Fundamentalizm
Fundamentalizm — keng maʼnoda — muayyan taʼlimot aqidalarining oʻzgarmasligini eʼlon qiladigan, eʼtiqodni aql dalillaridan ustun qoʻyadigan, ilohiy kitoblardagi vahiy qaysi maʼnoda bayon etilgan boʻlsa, shu maʼnoda qabul qilinishini talab etadigan, ayni vaqtda ularni majoziy maʼnoda talqin etishga har qanday urinishlarni rad etadigan, din asoslarini ogʻishmay bajarishni qattiq talab qiladigan ijtimoiy, mafkuraviy, diniy yoʻnalishlar. Tor maʼnoda — protestantizmdagi ortodoksal oqimlar. 1910-yillarda AQShning jan. shtatlarida paydo boʻlgan. Ular xristianlikning anʼanaviy aqidalariga, ayniqsa, Bibliyaning mutlaqo mukammalligiga ishonchni mustahkamlashni, uni soʻzmasoʻz sharhdashga qatiy rioya qilishni talab qiladilar. 1919-yil Filadelfiyada Jahon xristian fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solindi.
20-asrning 70-yillaridan F. soʻzi islomga nisbatan qoʻllanila boshlandi. Islom F.i Qurʼon va hadislarni soʻzmasoʻz talqin etish va ilk islomga qaytishni targʻib qiladi.
Abulhasan Nuriymon.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |