Abdurahmon Tchiani
Abdurahmon Tchiani | |
---|---|
Vatan himoyasi Milliy kengashi Raisi | |
Mansab davri 2023-yil 26-iyul – hozirgacha | |
Prezident |
Muhammadu Issufu Muhammad Bazoum |
Oʻtmishdoshi |
lavozim joriy etilgan Muhammad Bazoum (Niger prezidenti sifatida) |
Niger prezidenti gvardiyasi qoʻmondoni | |
Mansab davri 2015-yil | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1960 yoki 1961-yil Tillabéri, Niger |
Mukofotlari |
|
Mansubligi |
Niger Vatan himoyasi Milliy kengashi Raisi |
Harbiy unvoni | General |
Ishtirok etgan mojarolari |
Nigerdagi davlat toʻntarishiga urinish (2021) Nigerdagi davlat toʻntarishi (2023) |
Abdurahmon Tchiani yoki Chiani (shuningdek Omar Tchiani, arabcha: عبد الرحمن تشياني, fransuzcha: Abdourahamane Tchiani; 1960 yoki 1961-yil tugʻilgan) — Niger armiyasi generali va Niger prezidenti gvardiyasi qoʻmondoni[1]. U 2023-yil Niger prezidenti Muhammad Bazoumni hibsga olish orqali uyushtirilgan davlat toʻntarishida asosiy shaxs sifatida tanilgan[2].
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdurahmon Tchiani (shuningdek Abdurahmon Chiani, Omar Chiani, Omar Tchiani) 1960-yil (boshqa manbalarga koʻra 1961-yil) tugʻilgan boʻlib, uning aniq tugʻilgan kuni nomaʼlum. Ayrim OAV maʼlumotlariga koʻra u Nigerning Tillabéri viloyatidan[3].
2015-yilda Tchiani Niger prezidenti gvardiyasi qoʻmondoni vazifasiga tayinlangan. Oʻsha paytda u prezident Muhammadu Issufu bilan ittifoqdosh boʻlgan. Abdurahmon Tchiani 2018-yilda general unvonini olgan[3].
U 2021-yilda davlat toʻntarishiga qarshi harakatlarni boshqargan. Shundan bir necha kun oʻtib Issufu prezidentlikdan ketib, bu lavozimni demokratik yoʻl bilan saylangan Muhammad Bazoumga boʻshatib bergan, Tchiani esa oʻz lavozimini saqlab qolgan[3].
Tchiani 2023-yilning 26-iyulida yuz bergan davlat toʻntarishi paytida prezident qoʻriqchilari boshligʻi lavozimini egallab turgan. Ushbu voqealar vaqtida Tchiani jamoatchilikka koʻrinmagan lekin norasmiy maʼlumotlarga koʻra davlat toʻntarishini aynan u boshqarib turgan (sharhlovchilarga koʻra Bazoum Tchianini oʻldirishni rejalashtirgan)[4].
2023-yilning 28-iyulida Tchiani davlat televideniyesi orqali chiqish qilib, oʻzini Vatanni himoya qilish Milliy kengashining prezidenti deb eʼlon qildi. Uning aytishicha toʻntarish davlatni „asta-sekin va muqarrar oʻlim“dan asrab qolish uchun amalga oshirilgan va Bazoum bu achchiq haqiqatni yashirishga uringan. Abdurahmon Tchiani mamlakatning xavfsizlik strategiyasi samarasizligini tanqid qilgan ammo fuqarolik boshqaruvi qachon qayta oʻrnatilishini maʼlum qilmagan[5][6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Sey, Abdoulie „Omar Tchiani: Who is the General spearheading Niger's coup?“ (en-US). APAnews - African Press Agency (2023-yil 26-iyul). Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
- ↑ Aksar, Moussa. „Niger soldiers say President Bazoum's government has been removed“. Reuters (2023-yil 27-iyul). Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Who is Omar Tchiani, the suspected brain behind Niger coup?“ (en). www.aljazeera.com. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
- ↑ „Niger's president vows democracy will prevail after mutinous soldiers detain him and declare a coup“ (en). AP News (2023-yil 27-iyul). Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
- ↑ „Niger's General Abdourahamane Tchiani declares himself leader after coup“ (en). France 24 (2023-yil 28-iyul). Qaraldi: 2023-yil 28-iyul.
- ↑ „Niger general Tchiani named head of transitional government after coup“ (en). www.aljazeera.com. Qaraldi: 2023-yil 28-iyul.