Koʻlborilon
Qiyofa
(Gyurzadan yoʻnaltirildi)
Koʻlbor ilon, koʻlvor ilon (Vipera lebetina), gyurza — qora ilonlar oilasiga mansub zaharli ilon. Uzunligi. 1,6 m gacha. Tanasining usti sargʻish yoki qizgʻishmalla rangda boʻlib, koʻpincha kulrang yoki qizgʻish kundalang dogʻlar bilan qoplangan. Afrikaning shimoliy-gʻarbidan va Oʻrta dengizdagi ayrim orollardan to Pokiston va shimoliy-gʻarbiy Hindistongacha boʻlgan hududlarda, Kavkazning sharqiy qismida, Qozogʻiston janubida va Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Oʻzbekistonda Xovos atrofida, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida uchraydi. Mayda qushlar, sut emizuvchilar va sudralib yuruvchilar bilan oziqlanadi. Tunda faol 3 yoshida voyaga yetadi. Zahari tibbiyotda ishlatiladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |