Hitachi (Ibaraki)
Hitachi 日立市 | |
---|---|
shahar | |
36°35′56.9″N 140°39′5.4″E / 36.599139°N 140.651500°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Prefektura | Ibaraki prefekturasi |
Hukumat | |
• mer | Haruki Ogava (2015, aprel) |
Maydon | 225.71 km2 (87.15 kv mi) |
Iqlim turi | nam kontinental |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2020) |
173 750 kishi |
Milliy tarkib | yaponlar |
Konfessiyaviy tarkib | buddizm, sinto |
Etnoxoronim | hitachilik |
Vaqt mintaqasi | UTC+9 |
Telefon kodi | 0294-22-3111 |
Hitachi (yaponcha: 日立市 Hitachi-shi ) Yaponiyaning Ibaraki prefekturasida joylashgan shahar. 2020-yil 1-iyul holatiga koʻra, shaharning 78,209 xonadonida 174,219 kishi istiqomat qiladi va aholi zichligi har bir kvadrat kilometrga 770 kishi. 65 yoshdan oshganlar aholining 32.7% ini tashkil etadi[1]. Maydoni 225.71 km². Hitachi 1910-yilda shaharda Namihei Odaira tomonidan asos solingan Hitachi kompaniyasining elektr mahsulotlari, jumladan, elektr stansiyalari va jihozlari brendi bilan dunyoga mashhur shahardir
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibaraki prefekturasining shimolida joylashgan Hitachi sharqda Tinch okeani boʻylab uzun qirgʻoqqa ega. Yaponiya 6-milliy yoʻnalishi qirgʻoq bilan parallel ravishda, Tokio va Sendaini bogʻlaydi va u bu bilan qirgʻoq tekisligining nisbatan tor yerlarida turar-joy va savdo maydonlarini rivojlantirgan. Geologik jihatdan shahar Kembriy qatlamini qamrab oladi, yoshi 500 million yilga teng, gʻarbida sement materiallari ishlab chiqarish uchun marmar qazib olinadi.
Atrofdagi munitsipalitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibaraki prefekturasi
- Takahagi
- Hitachiota
- Naka
- Tokayi
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hitachi nam kontinental iqlimga ega (Köppen Cfa), yozi issiq va qishi qattiq qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Hitachida oʻrtacha yillik harorat 14.3 °C (57.7 °F). Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,455.7 mm (57.31 in) oktyabr yilning eng nam oyi. Eng yuqori harorat avgustda 25.0 °C (77.0 °F) atrofida va eng pasti yanvarda, taxminan 4.6 °C (40.3 °F) dir.
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra,[2] Hitachi aholisi 1980-yilda eng yuqori oʻsish choʻqqisiga chiqadi va shundan beri doimiy ravishda kamayib bormoqda.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1950 | 132,124 | — |
1960 | 172,232 | +30.4% |
1970 | 202,856 | +17.8% |
1980 | 215,489 | +6.2% |
1990 | 215,069 | −0.2% |
2000 | 206,589 | −3.9% |
2010 | 193,129 | −6.5% |
2020 | 174,508 | −9.6% |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hitachi hududidagi odamlarning yashash joylari qoldiqlari eng kamida Yaponiya paleolit davriga toʻgʻri keladi. Ilk Nara davrida bu hudud Taga viloyatining bir qismi ekanligini aniqlangan, keyinchalik Ritsuryo tizimi ostida Hitachi provinsiyasiga birlashtirilgan. Sengoku davriga kelib, hudud Satake urugʻining nazorati ostida edi. Tokugava syogunligi yaratilgandan soʻng, Tokugava Ieyasu Satakeni Deva provinsiyasiga qoʻshib yuboradi va bu hudud Ieyasu oʻgʻli Tokugava Yorifusaga berilgan domenning bir qismiga aylanadi. Hudud Meydzi islohotigacha Mito domenining bir qismi boʻlib qoladi.
Hitachi qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan. Hudud Meydzi davrining oxiriga kelib, mis konlari ochilishi bilan Kuhara zaibatsu shahridan Fusanosuke Kuhara va Hitachi asoschisi Namihei Odaira rahbarligida tez rivojlandi. Hitachi qishlogʻi 1924-yil 26-avgustda shahar maqomiga koʻtarildi. 1939-yil 1-sentabrda Hitachi va unga qoʻshni Sukegava shaharlari birlashib, Hitachi shahrini tashkil qildilar.
Shahar Ikkinchi Jahon urushida, 1945-yil 17-iyulda Amerika Qoʻshma Shtatlar dengiz floti tomonidan qirgʻoq bombardimonidan va 10-iyun va 19-iyulda havo reydlaridan katta zarar koʻrgan. Hitachi muhim harbiy nishon edi, chunki Hitachi zaibatsu koʻplab zavodlarini oʻz ichiga olgan, ayniqsa elektr jihozlarini ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan yirik sanoat markazi edi. Shuningdek, unda Yaponiyadagi barcha misning 1/10 qismi mavjud boʻlgan mis koni mavjud edi. 10-iyun kuni USAAF tomonidan Hitachi zavodlarinin emas balki, koʻplab fuqarolik turar-joylarini yoqib yuborgan havo hujumidan soʻng, shahar 19-iyul kuni USS Iowa (BB-61), USS Missouri (BB-63) va USS Wisconsin (BB-64) kabi jangovar kemalari tomonidan qirgʻoq bombardimoniga uchradi[3]. Biroq, bombardimon juda xato uyushtirilgan bedi va tinch aholidan qurbonlar juda koʻp boʻlsa-da, Hitachi zavodlari katta zarar koʻrmagan. Sohil bombardimonidan keyin 19-iyul kuni yondiruvchi bombalar bilan ikkinchi havo hujumi uyushtirilgan.
1976-yilda Sovet uchuvchisi Viktor Belenko defektsion boʻlgan MiG-25 qiruvchi samolyoti Hitachi portidan Sovet Ittifoqiga qaytarildi. U yaqin atrofdagi Hyakuri aviabazasida keng koʻlamli oʻrganilgan[4].
Hitachi chegaralari 1955–1956 yillarda qoʻshni Hidaka, Sakamoto, Higasiosava, Nakasato, Toyoura qishloqlari, Taga va Kudzi shaharlarini qoʻshib olish orqali kengaydi. Hitachi mis koni esa 1981-yilda yopilgan.
2004-yil 1-noyabrda qoʻshni Juo shahri (Taga tumanidagi) Hitachiga birlashtirildi.
Shahar 2011-yilda Tohoku zilzilasi va sunamida ozgina zarar koʻrgan, qurbonlar haqida xabar berilmagan.
Hukumati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hitachi toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 28 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Hitachi Ibaraki prefekturasi assambleyasiga besh aʼzodan hissa qoʻshadi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Ibaraki 5-okrugiga kiradi.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hitachi yirik sanoat markazi boʻlib, Hitachi shtab-kvartirasi va uning turli guruh kompaniyalari joylashgan.
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ibaraki universiteti - muhandislik boʻlimi
- Ibaraki xristian universiteti
- Hitachida shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 24 ta davlat boshlangʻich maktabi va 14 ta davlat oʻrta maktabi mavjud. Shuningdek, bitta xususiy boshlangʻich maktab va bitta xususiy birlashtirilgan oʻrta/yuqori maktab mavjud. Ibaraki prefekturasi taʼlim kengashi bitta maxsus taʼlim maktabidan tashqari beshta davlat oʻrta maktabi va bitta oʻrta/yuqori maktabni boshqaradi. Shaharda toʻrtta xususiy yuqori maktab ham mavjud.
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Omika – Hitachi-Taga – Hitachi – Ogitsu – Juo
Magistral yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Joban tezyurar yoʻli – Hitachi-Minamiota, Hitachi-Chuo, Hitachi-Kita almashinuvlari
- 6-milliy yoʻnalish
- 245-milliy yoʻnalish
- 293-miliy yoʻnalish
- 349-milliy yoʻnalish
- 461-milliy yoʻnalish
Mahalliy diqqatga sazovor joylari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kamine hayvonot bogʻi
- Yosida Tadasi memorial musiqa muzeyi
Qardosh shahar munosabatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- AQSh – Birmingham, Alabama, AQSh
- – Tauranga, Plenty qoʻltigʻi, Yangi Zelandiya[5]
- – Kiryu (Gunma), Japan
- – Yamanobe (Yamagata), Japan
Hitachining taniqli kishilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yukihisa Fudzita, siyosatchi
- Natsuo Yamaguchi, siyosatchi
- Hiromitsu Agatsuma, musiqachi
- Kuniaki Sibata, bokschi
- Daisi Nobuyuki, sumo kurashchisi (haqiqiy ism: Nobuyuki Takano, (Nihongo: 高野信行, Takano Nobuyuki)
- Tagaryu Sodzi, sumo kurashchisi (haqiqiy ism: Noboru Kurotani, (Nihongo : 黒谷昇, Kurotani Noboru)
- Tsubasa Aizava, professional beysbolchi
- Hironobu Sakaguchi, Final Fantasy videooʻyinlar seriyasining yaratuvchisi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ibaraki prefectural official statistics“ (yaponcha).
- ↑ „Ibaraki (Japan): Prefecture, Cities, Towns and Villages - Population Statistics, Charts and Map“. www.citypopulation.de.
- ↑ „USS Iowa History – World War II“. Pacific Battleship Center. 2017-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-sentabr 2014-yil.
- ↑ UNCLAS State Message 239736, U.S. State Department, 27 September 1976.
- ↑ „Sister Cities“. Tauranga City Council. 2008-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2008-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Hitachi (Ibaraki) haqida turkum mavjud |
- Rasmiy veb-sayti (yaponcha)
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |