Kontent qismiga oʻtish

Blyuz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Taj Mahal Blues Trio

Blyuz (ing. blues, blue devils — gʻamginlik, dilgirlik) — Missisipi qoratanlilarining yakka ijro etiluvchi lirik qoʻshigʻi; odatda, qaygʻu, hasrat, baxtni qoʻmsash kayfiyatlarini ifodalaydi. 19-asr oxiridan maʼlum; 20-asr boshidan shaharlarda yashovchi qoratanlilar orasida ham tarqala boshlaydi va professional musiqachilar ijodida mumtoz shakliga ega boʻladi. Ilk namunalari — U. Xendining „Memfis blyuz“ (1912) va „SenLui blyuz“ (1914). B. sirgʻanuvchi ohanglar („blyuz ohanglari“), sinkopalar, ijroviy badihagoʻylik kabi xususiyatlarga ega. B.— jaz sanʼatining asosiy manbalaridan biri.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil