Avtomagistral
Avtomagistral (avto va lotincha: magistralus – bosh, asosiy soʻzlari qoʻshilishidan hosil boʻlgan) – oʻtkazish qobiliyati yuqori boʻlgan, qarama-qarshi harakat qatorlari oʻrtasida chegara qoʻyilgan, boshqa yoʻllar bilan bevosita kesishmaydigan avtomobil yoʻli. Katta shaharlar, viloyatlararo, shahar doirasidagi transport qatnoviga moslangan katta yoʻl. Toshkent halqa yoʻli, Toshkent – Samarqand avtomobil yoʻli avtomagistraldir (qarang Avtomobil yoʻli). Avtomagistrallarda harakat qatori toʻrttadan kam boʻlmaydi. Kesishuvchi Avtomagistrallarlar maxsus koʻpriklar va aylanma yoʻllar vositasida baland-past qilib oʻtkaziladi. Avtomagistrallarda yonilgʻi quyish stansiyalari, avtomobillarni koʻrikdan oʻtkazadigan va kichik taʼmirlash manzillari boʻladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |