Ibrohim ibn Husayn
Ibrohim ibn Husayn - Qoraxoniylar Gʻarbiy xoqonligining hukmdori (1178 - 1202).
Ibrohim ibn Husayn tangalarida uning ismi va unvonlari yozilgan: Ibrohim Arslon-xoqon, Nusrat ad-dunya va-d-din, Nusrat ad-dunya va-d-din Ibrohim Kuch Arslon-xon. Samarqandda chiqarilgan tangalarda shunday yozuv bor edi: Nusrat ad-dunya va-d-din Ulugʻ sulton as-salatin Ibrohim b. al-Husayn.
Ibrohimning zarb qilgan tangalari: dinorlar, dirhamlar va falslar (Samarqand va Buxoro). Movarounnaxrning ilmiy va adabiy markazi Samarqanddagi Qoraxoniylar saroyida tashkil topgan. Mashhur olimlardan biri tarixchi Majid ad-din al-Surxakati boʻlib, u Samarqandda Qoraxoniylar sulolasining tarixini aks ettirgan "Turkiston tarixi"ni yozgan.[1] Ibrohim ibn Husayn vafotidan keyin taxtga ugʻli Usmon ibn Ibrohim chiqadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Introduction to The Jawami u’l-hikayat wa Lawami’ur-riwayat of Sadidu’u-din Muhammad al-Awfi by Muhammad Nizamu’d-din. London: Luzac & Co, 1929
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bartol'd V.V. Turkestan v epokhu mongol'skogo nashestviya // Sochineniya. T. I. M. 1963.
- Kochnev B.D., Numizmaticheskaya istoriya Karakhanidskogo kaganata (991 – 1209 gg.). Moskva «Sofiya», 2006
Qoraxoniylar sulolasi | |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |