlarini himoya qilish uchun xavfsiz va qulay muhit yaratishga qaratilgan saʼy-harakatlar yoʻlida ushbu mavjud muammolarni ham hal qilish lozimligini taʼkidlab oʻtishdi.

Inson huquqlari himoyachilariga tahdidlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Inson huquqlari himoyachilari hukumat va yakka tartibda faoliyat yurituvchi shaxslar, jumladan, politsiya, harbiylar, mahalliy elitalar, xususiy xavfsizlik kuchlari, oʻng qanot guruhlar va koʻp millatli korporatsiyalar tomonidan qattiq repressiya va qasos olish holatlariga duchor boʻlishadi. Tahdidlar, oʻzboshimchalik bilan hibsga olish, taʼqib qilish, tuhmat qilish, ishdan boʻshatish, surgun qilish, bedarak gʻoyib boʻlish va qotilliklar shular jumlasidandir[11]. Ayollar huquqlari himoyachilari (WHRD) yoki madaniy gender meʼyorlariga eʼtiroz bildiruvchi HRDlar boshqa huquq himoyachilari bilan solishtirganda, chekka hududlardagi unchalik mashhur boʻlmagan ishchilarga nisbatan koʻproq xavfga duch kelishadi[11]. Atrof-muhit huquqlari, yer huquqlari va mahalliy aholi huquqlari masalalari bilan shugʻullanuvchi ekologik huquq himoyachilari (EHRD) ham boshqa HRDlarga qaraganda koʻproq tahdidlarga duchor boʻlishadi[12]. 2020-yilda dunyo miqyosida halok boʻlgan HRDlarning 69 foizi aynan yuqorida sanab oʻtilgan masalalar boʻyicha faoliyat koʻrsatuvchi huquq himoyachilari hisoblanadi[13].

2020-yilda Front Line Defenders tomonidan chop etilgan hisobotga koʻra, oʻsha yili 25 mamlakatda kamida 331 nafar huquq himoyachilari oʻldirilgan. Garchi tub aholi dunyo aholisining atigi 6 foizini tashkil qilsa-da, oʻldirilgan HRDlarning taxminan uchdan bir qismi mahalliy aholi boʻlgan. 2019-yilda esa 31 mamlakatda 304 nafar HRD oʻldirilgan edi[14]. Global Witness maʼlumotlariga koʻra, 2002-yildan 2019-yilga qadar 52 mamlakatda jami 1922 EHRDlarning joniga qasd qilingan. Keltirib oʻtilgan oʻlim holatlarining 80 foizi Lotin Amerikasida sodir etilgan. 2015 va 2019-yillar oraligʻida oʻldirilgan EHRDlarning taxminan uchdan bir qismi mahalliy aholi boʻlgan. Ushbu zoʻravonlik holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq emas, shuningdek, oʻlim holati etib koʻrsatilgan zoʻravonliklarning bir qanchasi hibsga olish, surgun qilish, tuhmat va boshqa turdagi yuzlab repressiya holatlari boʻlishi ham mumkin[15].

Biznes va Inson Huquqlari Resurs Markazi[16] tomonidan olib borilgan tadqiqotlar 2017-yilda dunyo boʻylab inson huquqlari faollariga qarshi hujumlar 34 foizga oshganini bayon qildi. Raqamlar 120 nafar gumon qilingan qotillik, hujum, bezorilik va tahdidlar bilan bogʻliq yuzlab voqealarni oʻz ichiga oladi. 2017-yilda 388 ta hujum sodir etilgan boʻlsa, 2016-yilda hujumlar soni keyingi yilga qaraganda 98 marotaba kamroq sodir etilgan. Ushbu tadqiqot davomida agrobiznes, togʻ-kon sanoati va qayta tiklanuvchi energiya sektorlari (EHRD) bilan bogʻliq inson huquqlari himoyachilari boshqalarga qaraganda koʻproq xavf ostida ekanligini aniqlagan. Shuningdek, advokatlar va ekologik guruhlar aʼzolari ham kuchli xavf ostidagi shaxslar hisoblanishadi[17].

BMTning Inson huquqlari himoyachilari deklaratsiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1998-yil 9-dekabrda insonlar, guruhlar va jamiyat organlarining umumeʼtirof etilgan inson huquqlari va asosiy erkinliklarini qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish huquqi va masʼuliyati toʻgʻrisidagi deklaratsiyasini (A/RES/53/144) qabul qildi va ushbu deklaratsiya Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi deb nomlandi. Ushbu deklaratsiya huquq himoyachilari[18] va inson huquqlari himoyachilarining shaxsiyati va faoliyatini qonuniylashtirish va belgilash, shuningdek, har bir insonning inson huquqlarini himoya qilish huquqi va mas’uliyatini belgilaydigan BMTning birinchi hujjati hisoblanadi.

Deklaratsiya qonuniy kuchga ega emas, lekin u inson huquqlari boʻyicha amaldagi shartnomalarda belgilangan huquqlarni ifodalaydi va huquq himoyachilari faoliyatini qonuniylashtirish va HRDlar himoyasini kengaytirish maqsadida qoʻllanadi. Deklaratsiyaga koʻra, inson huquqlari himoyachisi bu inson huquqlarini ilgari surish yoki himoya qiluvchi har qanday professional, non-professional, yakka, guruh yoki muassasaning bir qismi sifatida faoliyat koʻrsatuvchi shaxs hisoblanadi.

Deklaratsiya mavjud huquqlarni inson huquqlari himoyachilariga nisbatan qoʻllashni osonlashtiradi. Deklaratsiya bilan himoyalangan huquqlar, jumladan, inson huquqlari boʻyicha yangi gʻoyalarni ishlab chiqish, muhokama qilish va ularni qabul qilishni targʻib qilish, davlat organlari va idoralarini tanqid qilish hamda ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish, inson huquqlarini himoya qilishda yuridik yordam, maslahat, odil sudlovlarni kuzatish, nodavlat va xalqaro tashkilotlarga toʻsiqsiz kirish va ular bilan muloqot qilish, inson huquqlarini himoya qilish maqsadida resurslardan foydalanish, shu jumladan, chet eldan mablagʻlar olish, soʻz erkinligi, uyushmalar va yigʻilishlar huquqlarini oʻz ichiga oladi.

Deklaratsiya davlatlar qoidalarga amal qilish va ularni hurmat qilish majburiyatiga ega ekanligidan dalolat beradi va ularga inson huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyat yurituvchi HRDlarni zoʻravonlik, qasos va qoʻrqitishlardan himoya qilish majburiyatini yuklaydi. Deklaratsiya, shuningdek, inson huquqlarini individual darajada va, ayniqsa, huquqni muhofaza qilish organlari, sudyalar kabi inson huquqlariga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan kasblarda faoliyat yuritadigan shaxslarni himoya qilish mas’uliyatini beradi[19].

Ayollar huquqi himoyachilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayollar inson huquqlari himoyachilari (WHRD) bu inson huquqlarini himoya qiluvchi ayollar hamda ayollar huquqlari, gender va jinsiy aloqa bilan bogʻliq huquqlarni himoya qiluvchi barcha jins himoyachilari hisoblanadi. Ularning faoliyati va ular duch keladigan muammolar Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2013-yilda qabul qilingan rezolyutsiyasida eʼtirof etilgan boʻlib, unda ayollar inson huquqlari himoyachilarining alohida himoya qilinishi talab qilinadi.

Bu Ayollar Inson huquqlari himoyachilari xalqaro koalitsiyasining logotipi boʻlib, barcha uchun inson huquqlari bilan bogʻliq muammoli muammolarni bir joyga yigʻish va muhokama qilishni anglatadi.

Bu Ayollar Inson huquqlari himoyachilari xalqaro koalitsiyasining logotipi boʻlib, barcha uchun inson huquqlari bilan bogʻliq muammolarni bir joyga yigʻish va muhokama qilishni anglatadi.

Ayollar huquqlari himoyachisi oʻz jamiyati huquqlari uchun, shuningdek, qiynoqlarga qarshi kurashuvchi ayol huquq himoyachilari, LGBTQI huquqlari himoyachisi, seks-ishchilar huquqlari jamoasi yoki jinsiy va reproduktiv huquqlar uchun kurashayotgan erkak huquq himoyachilari boʻlishi mumkin.

Boshqa huquq himoyachilari singari ayol huquq himoyachilari ham inson huquqlarini amalga oshirishni talab qilganliklari uchun bir qancha hujumlar nishoniga aylanishlari mumkin. Ular oʻz jamoalarida kamsitilish, hujum, tahdid va zoʻravonlik kabi hujumlarga duch kelishadi. Ayollar huquq himoyachilari shaxsi va himoya qilish huquqlariga koʻra ham qoʻshimcha toʻsiqlarga uchrashadi. Yaʼni ular ayol jinsiga mansubliklari, shuningdek, LGBT boʻlganliklari uchun ham turli zoʻravonliklarni boshdan kechirashadi. Bundan tashqari, ular institutsional kamsitish va tengsizlik bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha toʻsiqlarga ham duch kelishadi, chunki ular patriarxal hokimiyat va ijtimoiy meʼyorlarga qarshi chiquvchi shaxslar deb hisoblaniladi. Ularga yetkaziladigan xavflar, asosan, jinsiy zoʻravonlik, seksist, misoginistik, gomofobik, transfobik tahdidlar, qoralash va stigmatizatsiya, shuningdek, resurslar va hokimiyatdan chetlatish kabi holatlardan iborat.

2006-yildan beri har yili 29-noyabr kuni Xalqaro xotin-qizlar inson huquqlari himoyachilari kuni nishonlanib kelinadi.

2017-yilda inson huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan targʻibot-tashviqot ishlari va shu yoʻnalishdagi faoliyati natijasida halok boʻlgan ayol huquq himoyachilari Xalqaro ayollar huquqlari himoyachilari kuni munosabati bilan taqdirlandi. Oʻldirilgan ayol huquq himoyachilari faoliyatlari davomida korrupsiya va adolatsizlikning boshqa shakllarini tanqid qilganlar, oʻz yerlarini hukumatlar va transmilliy korporatsiyalardan himoya qilganlar hamda lezbiyanlar, geylar va transgender shaxslarning huquqlarini himoya qilganlar[20].

Inson huquqlari himoyachilari uchun mukofotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Atrof-muhit boʻyicha inson huquqlari himoyachilari yoki oddiygina atrof-muhit himoyachilari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit boʻyicha dasturi tomonidan „yer va atrof-muhit huquqlari bilan bogʻliq keng koʻlamli faoliyatni amalga oshiradigan, shu jumladan, qazib olish sanoati, qurilish va rivojlanish loyihalari bilan bogʻliq masalalarda faoliyat koʻrsatuvchi himoyachilar“ deb taʼriflangan[21].

Atrof-muhit himoyachisi (yoki atrof-muhit boʻyicha inson huquqlari himoyachisi) atamasi inson huquqlari tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va ilmiy doiralar tomonidan yaqin yillar ichida foydalanila boshlandi. Ushbu atamaning paydo boʻlishi BMTning Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga borib taqaladi[22]. Biroq atrof-muhit himoyachilarining yondashuvi va roli 1980-yillarda ishlab chiqilgan ekologik adolat va kambagʻallar ekologiyasi kabi eski tushunchalar bilan ham chambarchas bogʻliq[22]. Garchi ushbu atamalarning kelib chiqish tarixi turlicha boʻlsa-da, ular yerga nisbatan madaniyatni qayta tiklash, chegaralangan hududda istiqomat qiluvchi odamlar uchun hududni qayta tiklash, yerosti resurslarini qazib olish, zaharli chiqindilarni tashlash kabi faoliyat turlarini himoya qilish ishlarini oʻzida jamlaydi[23][22]. 1998-yilgi BMT deklaratsiyasidan boshlab atrof-muhit himoyachilari atamasi global tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari tomonidan tobora koʻproq foydalanib kelinmoqda.

Himoya vositalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1998-yilda Inson huquqlari himoyachilari toʻgʻrisidagi deklaratsiya qabul qilingandan soʻng, ham xalqaro, ham mintaqaviy miqyosda HRDlarni himoya qilishni kuchaytirish va deklaratsiyada belgilangan rejalarni bajarishga hissa qoʻshish boʻyicha qator tashabbuslar amalga oshirildi. Shu nuqtai nazardan, quyidagi mexanizmlar va koʻrsatmalar ishlab chiqildi:

  • Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari himoyachilari boʻyicha maxsus maʼruzachisi mandati (2000).
  • Inson va xalqlar huquqlari boʻyicha Afrika komissiyasining inson huquqlari himoyachilari boʻyicha maxsus maʼruzachisi mandati (2004).
  • Inson huquqlari boʻyicha Amerikalararo komissiyasining Inson huquqlari himoyachilari boʻlimi (2001).
  • Yevropa Kengashi Vazirlar Qoʻmitasining HRDlar himoyasini yaxshilash va ularning faoliyatini ragʻbatlantirish boʻyicha harakatlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi (2008)[1].
  • Fuqarolik jamiyati tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan Yevropa Ittifoqi Inson huquqlari himoyachilari mexanizmi, ProtectDefenders.eu (2015).
  • 2008-yilda Inson huquqlari boʻyicha Xalqaro federatsiya (FIDH) va Qiynoqlarga qarshi Butunjahon tashkilotining (OMCT) qoʻshma dasturi boʻlgan Inson huquqlari himoyachilarining himoya observatoriyasi inson huquqlarini muvofiqlashtirishni kuchaytirish yoʻllarini ishlab chiqish hamda NNTlar oʻrtasida, shuningdek, bir-birining faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va toʻldirish maqsadida huquq himoyachilarining barcha institutsional mandatlarini toʻplash tashabbusi bilan chiqdi (Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Inson va xalqlar huquqlari boʻyicha Afrika komissiyasi, Inson huquqlari boʻyicha Amerikalararo komissiya, Yevropa Kengashi, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti hamda Yevropa Ittifoqi doirasida yaratilgan). 2010-yilda turli huquq himoyachilarining mandat egalari faoliyatiga oid barcha tegishli axborotni jamlagan yagona mexanizmlararo veb-sayt[24] yaratildi. U mexanizmlar (press-relizlar, tadqiqotlar, hisobotlar, bayonotlar) tomonidan ishlab chiqarilgan hujjatlarning, shuningdek, ular tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar sonini (mamlakatga tashriflar, institutsional tadbirlar, kuzatilgan sinovlar) oshirishga qaratilgan.
  • 2016-yilda Inson huquqlari boʻyicha xalqaro xizmat „Inson huquqlari himoyachilarini tan olish va himoya qilish toʻgʻrisidagi namunaviy milliy qonun“ni eʼlon qildi[2]. Ushbu hujjat davlatlarga BMTning Inson huquqlari himoyachilari toʻgʻrisidagi deklaratsiyasini milliy darajada qanday amalga oshirish boʻyicha nufuzli koʻrsatmalar beradi. Shuningdek, ushbu qonun yuzlab himoyachilar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va inson huquqlari boʻyicha yetakchi ekspertlar hamda huquqshunoslar tomonidan maʼqullangan.
  • Kolumbiya, Braziliya, Meksika va Gvatemala kabi bir qancha mamlakatlar inson huquqlari himoyachilarini himoya qilish uchun milliy qonunchilik yoki siyosatni joriy qildi, biroq ularni amalga oshirishdagi asosiy muammolar hanuzgacha saqlanib qolmoqda[25].

Inson huquqlari himoyachilari uchun mukofotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1998-yilda taʼsis etilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari boʻyicha mukofoti.
  • Bir qancha inson huquqlari nodavlat tashkilotlari hamkorligida taʼsis etilgan Martin Ennals mukofoti. Martin Ennals taniqli inson huquqlari himoyachisi va Xalqaro Amnistiya Bosh kotibi boʻlgan. Uning kotibiyati OMCTning Jenevadagi ofisida joylashgan[26]. Mukofot inson huquqlari sohasida amalga oshiriladigan keyingi ishlar uchun kamida 20 000 Shveysariya franki (taxminan 20 000 AQSh dollari) miqdoridagi grantni oʻz ichiga oladi.
  • 2008-yilda Niderlandiya hukumati tomonidan taʼsis etilgan Inson huquqlari himoyachilari lolasi.
  • Bir necha inson huquqlari himoyachilari Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlishgan, masalan, qamoqdagi xitoylik inson huquqlari faoli Liu Xiaobo „Xitoyda fundamental inson huquqlari uchun uzoq va zoʻravonliksiz kurash“i uchun 2010-yilgi Nobel Tinchlik mukofotini qoʻlga kiritgan.
  • Front Line Defenders mukofoti xavf ostida boʻlgan inson huquqlari himoyachilari uchun 2005-yilda „zoʻravonliksiz mehnat qilish orqali boshqalarning inson huquqlarini targʻib qilish va himoya qilishga jasorat bilan hissa qoʻshayotgan inson huquqlari himoyachisi ishini sharaflash“ maqsadida taʼsis etilgan[27].
  • Ginetta Sagan mukofoti ayollar huquqlari himoyachilari uchun 1997-yilda „butun dunyo ayollariga nisbatan koʻrsatiladigan zulmni yengish uchun kurashda yordam berish, ular yolgʻiz emasliklarini bildirish uchun“ taʼsis etilgan[28]. Mukofotlanganlar orasida Hina Jilani, Sonia Pierre, Lydia Cacho, Julienne Lusenge kabi taniqli shaxslar bor.
  • Nyurnberg shahri tomonidan taʼsis etilgan inson huquqlari boʻyicha Nyurnberg xalqaro mukofoti. Birinchi mukofot 1995-yilda topshirilgan.

Elektron xaritalash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elektron xaritalash elektron tarmoqlar, sunʼiy yoʻldosh tasvirlari va kuzatuvidan foydalangan holda yangi ishlab chiqilgan vosita hisoblanadi. Bularga misol tariqasida taktik xaritalash, inqiroz xaritasi va geo-xaritalashni keltirish mumkin. Taktik xaritalash, asosan, inson huquqlari buzilishini kuzatish va ularning amalga oshirilishi monitoringini vizualizatsiya qilish orqali kuzatilgan[29].

HRDlarga misollar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilda qrim-tatarlardan boʻlgan huquqshunos Emil Kurbedinov[30] xavf ostida boʻlgan frontdagi inson huquqlari himoyachilari uchun mukofotni qoʻlga kiritgan. Kurbedinov fuqarolik jamiyati jangarilari, yomon munosabatda boʻlgan qrim-tatarlari va ommaviy axborot vositalari xodimlarining ashaddiy himoyachisi boʻlgan. U faollar turar-joylarini tintuv qilish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda inson huquqlarining buzilishini hujjatlashtiradi. 2017-yilning yanvar oyida Qrim ekstremizmga qarshi kurash markazi[31] tomonidan Kurbedinov hibsga olingan va soʻroq qilish uchun Rossiya Federal xavfsizlik xizmati[32] mahalliy muassasasiga olib ketilgan. Muassasa Kurbedinovni terrorchi guruhlar va tashkilotlarga tashviqot ishlarini olib borishda aybdor deb topgan va unga 10 kunlik qamoq jazosi tayinlangan[33].

SSSRda inson huquqlari himoyachilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Har bir zamon va davrda qonunlarga boʻysunadigan shaxslar boʻlgan. SSSRda sovetlarga qarshi targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish, qayta qurish, oshkoralik harakatlarini amalga oshirgan shaxslarga nisbatan qamoq jazosi tayinlangan. Stalin vafotidan soʻng, baʼzi fuqarolar Nikita Xrushchyovning maʼruzasini[34] (KPSS XX Kongressi, 1956-yil) qabul qildi. Tom maʼnoda, ushbu maʼruza kishilarga oʻz huquqlari uchun kurashish, huquqlarini himoya qilishga undadi va bunday odamlar huquq himoyachilari va dissidentlar deb atala boshlandi[35].

  1. Amnesty International. Human rights defenders under threat – A shrinking space for civil society, 2017. 
  2. „About human rights defenders“. OHCHR.
  3. 3,0 3,1 Malkova, P (2018). "Exploring the Term 'Human Rights Defender' through the Lens of Professionalisation in Human Rights Practice: A Case-Study of Russia". Human Rights Defender Hub Working Paper Series 3 (York: Centre for Applied Human Rights, University of York). https://static1.squarespace.com/static/58a1a2bb9f745664e6b41612/t/5a8e8bb1ec212d49de3ccc50/1519291317684/Working+Paper+3.pdf. 
  4. „Declaration on Human Rights Defenders“. OHCHR.
  5. „Human Rights Defenders: Protecting the Right to Defend Human Rights“. OHCHR (2004).
  6. Malkova, P (2018). "Exploring the Term 'Human Rights Defender' through the Lens of Professionalisation in Human Rights Practice: A Case-Study of Russia". Human Rights Defender Hub Working Paper Series 3 (York: Centre for Applied Human Rights, University of York). https://static1.squarespace.com/static/58a1a2bb9f745664e6b41612/t/5a8e8bb1ec212d49de3ccc50/1519291317684/Working+Paper+3.pdf. 
  7. „Report of the Special Rapporteur on the situation of human rights defenders, Margaret Sekaggya (2010)“. www.un.org. Qaraldi: 2018-yil 13-may.
  8. Larsen, Billon, Menton, Aylwin, Balsiger, Boyd, Forst, Lambrick, Santos, Storey, Wilding (2021). "Understanding and responding to the environmental human rights defenders crisis: The case for conservation action". Conservation Letters 14 (3). doi:10.1111/conl.12777. Archived from the original on 6 March 2022. https://web.archive.org/web/20220306025843/https://conbio.onlinelibrary.wiley.com/doi/pdf/10.1111/conl.12777. Qaraldi: 3 November 2021. Inson huquqlari himoyachisi]]
  9. Malkova, P (2018). "Exploring the Term 'Human Rights Defender' through the Lens of Professionalisation in Human Rights Practice: A Case-Study of Russia". Human Rights Defender Hub Working Paper Series 3 (York: Centre for Applied Human Rights, University of York). https://static1.squarespace.com/static/58a1a2bb9f745664e6b41612/t/5a8e8bb1ec212d49de3ccc50/1519291317684/Working+Paper+3.pdf. 
  10. Verweijen, Judith. Environmental and Land Defenders: Deadly Struggles for Life and Territory Menton: . New York: Routledge, 2021 — 37–49-bet. 
  11. 11,0 11,1 Nah, A; Bennett, K; Ingleton, D; Savage, J (November 4, 2013). "A Research Agenda for the Protection of Human Rights Defenders". Journal of Human Rights Practice 5 (3): 401–420. doi:10.1093/jhuman/hut026. https://www.researchgate.net/publication/278737896. 
  12. Larsen, Billon, Menton, Aylwin, Balsiger, Boyd, Forst, Lambrick, Santos, Storey, Wilding (2021). "Understanding and responding to the environmental human rights defenders crisis: The case for conservation action". Conservation Letters 14 (3). doi:10.1111/conl.12777. Archived from the original on 6 March 2022. https://web.archive.org/web/20220306025843/https://conbio.onlinelibrary.wiley.com/doi/pdf/10.1111/conl.12777. Qaraldi: 3 November 2021. Inson huquqlari himoyachisi]]
  13. Hodal, Kate. „At least 331 human rights defenders were murdered in 2020, report finds“. The Guardian (2021-yil 11-fevral).
  14. Hodal, Kate. „At least 331 human rights defenders were murdered in 2020, report finds“. The Guardian (2021-yil 11-fevral).
  15. Larsen, Billon, Menton, Aylwin, Balsiger, Boyd, Forst, Lambrick, Santos, Storey, Wilding (2021). "Understanding and responding to the environmental human rights defenders crisis: The case for conservation action". Conservation Letters 14 (3). doi:10.1111/conl.12777. Archived from the original on 6 March 2022. https://web.archive.org/web/20220306025843/https://conbio.onlinelibrary.wiley.com/doi/pdf/10.1111/conl.12777. Qaraldi: 3 November 2021. Inson huquqlari himoyachisi]]
  16. „Business and Human Rights Resource Centre | UN Global Compact“. www.unglobalcompact.org. Qaraldi: 2018-yil 26-iyun.
  17. Kelly. „'Attacks and killings': human rights activists at growing risk, study claims“ (en). the Guardian (2018-yil 9-mart). Qaraldi: 2018-yil 26-iyun.
  18. „UN Human Rights Defenders“. Ishr.ch (2013-yil 20-noyabr). 2013-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-fevral.
  19. „Declaration on Human Rights Defenders“. OHCHR.
  20. Sekyiamah. „Remembering women killed fighting for human rights in 2017“ (en). the Guardian (2017-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 26-iyun.
  21. „Promoting Greater Protection for Environmental Defenders Policy“. UN Environment Programme (2018).
  22. 22,0 22,1 22,2 Scheidel, Arnim (July 2020). "Environmental conflicts and defenders: A global overview". Global Environmental Change 63: 102104. doi:10.1016/j.gloenvcha.2020.102104. PMID 32801483. PMC 7418451. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=7418451. 
  23. Anguelovski, Isabelle; Martínez Alier, Joan (June 2014). "The 'Environmentalism of the Poor' revisited: Territory and place in disconnected glocal struggles". Ecological Economics 102: 167–176. doi:10.1016/j.ecolecon.2014.04.005. https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0921800914001141. 
  24. „humanrights-defenders.org“. 2010-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-yanvar.
  25. Amnesty International. Americas: State protection mechanisms for human rights defenders, 2017. 
  26. „Winner of the Martin Ennals Award 1994–2006“. 2007-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 10-yanvar.
  27. „The Front Line Defenders Award“. 2017-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-iyul.
  28. „The Ginetta Sagan Award“ (en-US). Amnesty International USA. Qaraldi: 2022-yil 11-aprel.
  29. Movements.org. „Maptivism: Mapping Information for Advocacy and Activism.“
  30. „In Russian-held Crimea, lawyer fights repression against Crimean Tatars – Apr. 03, 2017“ (en-US). KyivPost (2017-yil 3-aprel). Qaraldi: 2018-yil 25-iyun.
  31. „Menacing FSB interrogations of Ukrainian Cultural Centre activists in Russian-occupied Crimea – Human Rights in Ukraine“ (en-US). Human Rights in Ukraine. Qaraldi: 2018-yil 25-iyun.
  32. „Federal Security Service – The Russian Government“ (en). government.ru. Qaraldi: 2018-yil 25-iyun.
  33. „Person of the Week: Emil Kurbedinov – Rights in Russia“. www.rightsinrussia.info. Qaraldi: 2018-yil 25-iyun.
  34. N. S. Xruщyov. O kulte lichnosti i ego posledstviyax. Doklad XX sʼezdu КПСС www.lib.ru/MEMUARY/HRUSHEW/kult.txt XX sʼezd KPSS. Stenograficheskiy otchyot, t. 1-2, M., 1956
  35. http://www.memo.ru/history/DISS/ (Wayback Machine saytida 2017-02-28 sanasida arxivlangan), Xronika Tekuщix Sobitiy