Imabari
Imabari 今治市 | |
---|---|
Shahar | |
34°3′58.2″N 132°59′52.0″E / 34.066167°N 132.997778°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Hudud | Sikoku |
Prefektura | Ehime prefekturasi |
Hukumat | |
• Mer | Sigeki Tokunaga (2021-yil fevraldan) |
Maydon | 419.14 km2 (161.83 kv mi) |
Aholisi (2012-yil 31-avgust) |
152,111 |
|
Imabari (yaponcha: 今治市 Imabari-shi ) – Yaponiyaning Ehime prefekturasida joylashgan shahar. Ehime prefekturasining ikkinchi yirik shahri. 2022-yil 31-avgust holatiga koʻra, shaharda hisob-kitoblarga koʻra, 75947 ta xonadonda 152111 nafar aholi istiqomat qilgan va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 360 nafarni tashkil qilgan. Shaharning umumiy maydoni 468,19 kvadrat kilometr (180,77 mi²). Aholi soni boʻyicha Ehime prefekturasida Matsuyama shahridan keyin ikkinchi oʻrinda turadi.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Imabari Ehime prefekturasining markazida joylashgan boʻlib, sharq va shimoli-gʻarb tarafda Seto ichki dengiziga qaragan va Sikoku va Xonsyu oʻrtasidagi Geiyo orollarining bir qismini, shu jumladan Omisima, Osima va Hakatadzimani oʻz ichiga oladi. Quruqlik qismi Takanava yarim orolining shimoli-sharqiy qismini egallaydi. Shahardagi eng baland nuqta Osima orolidagi Kiro togʻi boʻlib, balandligi 307,8 metrni tashkil qiladi.
Qoʻshni munitsipalitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ehime prefekturasi
- Matsuyama
- Toon
- Saydzo
- Kamidzima
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Imabari nam subtropik iqlimga ega (Köppen Cfa), yozi issiq va qishi salqin boʻlib, qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Imabarida oʻrtacha yillik harorat 15,4 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori esa 1740 mm, sentyabr eng nam oy hisoblanadi. Eng yuqori harorat yanvarda 26,2 °C ni , eng pasti ham yanvarda, 5,1 °C ni tashkil etadi[1].
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[2] Imabari aholisi 1980-yillardan beri qisqarib bormoqda.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1920 | 143 218 | — |
1930 | 155 568 | +8.6% |
1940 | 156 810 | +0.8% |
1950 | 198 109 | +26.3% |
1960 | 193 816 | −2.2% |
1970 | 189 918 | −2.0% |
1980 | 197 818 | +4.2% |
1990 | 191 504 | −3.2% |
2000 | 180 627 | −5.7% |
2010 | 166 532 | −7.8% |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Imabari joylashgan hudud qadimgi Iyo viloyatining bir qismi boʻlgan. Uzoq vaqt davomida Seto ichki dengizini nazorat qilish uchun strategik nuqta vazifasini bajargan. Sengoku davrida Murakami urugʻi hukmronlik qilgan, Sikoku va Xonsyu oʻrtasidagi murakkab kanallar va boʻgʻozlar orqali yuk tashish yoki kemalarda suzish bilan shugʻullangan. Ammo ular vaqti-vaqti bilan qaroqchilar yoki qudratli sarkardalar uchun yollanma dengiz kuchlari sifatida harakat ham qilganlar. Sekigahara jangidan soʻng, Tokugava Ieyasu oʻzining generali Todo Takatorani Imabari domenining daymyosi etib tayinladi. Todo Takatora Imabari qal’asini va shaharning hozirgi koʻrinishi oʻzagini tashkil etuvchi qal’a shaharchasini qurdirgan. Keyinchalik domen Edo davrining oxirigacha Hisamatsu-Matsudaira urugʻining kadet boʻlimi tomonidan boshqarilgan. Imabari shahri 1889-yil 15-dekabrda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini yaratish paytida tashkil etilgan. Shahar 1920-yil 11-fevralda Hiyosi qishlogʻi bilan birlashib, Imabari shahriga aylangan. XX asr boshlarida sanoatlashtirish jadal sur’atlar bilan rivojlanib, markazi toʻqimachilik va kemasozlik sanoatiga ixtisioslashgan. Shahar Ikkinchi Jahon urushining soʻnggi oylarida uch marta bombardimon qilingan, birinchi havo hujumida 1945-yil 24-aprelda 68 tinch aholi halok boʻlgan, ikkinchisida 8-mayda 29 kishi (asosan Imabari qizlar oʻrta maktabi oʻquvchilari), uchinchisi va eng yirigi 5 avgustda sodir boʻlgan, bunda 454 kishi halok boʻlgan va shahar markazining 80% vayron boʻlgan. Urushdan soʻng shahar tez tiklanadi.
2005-yil 16-yanvarda Hakata, Kamiura, Kikuma, Miyakubo, Namikata, Omisima, Onisi, Tamagava va Yosiumi shaharlari hamda Asakura va Sekizen qishloqlari (barchasi Ochi tumani tarkibida) Imabariga birlashtirilgan. Natijada, Ehime prefekturasida qishloqlar qolmagan.
Hukumati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Imabari toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 28 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Imabari Kamidzima bilan birgalikda Ehime prefekturasi assambleyasiga olti nafar aʼzoni qoʻshadi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Ehime 2-okrugi tarkibiga kiradi.
Iqtisodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Port uzoq vaqtdan beri Sikokudagi savdo markazi boʻlib kelgan. Shaharda paxtani qayta ishlashning yirik sanoat markazi joylashgan boʻlib, sochiqlarga alohida eʼtibor beriladi. Yaponiyada ishlab chiqarilgan sochiqlarning taxminan 60 foizi shaharda ishlab chiqariladi. 1998-yil holatiga koʻra, shaharda 200 dan ortiq sochiq ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud boʻlgan. Shahar, shuningdek, boʻyoqchilik sanoatiga ixtisoslashgan.
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Imabarida shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 26 ta davlat boshlangʻich maktabi va 15 ta davlat oʻrta maktabi va bitta xususiy birlashtirilgan boshlangʻich/oʻrta maktab mavjud. Shaharda Ehime prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan oltita davlat oʻrta maktabi va beshta xususiy yuqori maktab mavjud. Prefekturada nogironlar uchun bitta maxsus taʼlim maktabi ham mavjud. Imabari Meitoku oʻsmirlar kolleji, Okayama fanlar universiteti veterinariya fakulteti kabi oʻquv yurtlari shu shaharda joylashgan.
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temir yoʻllari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sikoku temir yoʻl kompaniyasi – Yosan liniyasi
- Iyo-Sakurai – Iyo-Tomita – Imabari – Hasihama – Namikata – Onisi – Iyo-Kameoka – Kikuma
Magistral yoʻllarIi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kurusima-Kaykyo koʻprigi, pullik osma koʻprik va integratsiyalashgan avtomagisral, Imabari va Sikoku orollarini Seto ichki dengizidagi bir qator orollar orqali Xirosima prefekturasi bilan bogʻlaydi. 1999-yilda ochilgan koʻprik Simanami Kaydo avtomagistralining bir qismi boʻlib, yoʻl transporti uchun avtomagistral, shuningdek, maxsus piyodalar va velosiped yoʻlaklariga ega.
- Nisiseto avtomagistrali
- Imabari-Komatsu avtomagistrali
Portlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Imabari porti
Qardosh shaharlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Imabari bilan birodar shaharlar:
- Panama, Panama (1977-yil 2-martdan beri)
- Lakeland, Florida, AQSh (1995-yil 6-iyuldan beri)
Sporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Thanks Dream Stadium“ „Imabarand FC“ va „Imabari Lady’s“ jamoalari uy stadioni hisoblanadi.
Taniqli shaxslari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sikuichi Sigemi (1865—1928), yozuvchi va akademik, Imabarida tugʻilgan. Gakusuinda oʻqituvchi va Tokioda shifokor boʻlib ishlagan. 1889-yilda Yale universitetida oʻqib yurgan vaqtida „A Japanese Boy by Himself“ asarini yozib, nashr etgan.
- Kendzi Nagai shu shahrda ulgʻaygan va Imabaridagi oʻrta maktabda oʻqigan, 2007-yilda Myanmada harbiy diktatura rejimiga qarshi xalq qoʻzgʻoloni, soʻnggi filmi va kamerasi oxir-oqibat tiklanib, singlisiga berilgan[3]
- Kenzo Tange (1913—2005), taniqli modernist meʼmor, Osakada tugʻilgan, ammo maktab davrining koʻp qismini Imabarida oʻtkazgan. 1958-yilda Imabari shahar hokimiyatining u ishlagan dizayniga qaytgan[4]
- Yuya Uemura (1994–), professional sobiq kollej kurashchi. New Yaponiya Pro-Wrestling yosh kurashchisi[5]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Imabari climate data
- ↑ Imabari population statistics
- ↑ „Kenji Nagai: Missing camera reveals journalist's last moments in Myanmar“ (en-GB). BBC News (2023-yil 26-aprel). Qaraldi: 2023-yil 10-iyul.
- ↑ „Imabari City Hall Complex“. www.tangeweb.com. Tange Associates. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-may.
- ↑ „Yuya Uemura“. New Japan Pro-Wrestling. 2018-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-iyul.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Imabari City official website (yaponcha)
- Geographic data related to Imabari, Ehime at OpenStreetMap