Guano Apes
Guano Apes | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Kelib chiqishi | Göttingen |
Mamlakat | Germaniya |
Faoliyat yillari | 1994 – 2005 |
Janr | alternativ rok |
Leybl | GUN/Supersonic Records |
Tarkib |
Dennis Poschwatta Henning Rümenapp Sandra Nasić Stefan Ude |
Vebsayt | www.guanoapes.org |
Guano Apes — alternativ rok stilida ijod qiluvchi kvartet. Guruh 1994-yili Göttingenda tashkil topgan.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]1994 - 2005
[tahrir | manbasini tahrirlash]Guano Apes 1994-yili Germaniyaning Göttingen shahrida, gitarachi Henning Rümenapp, baschi Stefan Ude va barabanchi Dennis Poschwatta tomonidan tashkil topdi. Keyinroq, shu yilning oʻzida guruhga vokalchi Sandra Nasić qoʻshiladi. Guruhning karyerasi 1996-yilda "Open Your Eyes" qoʻshigʻi bilan mahalliy guruhlar tortishuvida gʻalaba qozonganlaridan boshlandi. Qoʻshiq ularning birinchi va eng muvaffaqiyatli singli boʻladi va 1997-yili debyut albomi Proud Like a Goddan keyin chiqariladi. Shuningdek, "Open Your Eyes" Warren Millerning filmi "Ellik" (1999)da ishlatiladi.
2000-yilda Guano Apes oʻzligining ikkinchi albomi - Don't Give Me Namesni chiqarishadi. "Big in Japan" (Alphaville'ga kaver) va "No Speech" singllari efirda juda koʻp qoʻyiladi va albom Germaniyada oltinlik unvoniga erishadi. Walking on a Thin Line 2003-yilda relizlanadi va "Quietly" hit-singlini dunyoga keltiradi. Guruh eng yaxshi qoʻshiqlari terilgan Planet of the Apes albomining relizi va 2005-yilning fevralida tugagan yakuniy turidan soʻng tarqalib ketadi.
Guano Apes'dan soʻng
[tahrir | manbasini tahrirlash]Guruh parchalanib ketganidan keyin, Lost (T)apes albomi relizlanadi. Bu albom 1994-1995-yillarda yozilgan ammo keng ommaga taqdim etilmagan demo yozuvlarni oʻz ichiga olardi.
Dennis Poschwatta yangi guruh - Tamotoda gitara chaladi va vokalda turadi. Stefan Ude ham Tamoto'ning debyut albomining yozilishida ishtirok etadi. Henning Rümenapp koʻproq 'sahna ortida' ishlamoqda. Sandra Nasic yakkahon albom ustida ishlamoqda.
Guruh ishtirokchilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sandra Nasić - vokal
- Henning Rümenapp - gitara
- Stefan Ude - bas
- Dennis Poschwatta - barabanlar, vokal
Diskografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Albomlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1997 — Proud Like A God
- 2000 — Don't Give Me Names
- 2003 — Walking On A Thin Line
- 2003 — Guano Apes Live
- 2005 — Planet of the Apes: Best of Guano Apes (terma albom)
- 2006 — Lost (T)apes
Singllar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1997 - "Open Your Eyes"
- 1998 - "Rain"
- 1998 - "Lords Of The Boards"
- 1999 - "Don't You Turn Your Back On Me "
- 2000 - "Big In Japan"
- 2000 - "No Speech"
- 2000 - "Living In A Lie"
- 2001 - "Dödel Up"
- 2001 - "Kumba Yo!" (Michael Mittermeier bilan birgalikda)
- 2003 - "You Can't Stop Me"
- 2003 - "Pretty In Scarlet"
- 2003 - "Quietly"
- 2004 - "Break The Line"
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Proud Like A God uchun "Kometa
- Proud Like A God va Don't Give Me Names uchun ECHO
- MTV Music Award (2001)
- Guano Apes eng yaxshi guruh va Sandra Nasić eng yaxshi qoʻshiqchi deb topilganligi uchun "Eins Live Krone"
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayt
- Nemis fan-sayti (Wayback Machine saytida 2008-01-13 sanasida arxivlangan)
- Guano Apes matnlari (Wayback Machine saytida 2007-10-21 sanasida arxivlangan)