Kontent qismiga oʻtish

Inim ayiq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Inim ayiq
Brother Bear

Film posteri
Rejissyor(lar) Aaron Blaise
Robert Walker
Prodyuser(lar) Chuck Williams
Ssenariynavis(lar) Tab Murphy
Lorne Cameron
David Hoselton
Steve Bencich
Ron J. Friedman
Hikoya Stevie Wermers-Skelton
Kevin Deters
Woody Woodman
Thom Enriquez
Kevin Harkey
Broose Johnson
John Norton
John Puglisi
Rollarda Joaquin Phoenix
Jeremy Suarez
Rick Moranis
Dave Thomas
Jason Raize
D.B. Sweeney
Bastakor(lar) Phil Collins
Mark Mancina
Muharrir(lar) Tim Mertens
Studiya(lar)
Distribyutor Buena Vista Pictures
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 85 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $46 million[1]
Daromadi $250,4 million[2]
Keyingi film Inim ayiq 2

Inim ayiq (inglizcha: Brother Bear) 2003-yil katta ekranlarga chiqqan musiqiy va komedik janrlaridagi Amerika animatsion filmidir. Bu film Walt Disney Feature Animation studiyasi mahsuloti va Walt Disney Pictures tomonidan tarqatilgandir. Shuningdek, Disneyning 44-toʻliq hajmli animatsion filmi hamdir.

Bu film Walt Disney Feature Animation studiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan uchinchi va soʻnggi multfilmdir. Negaki, bu studiya 2004-yilning martida yopiladi. Film tanqidchilar tomonidan salbiy qarshilandi. Shunday boʻlsa ham, umumjahon boʻylab $250.4 million jamgʻarishga muvaffaq boʻldi. Shuningdek, 76-Akademiya (Oscar) topshirish marosimida „Eng yaxshi animatsion film“ nominatsiyasiga loyiq topilgan.

Diqqat! Quyida sujet burilishlari yoki hatto oxiri ham keltirilishi mumkin.

Birodarlar — Sitka, Denahi va Kenai muzlik davridan keyingi davrda yashovchi paleo-hindulardir. Ular yashaydigan qabilalar totemlar ruhlariga sigʻinishadi, maʼlum yoshga toʻlgach, har bir qabila aʼzosi qabila qamidan oʻz totemini bilib olishadi. Uch birodarlarning kenjasi boʻlmish yosh Kenai, sevgini ifodalovchi ayiq totemini oladi. Kenai oʻz totemidan nihoyatda norozi boʻladi, negaki u sevgi insonga xos boʻlmagan fazilat deb hisoblaydi. U Denahi tomonidan doimiy masxara qilinar ekan, Sitka xafa boʻlgan birodari Kenaiga totemning mohiyati ilk qarashda koʻrinadigan darajada oddiy emasligini tushuntiradi. Boshqa tomondan, Kenai, ayiq sevgini qanday aks ettirishi mumkinligini tushuna olmaydi, chunki uning tushunchasiga koʻra, ayiq sezgir va tajovuzkor mavjudotdir.

  • Kenai (talaffuzi: Kenay) — filmning bosh qahramoni. Haqiqiy erkak boʻlishni orzu qiladigan bir eskimos oʻsmirdir. U chapani xarakterga ega, ammo juda mehribon. Ayiqqa aylangan Kenai kichik ayiq bolasi boʻlmish Kodaga gʻamxoʻrlik qiladi. Kenai juda xushchaqchaq boʻlishiga qaramay, u oʻta kamgapdir.
  • Denahi — filmning asosiy antagonisti. Kenaining doim bezorilik qiladigan oʻrtancha birodaridir. U yaxshi ovchi va shu bilan bir qatorda mohirlik bilan savat toʻqiydi. Kenaidan farqli oʻlaroq, Denahi avval oʻylab, keyin ish qiladi, biroq film voqealarida davomida Denahi, ikki birodarini olib ketgan ayiqdan gʻazablanib, undan qasos olish niyatida.
  • Sitka — Kenai va Denahini doimiy ravishda ajratib turadigan katta birodari. Sitka qolgan kichik birodarlari ichidagi eng donosi, xotirjami va dovyuragidir.
  • Tanana — Kenai, Denahi va Sitka istiqomat qiladigan qabilaning oqsoqoli. U koʻp sirlardan boxabar boʻlib, turli sohalarda bilimga egadir. Tanana Kenaiga ayiq qiyofasida tinchlik topishiga koʻmaklashadi.
  • Koda — kichik ayiq bolasi, Kenaining ayiq qiyofasidagi hamrohi. Ularning ilk uchrashuvi Kenai ayiq uchun moʻljallangan tuzoqqa tushganda sodir boʻladi. Koda unga tuzoqdan chiqishga yordam beradi. Koda oʻta xushchaqchaq va aql bovar qilmas darajada koʻp gapiruvchi, buning ortidan yoʻlda Kenaini toliqtirib qoʻyadi. Koda kuchli va tezkor ayiqdir.
  • Rutt va Tuke (talaffuzi: Ratt va Tyuk) — ikki los (bugʻu turi) birodarlar. Rutt oʻz akasidan koʻra oʻziga ishonchi baland va ayyorroqdir, lekin Tuke xavfga nisbatan sezgirdir. Ikkala it ham qoʻrqoq hamda ov qilinayotganini bilgach, Kenai ularni ovchidan himoya qiladi degan oʻyda unga qoʻshilishgan. Rutt va Tuke ovqatlanishni, ayniqsa novdalarni xush koʻrishadi.
  • Tug (talaffuzi: Tog) — lostlar bilan oziqlanadigan zabardast, yirik va semiz ayiq. U barcha ayiqlarning qirolidir. Tug koʻp tajriba orttirgan ayiq sanaladi.

Ovoz berganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roʻyxatda keltirilgan treklarning barchasining musiqasini Mark Mancina va Phil Collins; hamma qoʻshiqlar soʻzlari Collins tomonidan yozilgan yaratgan.

NomiIjrochi (lar)Davomiyligi
1.„Look Through My Eyes“Phil Collins4:01
2.„Great Spirits“Tina Turner3:23
3.„Welcome“Collins3:38
4.„No Way Out“Collins4:18
5.„Transformation“The Bulgarian Women's Choir2:29
6.„On My Way“Collins3:40
7.„Welcome“The Blind Boys of Alabama va Collins3:14
8.„No Way Out“Collins2:37
9.„Transformation“Collins2:26
10.„Three Brothers“Mark Mancina va Collins6:44
11.„Awakes as a Bear“Mancina and Collins6:48
12.„Wilderness of Danger and Beauty“Mancina and Collins5:32
Jami davomiyligi:48:50
Best Buy Exclusive
NomiArtist (lar)Davomiyligi
13.„Great Spirits“Collins4:47
Yil Mukofot Turkum Laureat
2004 Oscar Eng yaxshi film Nominatsiya

Inim ayiq 2 filmi 29-avgust 2006-yilda direct-to-video formatida chiqarildi.

  1. „Brother Bear (2003)“. The Wrap. 23-dekabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-dekabr 2016-yil.(Wayback Machine saytida 23-dekabr 2016-yil sanasida arxivlangan)
  2. „Brother Bear“. Box Office Mojo. Qaraldi: 18-iyun 2020.