Kontent qismiga oʻtish

Hindiston Respublikasining tashqi siyosiy tamoyillari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hindiston tashqi siyosati haqidagi tamoyillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hindiston tashqi siyosati haqidagi tamoyillar hali u mustaqillikni qo‘lga kiritmasidanoq ishlab chiqildi. Uni ishlab chiqishda M.Gandining gandizm ta’limotida belgilangan qoidalar ham yetakchi ahamiyat kasb etdi. 1946 yilda J. Neru Hindiston xalqaro aloqalarning faol sub’ektlaridan biri bo‘lishi, o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, mustaqil tashqi siyosat olib borishini e’lon qildi. Bu keyinchalik mamlakatning tashqi siyosatini mustaqil olib borishiga zamin yaratdi. Hindiston Milliy Kongressining tashqi siyosati shu partiya ichki siyosatining bevosita davomi edi. Bu siyosatga J.Neru asos solgan bo‘lib, unga Gandining “kuch ishlatmaslik” g‘oyasi ham ta’sir o‘t kazgan edi. Neru gandizm g‘oyalari asosida tinch-totuv yashashning besh asosiy qoidasi - “pancha shila” (hind tilita - besh asosiy qoida)ni ishlab chiqdiki, ular quydagilardan iborat: davlatlarning hududiy yaxlitligi va suverenitetini o‘zaro hurmat qilish; bir-biriga hujum qilmaslik; bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik; tenglik va o‘zaro manfaatdorlik; tinch-totuv yashash.

Birinchi bor ushbu qoidalar 1954 yilgi Hindiston - Xitoy bitimida qayd etilgan bo‘lib, o‘sha vaqtdan beri xalqaro munosabatlar ama liyoti va mafkurasiga chuqur singib ketdi. Mazkur prinsiplar so‘zda emas, amalda Hindiston tashqi siyosatining zaminiga aylandi. Hindistonning tashqi siyosati tamoyillari va vazifalari quyidagilar: mamlakatning mustaqilligi uchun kurash paytidayoq, Milliy Kongress tomonidan ishlab chiqilgan edi. O‘sha paytdagi mamlakat oldidagi vazifalar guruhini quyidagilar tashkil etgan:

Hindiston iqtisodiyotida to‘liq erkinlikka erishish, uzoq muddatga mo‘ljallangan iqtisodiy rivojlanish, dunyo iqtisodiyotidagi globalizm jarayonlaridan Hindistonning ortda qolmasligini evolyusion yo‘l bilan ta’minlash, ichki bozorni milliy maxsulotlar bilan ta’ minlash orqali Hindistonning tayanch mamlakat sifatidagi rolini oshirish. O‘tgan asrning 70 yillarida Hindiston Janubiy Osiyoda yirik kuch sifatida yetkchilikni qo‘lga oldi. Mamlakat tashqi siyosati Janubiy Osiyoda uzoq muddatli xavfsizlikni ta’minlovchi kuch bo‘lishga asosiy e’tiborni qaratdi. U shu orqali jahon siyosiy sahnasida o‘zining ta’sirini oshirishga intildi. 1947 yildan boshlab Hindiston hukumati umumiy qurollanish poygasiga qarshi kurash, urush va to‘qnashuvlarni to‘xtatish uchun harakat qilgan bo‘lsa, Pokiston bilan siyosiy majarolarning keskinlashuvi uning bu yo‘nalishdagi harakatlariga to‘sqinlik qildi. Aynan 1947 yilning oktabr oyidan boshlab Pokiston Islom Respublikasi bilan harbiy to‘qnashuvlar boshlanib ketdi. Bu voqea mamlakat tashqi siyosatiga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Xususan, 1950 yillarda Hindiston tashqi siyosati agressiya, rasizm, kolonializm hamda qurollanish poygasining istalgan shakliga qarshi o‘tkazilgan xalqaro forumlarda faol ishtirok etib keldi. 1950-1980 yillarda Hindiston tashqi siyosatida quyidagi uchta yo‘nalish bo‘yicha yuritildi: Birinchidan, ikki qutb o‘rtasidagi keskinlikning kuchayishini oldini olish va ular bilan iliq munosabatlarni saqlab qolishga intilish. Ikkinchidan, Janubiy mintaqadagi rivojlanayotgan mamlakatlar bilan o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash. Uchin chidan, Janubiy mintaqada yetakchi davlat maqomini oshirib borish.

J.Neru ishlab chiqqan harbiy bloklarga qo‘shilmaslik g‘oyasi yuqoridagi qoidalarning bevosita davomi sifatida ko‘pchilik davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Hindiston boshqa mamlakatlarni o‘zi ga bo‘ysundirishga, ularning ichki ishlariga aralashishga hech qachon intilmadi, hamisha bosqinchilik qurbon larini himoya qildi. SHu boisdan uning tashqi siyosiy yo‘li rivojlanayotgan mamlakatlar uchun jozibali edi. Hindiston Bandung konferensiyasi va qo‘shilmaslik harakati tashabbuskorlaridan biri, aslida Neru mazkur harakatning “norasmiy rahbari” edi.

Ta’kidlash joizki, Hindistonning tashqi siyosati birinchi bosh vazir tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyil asosiga qurilgani, uni amalga oshirish jarayonida harbiy bloklarga qo‘shilmaslik va mustaqil suverenitetini ta’minlaydigan siyosati e’tiborga sazovordir.

Shu munosabat bilan jahon hamjamiyatida Hindiston o‘ziga xos tashqi aralashmaslik siyosatini olib boradi. SHuning uchun ham Hindiston mustaqilligining 60 yilligi davrida bu siyosat o‘zini oqlaganligi boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tajriba omiliga aylanib borganligi qayd etilgan. J.Neruning M.Gandi ta’limoti asosida ishlab chiqqan tashqi siyosatning bizning kungacha izchillik bilan davom etishi, “satyagraha” yo‘lining mamlakat xalqi va dunyodagi barcha tinchliksevar xalqlarning tub manfaat lari ga mos tushganligiga yaqqol dalildir. Hindiston o‘zining tinchliksevar tashqi siyosati tufayli jahonda eng obro‘li davlatlardan biriga aylangan, bunda albatta, M.Gandining xizmati, o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.

Mamlakatda ichki siyosiy masalalarni hal etishga J.Neru juda katta hissa qo‘shdi, tashqi ishlar vaziri sifatida u, Hindiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillarini amalga oshirdi, himoya qildi, qo‘shilmaslik asoslarini shakllantirish va hayotga tatbiq etishda shaxsan ishtirok etdi.

Qo‘shilmaslik siyosati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qo‘shilmaslik siyosati va harakatining muhim tamoyillari - bu suverenitet, chegaralarning dahlsizligi, davlatlar hududlarining butunligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish, davlatlar o‘rtasida hamkorlik va albatta, harbiy uyushmalarga qo‘shilmaslikdan iborat.

Britaniya mustamlakachilarining o‘ziga tobe bo‘lgan xalqlar ustidan hukmronlik qilishini M.Gandi adolatsizlik va shafqatsizlik deb qoraladi. Hindistonning ozodlik uchun olib borgan kurashini esa, tabiiy harakat deb hisobladi. Mustaqil Hindiston uchun Pokiston bilan bog‘liq muammolarni ikki tomonlama munosabatlar sohasidagi eng og‘riqli muammo bo‘ldi. Kashmir masalasi bu ikki davlat o‘rtasida talay mojarolarni keltirib chiqardi. Pokiston Hindistondagi musul monlar huquqini himoya qilib keldi. Hindiston sobiq Ittifoq bilan yaqinlashgan sharoitda Pokiston AQSH va Buyuk Britaniya madadiga tayandi.

1965 yil avgustda – sentabr oylarida Kashmir masalasida jiddiy qurolli to‘qnashuv sodir bo‘ldi. 1971 yil dekabrida keng ko‘lamli urush avj oldi. “Sovuq urush” sharoitida Hindiston g‘arb davlatlari bilan yaqin siyosiy aloqa o‘rnatmagan edi. Iqtisodiyot sohasida aloqalar rivojlangan bo‘lsa-da, xorijiy sarmoyalar Hindiston iqti sodiyotiga kam qo‘yilgan edi. G‘arb kreditlari yordamida asosan davlat korxonalari qurildi.

Sobiq Ittifoq rahbariyati Hindistonning chinakam “sotsialistik” evolyusiya yo‘lidan borishiga umid bog‘ladi. Shu bois, sobiq Ittifoq Hindistonga keng miqyosda texnik va iqtisodiy yordam ko‘rsata boshladi. 1991 yilda - sobiq Ittifoq qulagan davrga qadar uning ko‘magi bilan Hindistonda jami 90dan ortiq yirik sanoat korxonasi bunyod etilgan bo‘lib, yana 50 tasi qurilayotgan edi. “Sotsialistik Hindiston” haqidagi orzular amalga oshmagan bo‘lsada, Hindiston bilan do‘stona munosabatlar sobiq Ittifoqqa Janubiy Osiyoda o‘z ta’sirini o‘tkazish va rivojlanayotgan mamlalakatlarning xalqlari nazarida o‘z obro‘sini oshirish imkonini berdi. Hindiston o‘z tashqi siyosiy g‘oyalariga sadoqatini saqlab qolishga intildi. U sobiq Ittifoqning qurollanish poygasidagi ishtirokini tanqidiy baholab, 1968 yilda Chexoslovakiyaga bostirib kirishini qoraladi, Afg‘onistondagi qurolli bosqiniga salbiy munosabatda bo‘ldi. XX asrning 90 yillariga kelib, Hindistonning tashqi siyosatida G‘arbga moyillik aniq namoyon bo‘la boshladi.

Hindistonning shu siyosati yo‘nalishi tufayli mustaqillikka erishgan O‘zbekiston Respublikasi bilan ikki mamlakat o‘rtasida qadimgi munosabatlar asosida zamonaviy halqaro teng xuquqli sub’ekt sifatida do‘slik, hamkorlik, tinchlik munosabatlari yangicha bosqichda tashkil etilib, tobora rivojlanib bormoqda. Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasida 60 taga yaqin o‘zaro hamkorlik, do‘stlik, sarmoyalar kiritish, qo‘shma korxonalar tashkil etish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya kiritish kabi sohalardagi munosabatlar rivojlanib borayotgani ko‘riladi.

Ikki mamlakatning madaniyat, san’at va adabiyot sohalarida, turizm sohasida, ekologik muammolarning yechimini birgalikda topish yo‘nalishida, terrorizmga, diniy funtamentalizmga, aqidaparastlikka qarshi birgalikda kurash olib borish, zamonaviy ta’lim-tarbiya, bank va moliya tizimini rivojlantirishda o‘zaro kadrlar tayyorlash, axborot texnologiyasini yutuqlaridan foydalanishda o‘zbek-hind munosabat lari, ayniqsa, jahonning boshqa olimlar qatorida o‘zbekistonlik olimlar bilan hindshunoslikni yanada chuqurroq o‘rganish lozimligi to‘g‘risida va boshqa muammolar to‘g‘risida konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlarni muntazam o‘tkazishda hind olimlarining faolligi va o‘zbek olimlari bilan hamkorligi rivojtanayotganligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Hindiston va O‘zbekiston o‘rta sidagi keng miqyosli munosabatlarni yanada chuquroq va har tomon lama o‘rganish uchun umumiy va o‘ziga xos xususiyatli konsepsiya ishlab chiqish vazifasini hal etish lozim. Chunki, Hindiston bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar bir-biriga uzviy, tarixiy, madaniy, iqtisodiy, savdo va san’at sohalarida chuqur bog‘langanligi, hindshunoslik taraqqiyotlarini yanada chuqurlashtirishni talab etadi.

Keyinchalik, Indira Gandi hukumati Dj.Neruning betaraflik siyosatini davom ettirib, xalqaro maydonda Osiyo va Afrika mamlakatlariga qilingan imperialistik agressiyalarni qoraladi.

Mahatma Gandi ta’limotining Hindiston tashqi siyosatiga ta’siri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bugungi globallashuv jarayonlarida dunyo geosiyosatida qo‘shil maslik harakati xalqaro munosabatlarning tarqaqqiyot mahsuli. Eslab o‘tish joizki, uning paydo bo‘lishiga ikki omil: dunyoning ikki qarama-qarshi ijtimoiy-iqtisodiy tizimdagi davlatlarga ajralishi hamda xalqaro munosabatlarda mustaqil rol o‘ynayotgan yuzga yaqin davlatlarning paydo bo‘lishi sabab bo‘ldi. Qo‘shilmaslik harakatining tashkil topishida bu ikki omil qatorida tashqi siyosiy omillar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchi jahon urushi tugashi bilan yirik davlatlar “sovuq urush”ni boshlab yuborishdi. Natijada, SHimoliy Atlantika paktiga o‘xshagan bir qator harbiy-siyosiy bloklar tuzildi.

Mamlakat mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng, M.Gandi shogirdi Javoharla’l Neru xalqaro miqyosdagi qo‘shilmaslik siyosati va harakatining ilk yaratuvchilaridan biri bo‘ldi. Hozir 6u harakat zamonamizning xalqaro munosabatlaridagi muhim omilga aylanib, unda Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi 120 dan ortiq mamlakat faol qatnashmoqda. 1983 yil martda Dehlidagi anjumanda qo‘shilmagan davlatlar va mamlakatlar hukumat boshliqlarining Indira Gandini bu harakat raisi sifatida saylashi Hindiston Respublikasining qo‘shilmaslik harakatidagi ulkan va hayrli rolini e’tirof etishdir.

SHuningdek, Jahon Tinchlik Kengashining raisi lavozimiga Hindiston vakili Romesh Chandraning loyiq topilishi ham tasodifiy hol bo‘lmay, balki Hindiston Respublikasi hukumati va xalqining dunyodagi tinchlik ishiga qo‘shayotgan salmoqli hissasi barcha mam lakatlar xalqlari tomonidan yuqori taqdirlanganidan dalolat beradi. SHunday bir vaziyatda dastlab, qo‘shilmaslik konsepsiyasi, so‘ngra qo‘shilmaslik kursi va nihoyat qo‘shilmaslik tashqi siyosiy tamoyili vujudga keldi. Ushbu harakat tamoyillarini ishlab chiqishda va ularni amalga tadbiq etishda Hindiston Bosh vaziri Javoharla’l Neru, Misr Arab Respublikasi Prezidenti Jamol Abdul Nosir ulkan hissa qo‘shganlar. Ushbu harakatning eng muhim tamoyillari Osiyo va Afrika mamlakatlarining Bandung (Indoneziya, 1955 yil aprel) kon ferensiyasida ta’rif etilgandi. Bular – suveren tinchlik, suverenitetga xos huquqlarni xurmat qilish, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid etmaslik, chegaralar dahlsizligi, davlatlar hududlarining butunligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish, tinchlik va xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi, davlatlar o‘rtasida hamkorlik, halqaro huquq majburiyatlarini vijdonan bajarishdan iborat.

Qo‘shilmaslik harakati siyosatining va falsafasining yara tuvchilaridan biri M. Gandi xalqlarning moddiy farovonligini faqat tinchlik sharotida bunyodga keltirish mumkin, deb bir necha bor uqtirgan edi. Tinchlik – bu faqat urushdan xoli bo‘lish emas, balki davlatlarning o‘zaro hamkorligi hamdir. Hindiston va shu kabi dav latlar xalqaro miqyosda muhim rol o‘ynash uchun hech qanday harbiy blokka qo‘shilmasligi kerak, degan edi. Hindiston tashqi siyosatining asoschisi J.Neru bizlar hech qanday qarama-qarshi lagerga qo‘shil maymiz va har qanday harbiy ittifoqqa qarshimiz, degan edi. Biz qo‘shilishni istagan yakkayu-yagona blok – tinchlik blogi hisoblanib, unda iloji boricha ko‘proq davlat ishtirok etishi lozim. Qo‘shilmalik siyosatining asosi va mazmunini birinchi marta J.Neru 1947 yil 4 dekabrda Hindiston ta’sis majlisida ta’riflagan edi. “Bizning dav rimizda, - degandi u, - tashqi siyosatning mohiyati bitta umumiy savolga borib taqaladi: “Kim qaysi guruhga mansub?”. Bu albatta, masalani nihoyatda soddalashtirib ko‘rsatishdir... . Biz esa, tashqi siyosatda o‘zimizni birorta tomon bilan bog‘lab qo‘ymaslikka intildik va bir xalqaro masalani mohiyatiga o‘z shaxsiy fikrimiz bilan hal etishga tirishamiz.

Haqiqatdan ham, qo‘shilmalik siyosati J.Neru ta’kidlaganidek, tashqi siyosat muammolarini yechishda umumiy tinchlik va xavfsizlikni ta’minlagan holda ko‘zlangan maqsadga yetishda bloklarga qo‘shilmay mustaqil ravishda harakat qilishdan iborat. J.Neru shu bilan birga Hindiston har bir davlat bilan do‘st bo‘lib qolishi, mamlakat oldida turgan vazifalarni iloji boricha do‘stlik sharoitida bajarishga harakat qilishi lozimligini uqtirgan edi. Qo‘shilmagan davlatlarning Lusakada qabul qilingan deklaratsiyasida (1970 yil sentabr) qo‘shilmalik siyosati mustaqil mamlakatlarning milliy suvereniteti va xalqlarning qonuniy huquqlarini himoya qilish natijasida paydo bo‘lganligi ko‘rsatilgan.

1947 yildayoq Hindiston hukumatining rahbari “Men yaqin orada, aytaylik 2-3 yildan so‘ng dunyo qo‘shilmaslik pozisiyasini ma’qul ko‘rishiga ishonaman va hozirda kuchsiz bo‘lgan talaygina kichik davlatlar bu masalada ehtimol Hindistondan o‘rnak olsalar kerak”,-degandi. Natijada, “sovuq urush” J.Neru aytgan ana shu jarayonlarni yanada tezlatdi.

Uzoq davr mobaynida qo‘shilmaslik siyosati mustaqillikni qo‘lga kiritgan davlatlarning ulkan umumdemokratik xalqaro birlashmasiga aylandi. Agar qo‘shilmagan davlatlarning 1961 yil sentyabrda Belgradda bo‘lgan I konferensiyasida 25 mamlakat vakillari ishtirok etgan bo‘lsa, 1983 yilda Dehlida bo‘lib o‘tgan VII konferensiyasida 101 mamlakatdan deligatsiyalar ishtirok etdi. Bu albatta, qo‘shil maslik harakati xalqaro siyosatning muhim faktoriga aylanib, dunyo voqealari taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatganligining dalilidir.

1947 yilda qo‘shilmagan mamlakat faqat Hindiston hisoblangan bo‘lsa, bu harakat tobora kengayib, mustaqkamlanib, Yevropa, Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlariga yoyildi va 20 asr so‘nggida qo‘shilmaslik harakati bir yarim milliard aholiga ega 120dan ortiq mamlakatni qamrab oldi, son jihatdan BMTdan ikkinchi o‘ringa chiqdi. Yana shu narsa diqqatga sazovorki, 1947 yildan buyon birorta mamlakat bu harakatdan chiqishi haqida arz qilgani yo‘q. Qo‘shil maslik harakatida ishtirok etayotgan davlatlar jahondagi barcha ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy tuzumdagi davlatni o‘z ichiga oladi. Bu harakatda monarxiyadan tortib, bozor munosabatlarida bo‘lgan dav latlar qatnashganligini ko‘rish mumkin. Jumladan, uning tarkibida Mo‘g‘uliston, Vetnam Sotsialistik Respublikasi, Kampuchiya Xalq Respublikasi, Laos Xalq Respubilkasi kabilarni sanab o‘tish mumkin. Qo‘shilmasilik harakatining son jihatdan o‘sishi bilan birga uning mazmuni va mohiyati ham katta ahamiyat kasb etadi. Bu harakat alohida davlatlar yig‘indisidan iborat bo‘lib qolmay, balki shu dav latlarning tarixiy, ma’naviy, madaniy negizlarining umumiyligidan ham kelib chiqadi. Qo‘shilmaslik harakatidagi mamlakatlar o‘tmishja chet el zulmidan jafo chekib, yaqin yillarda mustaqillikni qo‘lga kiritgan davlatlar bo‘lgan.

20 asr so‘nggida bloklarga qo‘shilmaslik g‘oyasi Osiyo va Afrikadagi talaygina mamlakatlar tashqi siyosiy faoliyatiga asos qilib olindi.

Harbiy bloklarda qatnashmaslik, tinch-totuv yashash, teng huquq asosida iqtisodiy hamkorlik qilish ana shu mamlakatlar qo‘shilmaslik siyosatining asosiy tamoyillaridir. Mazkur mamlakatlarning rahbarlari bunday siyosat neytrallik siyosati bilan hech qanday hech qanday aloqasi yo‘qligini bildirganlar. M.Gandi ham ozodlik yoki adolat xavf-xatar ostida qolgan joyda yoki agressiya vujudga kelgan taqdirda biz neytral bo‘la olmaymiz va bo‘lmaymiz ham, - deb ta’kidlagan edi. O‘sha paytda aytilgan bu so‘zlar qo‘shilmaslik harakatining negizini tashkil etib, uning shioriga aylangan.

Qo‘shilmaslik siyosati amalda tinch-totuv yashash tamoyillarini faol ravishda hayotga tadbiq etishdan, ijobiy, foydali va bir maqsadga yo‘nalgan siyosatdan iboratdir. Qo‘shilmaslik siyosatining ijobiy tomoni shundaki, u o‘z mohiyati bilan aksil mustamlakachilik maz munga ega bo‘lib, irqchilikka qarshi maqomda turadi. Qo‘shilmagan davlatlarning Belgraddagi 1 konferensiyasida (1961 yil senyabr) so‘zlagan ma’ruzasida J.Neru: “Qo‘shilmaslik iborasini har xil tu shunish mumkin, ammo u asosan “buyuk davlatlarning harbiy blok lariga qo‘shilmaslik” ma’nosini anglatadi. Bu so‘z harbiy maqsadlarda tuzilgan harbiy bloklarga, harbiy ittifoqlarga kirmaslik degan ma’noni bildiradi. SHuning uchun biz bunday guruhlardan chetda turamiz va ozmi-ko‘pmi o‘z obro‘ – e’tiborimizni tinchlik manfaatlariga bo‘ysundirishni istaymiz”, – degan edi.

Qo‘shilmaslik va betaraflik siyosati o‘rtasida muhim farq mavjud. “Neytralilet” maqomi asosan urush davri va urush sharoitiga nisbatan qo‘llanilib, urush qilmaslikni ifoda etadi, qo‘shilmaslik harakati tinchlik davrida va tinchlik sharoitida paydo bo‘lgan va uning maqsadi urushning oldini olish, uni bartaraf etish uchun faol harkat qilishdir. I.Gandi “qo‘shilmaslik tamoyili – bu ro‘y berayotgan voqea va hodisaga nisbatan befarq qarash emas, balki ular haqida mustaqil fikr yuritish va harakat qilishdir”, – degan edi.

Haqiqatan ham rivojlanayotgan mamlakatlar insoniyatni bezovta qilayotgan barcha masalalarga beparvolik va loqaydlik bilan qaray olmaydilar. Ma’lumki, har bir davlatning tashqi siyosati uning ichki siyosati bilan chambarchas bog‘langan. Hind xalqining buyuk farzandi M.Gandi Hindiston o‘z oldiga qo‘ygan orzu-umidlarni faqat tinchlik sharoitida ro‘yobga chiqarish mumkin, deb bir necha bor uqtirgan edi. Hinidstonning tinchlik va xalqlar xavfsizligi ideallariga amal qilishi uning tashqi siyosatining mustahkam negizini tashkil etadi. “Bizning tinchlikka da’vatimiz, - degan edi I.Gandi Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining XXXVIII sessiyasida, o‘zimizning faqat xolis tilagimizni bayon qilishdan iborat bo‘lmay, tinchlikning hayotiy zarurat ekanligidir. Chunki, mavjud qurol-aslaha umuman insoniyatni tor-mor qilish tahdidini solmoqda. Bugungi tinchliksiz ertangi hayot yo‘qdir. Barcha mamlakatlarda tobora ko‘proq odamlar dahshatli qurol jamg‘armasi qanday oqibatlarga duchor qilishini tushungani sari, uning siyosiy e’tiqodidan qat’iy nazar, tinchlik uchun kurash kengaymoqda va rivoj topmoqda. Biz tinchlik uchun kurashni avj oldirgan taqdirdagina omon qolishimiz mumkin”.

Hindistonning jahon maydonidagi roli tobora oshib borayo tganligi asrlar davomida birovlar siyosatining ob’ekti bo‘lib kelgan xalqlar bizning davrimizda xalqaro hayotning haqiqiy ishtirokchisi va ijodkoriga aylanganligini ishonarli tarzda isbotlovchi dalildir. Hindiston bloklarga qo‘shilmaslik harakatiga asos soldi, bu hara katning ijobiy ta’moyillari shakllanishiga ko‘maklashdi, bloklarga qo‘shilmagan mamlakatlarga hind hukumati rahbarlari jahon siyo satining eng muhim masalalarini, xalqaro muammolarni tinch yo‘l bilan hal qilishga, jaqonning hamma joyida osoyishtalik va barqarorlik o‘rnatish ishi ga rivojlanayotgan mamlakatlarning konstruktiv hissa qo‘shishlariga ko‘p jihatdan yordam berdi.

1983 yil martida Hindiston poytaxti Dehlida qo‘shilmagan mamlakatlar VII konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Dehli anjumani xalqaro vaziyat nihoyatda chigallashgan, imperialistik davlatlarning qo‘shilmagan mamlakatlar ichki ishiga aralashuvi avjiga chikqan, bu harakat qatnash chilarining ichida ayrim mamlakatlar shu harakat tamoyillariga rahna solgan (masalan, Pokiston tashqi siyosatda militarizmga yuz tutib, AQSH bi lan harbiy shartnoma tuzgan) bir sharoitda o‘tdi.

Kuba davlat kengashi va Vazirlar mahkamasining raisi F. Kastro VII konferensiya ochilishi marosimidagi nutqida Vashingtonning militaris-tik kursini, uning haqlaro keskinlikni kuchaytirishga qara tilgan siyosatini qattiq qoraladi. Prezident Reygan harbiy ustunlikka ega bo‘lish niyatida urush xavfini keskin ravishda kuchaytirar ekan, yadro halokatidan xalos bo‘lishning yakkayu-yagona yo‘li-bu kurashishdir, deb hisobladi.

Dexush anjumanida Hindiston delegatsiyasi qo‘shilmagan mamlakatlar iqdisodiy strategiyasida o‘z faoliyatlarini uch sohada kuchay tirishlari zarur degan taklifni kiritdi. Birinchidan, xalqaro ikdisodiy munosabatlarni tubdan o‘zgartirish maqsadida global muzokaralar boshlash, ikkinchidan, bu muzokaralar boshlanishini kutmasdanoq juda mushkul masalalarda zudlik bilan qator dasturlarni amalga oshirish (jumladan, tashqi qarzlarni to‘lash shartlarini yengillatish, ilg‘or industrial mamlakatlar bozorida har xil to‘siqlarni kamaytirish, qishloq, xo‘jalik taraqqiyoti uchun kerakli mablag‘ larni safarbar etishga yordam berish, energetika resurslarini ishlab chiqarish), eskirib qolgan moliya-kredit tizimi islohotini o‘tkazish maqsadida keng xalqaro konferensiyani chaqirish; nihoyat, uchinchidan, rivoj lanayotgan mamlakatlar ko‘proq o‘z kuchi va imkoniyatiga tayana digan tamoyilni o‘rnatishi va o‘zaro hamkorlikni faollashtirishi lozim. Hindistonning bu taklifi konferensiya tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi. Konferensiya raisi I. Gandi xalqaro iqtisodiy tizim tanazzul yoqasiga kelib qolganligini, insoniyat esa yadro urushida qirilib ketish xavfi ostida turganligini, xalqlarimiz uchun yaxshiroq turmush yaratib berish rejalari yalpi tinchlikni ta’minlashga va qurollanish poygasini jilovlashga bog‘liq bo‘lib qolganligini yana bir bor ta’kidlab o‘tgandi.

Konferensiya qatnashchilari Yer kurrasidagi nihoyatda xavfli hududlarga-Yaqin Sharq, Janubiy Afri ka va Markaziy Amerikaga katta e’tibor berdilar. Ular Falastin ozodlik tashkiloti ijroiya qo‘mitasi rahbari Yasir Arafatning Indira Gandi raisligida Falastin muammosi buyicha maxsus qo‘mita tuzish haqidagi taklifini qabul qildilar.

Konferensiya ikki qismdan iborat muhim hujjat siyosiy va iqdisodiy deklaraqiyani qabul qildi. Qo‘shilmaslik siyosatining mohiyati, – deyiladi siyosiy deklaratsiyada, – imperializm, kolonializm, neokolonia lizm, irq chi lik va aparteid, shu jumladan sionizmga qarshi hamda tashqi agressiyaning barcha shakllariga qarshi kurashdan iboratdir. Iqtisodiy deklaratsiyada tenglik va adolat asosida qurilgan yangi iklisodiy munosabatlarni o‘rnatish lozimligi qayd qilinadi. Konferensiya yakunida «Dexush murojaati» qabul qilinib, unda zamonamizning bosh vazifalari tinchlik va tinch-totuv yashash, qurolsizlanish va taraqqiyotga erishishdan iboratligi ko‘rsatilgan. Umuman, Dehli anjumanining ishi natijasidan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:

- qurollanish poygasi zo‘rayayotgani insoniyatni halokatga olib kelish xavfini anglash, unga zudlik bilan bardam berish zarurligi va birinchi galda yangi qirg‘in qurollarini ishlab chiqarish va yoyishni to‘xtatish;

- umumiy xavfsizlik maqsadida Yer kurrasida yad ro qurolidan xoli bo‘lgan hududlarni vujudga keltirish, ayniqsa xavfli bo‘lgan hind okeanini va boshqa regionlarni tinchlik hududiga aylantirish;

- milliy ozodlik harakatini mustaqkamlash va huquqlari poymol qilingan Falastin, Janubiy Afri ka respublikasi, Namibiya va boshqa xalqlarning huquqlarini tiklash; Yaqin va O‘rta SHarqda, Afrikaning janubida va Markaziy Afrikada adolatli tinchlikni barpo etish.

Qo‘shilmaslik harakati ishtirokchilari tarkibi jihatidan har xil bo‘lishiga, ular ichida turli darajada taraqqiy etgan va siyosiy-iqtisodiy tuzumi turlicha bo‘lgan mamlakatlar mavjud bo‘lishiga qaramay, uning negizini aksilimperializm va irqchilikka qarshi kurash, tinchlik, taraqqiyot, tenglik tashkil etadi.

Konferensiyada ba’zi kimsalarning qo‘shilmaslik harakati barbod bo‘ladi degan umidlarini puchga chiqqangi, hamma mamlakat va xalqlarning tinchlik, taraqqiyot, tenglik uchun birgalikda ish ko‘rishi va kurashishi lozimligi haqida barchaning fikri bir ekanligi yana bir bor ta’kidlandi.

AQSH ma’muriyati Dehli konferensiyasidan so‘ng, maxsus bayonot e’lon qilib, unda anjumanda qabul qi lingan muhim va jiddiy yakunlovchi hujjatni kamsitmoqchi bo‘ldi. Qo‘shilmagan mamlakatlar VII konferensiyasi ochilishi arafasida Reygan ma’muriyatining Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi Amerika elchixonalariga yuborilgan va “Kirpatrik rejasi” nomini olgan hujjatda, jumladan xilma-xil qo‘poruvchilik ishlari o‘tkazish yo‘li bilan qo‘shilmaslik harakatini parchalab tashlash zarurligi ta’kidlangan edi. Tazyiq o‘tkazish vositalari sifatida rivojlanayotgan mamlakatlarga qarshi kuch ishlatish bilan do‘q qilishdan tashqari, iqtisodiy yordam bermaslik, kreditlar, boj sohasidagi to‘siqlar qo‘yish, oziq-ovqat yordamini yetkazib bermaslik va shu kabilardan foydalanish taklif qilingan edi.

Aynan qo‘shilmaslik harakatining bunday asosda kuchayib borishiga J.Neruning tinchlikni saqlash yo‘llarini izlovchi tolmas inson sifatidagi alohida xizmati sabab bo‘ldi. U juda ko‘p davlatlarga tashrif buyurdi, o‘sha yerlardaga davlat rahbarlari bilan muhim muzokaralar olib bordi. Birlashgan Millatlar tashkiloti Assambleyalarida Hindiston delegatsiyalariga rahbarlik qildi, muhim xalqaro konferensiyalar va majlislarda o‘z mamlakatining namoyondasi sifatida ishtirok etdi. U umumiy va batamom qurolsizlanish, yadro qurolini ta’qiqlash, davlatlararo mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etishishni yoqchab chikdi. Neru ko‘plab Osiyo va Afrika mamlakatlarining tashqi siyosatida yangi davr ochgan tarixiy Ban dung konferensiyasining tashabbuskorlari va asosiy ishtirokchilaridan biri edi.

O'zbek tilida:

1.Бойназаров Ф. Қадимги дунё тарихи. Дарслик. 2004.

2. Лафасов М. Жаҳон тарихи (1918-2008). –Т., 2010.

3. Ғофуров А. Ҳиндистон. ФарДУ. 2009.

Rus tilida:

1.Васильев Н. История Востока. 1-2 том. М., 2004.

2. Вигасин А., Дандомаев М. История Древнего Востока. -М., 2001.

3. Новейшая история стран Азии и Африки. ХХ век. -М., 2000.

Hind tilida:

1/\. शैलेन्द्र सेंगर “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक:अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर डिस्ट,२००५

रोमिला थापर “भारत का इतिहास” प्रकाशक:राजकमल प्रकाशन,२००८

2. विपिन चन्द्र “आधुनिक भारत का इतिहास” प्रकाशक:ओरिएंट ब्लेकस्वान,२००९   

3. द्दिजेन्द्र्नारायण झा ओर श्रीमाली “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: हिंदी माध्यम कार्यन्वय निदेशालय दिल्ली विश्वविधालय,२०१५  

4. मानिक लाल गुप्त “मध्यकालीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर दिस्त्रिबुतोर्स पवत ल्टड ,२००२

Urdu tilida:

.6ڈاکٹر مبارک علی  "جدید تاریخ"،  فکشن ہاؤس ،لاہور ، ٢٠٠١

.7محمد علی چراغ  "تاریخ ِ پاکستان "  سنگ ِ میل ،  ٢٠١٢

.8  رماشنکرترپاٹھی  "قدیم ہندوستان کی تاریخ " ، قومی کونسل براۓ  فروغ  اردو زبان ، نئی دہلی ، ١٩٩٨   مترجم :سید سخی حسن نقوی

.9 شیخ محمد رفیق  مسعود حیدر بخاری ڈاکٹر  عصمت نانر  "تاریخ ِپاکستان و ہند "، مسلم دو حکومت ، عہد سلاطین ، نئی دہلی ٢٠٠٠

پاتھی "تاریخ ِ قدیم ہندوستان " نگارشت پبلش.10

11.ڈاکٹر مبارک علی  "تاریخ اور آج کی دنیا "، فکشن ہاؤس ،لاہور ٢٠٠٥

.12 ڈاکٹر مبارک علی  "بر صغیر میں تاریخ نویسی کے رجحانات "، پاکستان  اسٹڈی سینٹر جامعہ کراچی ٢٠٠٧

.13   محمد علی چراغ  "پاکستان : تاریخ ، جمہوریت ، سیاست "، مکتبہ جدید ٢٠١٠

.14مولانا ابو ا لکلام  آزاد  "آزادی ہند " ، مکتبہ جمال ،لاہور ٢٠٠٣

Ingliz tilida

1.Avari Burjor. Islamic Civilization in South Asia: A History of Muslim Power and Presence in the Indian Subcontinent, Routledge, 2013.

2. Faruqui Munis D. The Princes of the Mughal Empire (1504-1719), Cambridge University Press, 2012.

3. Gandhi M.K. Hind Swaraj or Indian Home Rule, Ahmedabad: Navajivan Publishing House, 2014.

4. Nazir Ahmad Chaudhry. Harappa. Sang-e-meel Publications, Lahore, 2002.

5. Hameed.  Political Role of Religious Communities in Pakistan. Policy Research Institute.  Islamabad, Pakistan, 2008.

6. Afzal Husain. The nobility imder Akbar and Jahangir. A study of Family Groups. -New Delhi, 1999

7. Ali K. A new history of Indo-Pakistan (up to 1526) Karachi, 1993.

8. Burton Stein. A history of India, -Wiley-blackwell, 2010

9. Hermann Kulke, Dietmar Rothermund. A history of India, -London and New York, 2002

10.Mahmood T. The Durand line: South Asias next trouble spot. Monterey.: Naval Postgraduate School, 2005.

11. Peter Lyon. Conflict between India and Pakistan, -Oxford, 2008

Davriy nashrlar:

Bajpai Sh. K. Untangling India and Pakistan // Foreign Affairs. 2003. - Vol. 82. -№ 3. - P. 112-128.

2. Burns R.N. America's Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.

3. Burns R.N. America's Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.

4. Kashmir Dispute: Background // The Ministry of Foreign Affairs of Pakistan. URL: http://www.mofa.gov.pk/Pages/Brief.htm