Nyurnberg
Nürnberg | |
---|---|
Shahar | |
49°27′10″N 11°4′40″E / 49.45278°N 11.07778°E | |
Mamlakat | Germaniya |
Yer | Bavariya |
Административный округ | Oʻrta Frankoniya |
Ichki boʻlinishi | 7 shahar tumanlari |
Hukumat | |
• Oberburgomistr | Ulrich Maly |
Ilk eslatilishi | 1040 |
Maydon | 18,638 km2 (7,196 kv mi) |
Dengiz sathidan balandligi | 309 m |
Aholisi (2010) |
505 664 |
Zichligi | 2712 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1, yozda UTC+2 |
Telefon kodi | +49 (0)911 |
Pochta indeks(lar)i | 90001—90491 |
Avtomobil kodi | N |
Rasmiy kodi | 09 5 64 000 |
|
Nyurnberg — Germaniyadagi shahar, Bavariya yerida. Pegnits daryosi va Lyudvig kanali boʻyida. Transport yoʻllarining muhim tuguni. Aholisi 486,4 ming kishi (1999). Mamlakatning yirik sanoat markazlaridan. Aeroport bor. Mayn-Dunay kanalidagi port. Elektrotexnika, stanoksozlik, anik, mexanika, kimyo, toʻqimachilik, koʻn-teri, oziqovqat, yogʻochsozlik, poligrafiya sanoati rivojlangan. Amaliy texnika va tasviriy sanʼat akademiyalari, universitet, ilmiy tadqiqot markazlari, opera va drama teatrlari, muzeylar (jumladan, oʻyinchoklar muzeyi) bor. Meʼmoriy yod-gorliklar sakdangan. Metropoliten qurilgan.
N. qoʻlyozmalarda 1050-yildan tilga olingan. 1219-yildan erkin shahar. 14—15-asrlarda hunarmandchilik va savdoning yirik markazi. 1806-yildan Bavariya qirolligi tarkibida. 1945-46 yillarda N. da Xalqaro harbiy tribunal Ikkinchi jahon urushining bosh aybdorlari ishi yuzasidan sud jarayoni oʻtkazgan.[1]
Nyurnberg Germaniyaning Bavariya yerida joylashgan shahardir. Oʻrta Frankoniya tumani tarkibiga kiradi.Maydoni — 186,38 km2. Aholisi — 505 664 kishi (2010).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |