Hindiston sporti
Hindistonda eng mashhur sport turlari kriket, futbol, dasht xokkeyi, tennis, golf, shaxmat va kabaddi hisoblanadi.
Hindistonlik birinchi sportchi (Norman Pritchard) 1900-yilda Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etib, ikkita kumush medalni qoʻlga kiritdi. Hindistonlik sportchilar 1920-yildan beri yozgi Olimpiya oʻyinlarida va 1964-yildan buyon qishki Olimpiya oʻyinlarida muntazam qatnashib keladi. Hindistonning chim ustida xokkey boʻyicha erkaklar milliy terma jamoasi 1928-yildan 1980-yilgacha oʻn bitta Olimpiya medalini qoʻlga kiritdi, shu jumladan uning 8 tasi oltin medal hisoblanadi. Hindiston tarixidagi yagona oltin medalni 2008-yilda Pekinda oʻq otish sport turidan Abhinav Bindra qoʻlga kiritdi. Qishki Olimpiya oʻyinlarida Hindiston birorta ham medal qoʻlga kiritmagan.
Hindiston sportchilari Hamdoʻstlik oʻyinlari Osiyo oʻyinlari, Chaxon chemponati va Osiyo chempionatlarida ham muntazam ishtirok etib kelishmoqda.
Chim ustida xokkey
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chim ustida xokkey – Hindistonning milliy oʻyini. XX asrning oʻrtalariga qadar Hindiston xalqaro chim ustida xokkey boʻyicha jahonda yqqol ustunlik qilar edi, 8 ta Olimpiya oltin medalini, 1975-yilgi Jahon chempionatini qoʻlga kiritdi, shuningdek , 1973-yilgi Jahon chempionatida finalchisi boʻldi. Hindistonlik eng mashhur xokkeychilardan biri Dhyan Chandni Yevropa matbuoti „sehrgar“ deb atagan. Vaholanki, Hindistonning chim ustidagi xokkey jamoasi hozirda dunyo reytingida 8-oʻrinni egallab turibdi.
Kriket
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kriket bugungi kunda Hindistonda eng mashhur sport turi hisoblanadi. Sachin Tendulkar, Sourav Ganguli, Sunil Gavaskar, Kapil Dev va Rahul Dravid kabi taniqli futbolchilar bunga katta hissa qoʻshdilar. Hindiston kriket jamoasi 1983-Kriket Jahon Kubogida gʻolib chiqdi va 2003-yil Kriket Jahon Kubogida ham finalchi boʻldi .
Futbol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbol Hindistondagi asosiy sport turlaridan biridir. Bu mamlakatda Britaniya mustamlakachiligi davrida paydo boʻlgan va mamlakatning baʼzi qismlarida u kriketdan kam boʻlmagan mashhurlikka erishdi. Hindiston oltmishinchi yillargacha Osiyoning eng kuchli jamoasi edi, lekin asta-sekin futbol saviyasi boshqa mamlakatlarga nisbatan pasayib ketdi va hozirda Hindiston futbol terma jamoasi FIFA reytingida 2020-yil 11-avgust holatiga koʻra 104-oʻrinni egallab turibdi[1]. Jamoaning asosiy yutuqlari – 1951-yil va 1962-yillardagi Osiyo oʻyinlaridagi gʻalabalar va Melburn Olimpiadasida toʻrtinchi oʻrin hisoblanadi.
Futboldagi oliy organ – Butun Hindiston futbol federatsiyasi (AIFF) hisoblanadi.
Tennis
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tennis shahar aholisi orasida mashhur sport turi. Eng yaxshi hind tennischilari – Leander Paes va Mahesh Bhupati juftlik va aralash juftlik bahslarida, shuningdek, Ramanatan Krishnan, Vijay Amritraj va Ramesh Krishnan sanaladi. Sania Mirza Hindistonning eng mashhur tennischilaridan biri boʻlib, WTA reytingining TOP 30 taligiga kiradi.
Shaxmat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hindiston shaxmatning vatani, shuningdek, shaxmat boʻyicha XV jahon chempioni Vishi Anandning tugʻilgan joyidir.
Basketbol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mamlakat hududida basketbol toʻplarini ishlab chiqaruvchi kompaniya – COSCO mavjud. 1894-yilda Dunkan Patton Hindistondagi birinchi jamoaga murabbiylik qila boshladi[2].
Ayollar basketboli
[tahrir | manbasini tahrirlash]2008-yil iyul oyida Hindiston va Moʻgʻuliston ayollar terma jamoalarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi (76:47). Birinchi boʻlimda 27:5 hisobi Hindiston foydasiga hal boʻldi. Gʻoliblar orasida eng yaxshi natijalarni 4-sonli sportchi Kavita koʻrsatdi – 24 ball, oldingi oʻyinlarda boʻlgani kabi, juda past (152 sm) Deepa, 6-sonli, yaxshi natija koʻrsatdi.
Erkaklar basketboli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hindistonning erkaklar sportida Hindiston milliy basketbol jamoasi eng muhim oʻrinni egallaydi. Koʻpincha bu jamoa Cagers sifatida tanilgan. Bu Hindiston Basketbol Federatsiyasi tomonidan boshqariladigan milliy terma jamoa. 1980—yilda Olimpiya oʻyinlarida qatnashib, 12-oʻrinni egalladi.
Snuker
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adita Mehta – Hindistonlik ikki professional snookerchilardan biri hisoblanadi.
Tank biatlon
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yosh sport mamlakatda juda tez mashhurlikka erishdi, 2014-yildan beri Xalqaro tank biatloni federatsiyasi shafeligida u tank biatloni boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etib kelmoqda. Ilgari ular T-72B3 tanklarida qatnashgan, 2017-yildan beri ular T-90 Bishma tankini olib kelishgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Menʼs Ranking 11-avgust 2022-yil
- ↑ „«Хронология баскетбола»“. 2008-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 30-noyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Hindistonda basketbol(ingl.) )
- Team Young Cagers (mavsum: 2007)(ingl.) )
- Hindiston Basketbol Federatsiyasi (Aloqa maʼlumotlari)(ingl.) (Wayback Machine saytida 2012-02-13 sanasida arxivlangan) ) (Wayback Machine saytida 2012-02-13 sanasida arxivlangan)
- NORTH WESTERN RAILWAY JAIPUR basketbol jamoasi (Hindiston-Milliy kubogi)(ingl.) )
- Hind futboli (rus. )