Hassoumi Massaoudou
Hassoumi Massaoudou | |
---|---|
Niger prezidenti vazifasini bajaruvchi | |
Mansab davri 2023-yil 27-iyul (bu maʼlumot Vatanni himoya qilish Milliy kengashi tomonidan inkor qilingan) – hozirgacha | |
Prezident |
Muhammad Bazoum, hozirda de-fakto oʻzi |
Oʻtmishdoshi | Muhammad Bazoum |
Niger tashqi ishlar vaziri | |
Mansab davri 2021-yil 3-aprel – hozirgacha | |
Oʻtmishdoshi | Ibrahim Yacouba |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1966-yil 22-oktyabr Birni N'Gaouré, Niger |
Siyosiy partiyasi | Niger demokratiyasi va sotsializmi uchun partiyasi |
Hassoumi Massaoudou (talaffuzi: Hassumi Massaudu; 1957-yil 22-oktyabrda tugʻilgan) — Niger siyosiy arbobi. 2013–2016-yillarda va 2021-yildan hozirgacha Niger tashqi ishlar vaziri. 2023-yilgi Nigerdagi davlat toʻntarishidan keyin oʻzini Niger prezidenti vazifasini bajaruvchi deb eʼlon qilgan.
Siyosiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Massaoudou 1990-yilda Mahamadou Issoufou boshchiligida tuzilgan Niger demokratiyasi va sotsializmi uchun partiyasi asoschilaridan biri. 1990-yilning 23–24-dekabr kunlari partiyaning taʼsis kengashida Hassoumi Massaoudou partiyaning matbuot va tashviqot kotibi etib tayinlangan. Nigerda 1993-yil boʻlib oʻtgan ilk koʻppartiyaviy saylovdan keyin Mahamadou Issoufou boshchiligida koalitsion hukumat tuzilgan. Massaoudou aloqa, madaniyat, yoshlar va sport vaziri sifatida ushbu hukumat aʼzosiga aylandi. U 1994-yilning sentyabrida Mahamadou Issoufou bosh vazirlikni tark etguniga va partiya koalitsiyadan chiqquniga qadar mazkur lavozimda ishlab turdi. 1994-yilning 5-oktyaprida Nigerda yangi hukumat tuzildi.
1996-yilda Ibrahim Baré Maïnassara tomonidan harbiy toʻntarish amalga oshirilgach, oʻsha yilning 13-iyul kuni Hassoumi Massaoudou hibsga olingan, hibsda u jismoniy va ruhiy qiynoqlarga solingan.
Massaoudou 1999-yil noyabrdagi parlament saylovida Milliy kengashga saylangan va keyingi saylovgacha parlament guruhining prezidenti vazifasini bajargan. 2004-yilda u Niger demokratiyasi va sotsializmi uchun partiyasi bosh kotibining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Massaoudou 2011-yilgi prezidentlik saylovida Mahamadou Issoufouning saylov kampaniyasini boshqargan. Issoufou saylovda yutib, 2011-yilning 7-aprelida oʻz lavozimiga kirishgan kundan Hassoumi Massaoudouni prezident kabineti direktori lavozimiga tayinlagan.
Hassoumi Massaoudou prezident kabineti direktori vazifasida ikki yildan ortiq ishlagach, 2013-yilning 13-avgustida ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi. Issoufou ikkinchi muddatga saylangach, 2016-yil 19-oktyabrda siyosatchi milliy mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi. Olti oy oʻtib, 19-oktyabrda u moliya vaziri lavozimini egalladi.
2023-yilgi Nigerdagi davlat toʻntarishidan soʻng Massaoudu prezident Muhammad Bazoum tarafida qoldi va prezidentni toʻntargan harbiy xuntani tanqid qildi. Toʻntarishdan keyin, 2023-yilning 27-iyulida Hassoumi Massaoudou oʻzini davlat rahbari vazifasini bajaruvchi sifatida eʼlon qildi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Niger soldiers declare coup on national TV“. BBC News (2023-yil 26-iyul). Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.