Grifon (vulkanologiya)
[1][2]Grifonlar – bu balandligi 3 m gacha boradigan, odatda 1,5 m atrofida boʻlgan oʻziga xos mini-vulkanlardir
.[3] Grifonlar yer yuzasiga il, gaz, suv, neftni olib chiqadi, ammo ularda togʻ jinslarining qattiq boʻlaklari uchramaydi. Odatda ular turli konsistensiyaga – qaymoqsimon quyuq eritmadan suyuq sopka iligacha ega boʻladi.
Otilish belgilari
[tahrir | manbasini tahrirlash][4] Vulkan otilishidan oldin krater gʻovi ancha koʻtariladi, balchiq va gazlar chiqaboshlaydi hamda qarsillagan ovoz eshitiladi. Bu belgilar xavfli joydan oldindan chiqib ketish imkoniyatini yaratadi. Balchiq vulkanning kuch bilan otilishi – bu yer qa’rida toʻplanib qolgan uglevodorod gazlari boʻlib, bosimdan qutulib darzliklar boʻylab yer yuzasiga intilishidir. Yer yuzasida ular oʻz-oʻzidan yonib ketadi. Bunda alanga balandligi 500 m, yonish harorati 1200°S ga yetishi mumkin. Olov bilan birga osmonga koʻp miqdorda balchiq, togʻ jinslarining boʻlaklari va suv otilib chiqadi. Bu vulkan otilishining ajoyib manzarasi hisoblanadi.
Eng keng rivojlangan hududlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ozarboyjon grifonlar rivojlangan eng yirik hudud hisoblanadi. Bunday vulkanlar Saxalinda
, Qrimda, Meksikada, Kolumbiyada, Italiyada, Hindistonda, Yaponiyada, Xitoyda va Malay arxipelagida ham tarqalgan. Balchiq vulkanlar faol burmali tektonik harakatlar sodir boʻlayotgan va qalin choʻkindi yotqiziqlar rivojlangan hududlarda paydo boʻladi. Bu tasodif emas - ularning hosil boʻlishida choʻkindi jinslar orqali gazlarning otilib chiqishi uchun imkoniyat yaratuvchi yer yoriqlari, yer qa’rida anomal yuqori qatlam bosimini keltirib chiqaruvchi katta qalinlikdagi gilli jinslar va suvli gorizontlar muhim ahamiyatga ega. Yer yoriqlari gaz va suv uchun migratsiya yoʻli hisoblanadi. Gazlar va suv gilli va qattiq jinslarni yer yuzasiga oʻzi bilan olib chiqadi.
Vujudga kelish sabablari
[tahrir | manbasini tahrirlash][5] Grifonlarning otilish sababi yonuvchi gazlar hisoblanadi. Ular darzlik va burdalanish zonalari boʻylab yer yuzasiga koʻtarilishida yerosti suvli gorizontlaridan oʻtadi, bosimli suvlar bilan suyuqlangan gillarni oʻzi bilan balandga olib chiqadi. Agar otilib chiquvchi materiallar orasida suv va gil koʻp boʻlsa, unda yer yuzasida suyuq balchiq bilan toʻldirilgan havzalar – salzlar paydo boʻladi. Diametri 30 m dan ortiq boʻlgan ularning eng yirigi balchiq vulkan koʻli deb ataladi. Salzlarning oʻrta qismida loyqa otilib chiqadigan grifonlar rivojlanadi
Agar otilib chiqayotgan materiallar orasida togʻ jinslarining mayda boʻlaklari koʻproq boʻlsa salzlar oʻrnida past nishablikdagi konus yoki tepalik hosil boʻladi. Bunday balchiq vulkan
tepaliklarining uchida krater yoki kaldera hosil boʻladi. Balchiq vulkan tepaliklarining balandligi bir necha oʻnlab metrdan yuzlab metrga yetishi mumkin. Vulkanlarning ildizi 12–15 m chuqurlikkacha boradi. Uglevodorod gazlari yonuvchi boʻlgani sababli koʻpincha balandligi yuzlab metrga boruvchi yongʻin alangasi koʻtariladi.
Quruqlikdagi balchiq vulkanlardan tashqari suvosti balchiq vulkanlari ham ma’lum. Ularning faoliyati tufayli orollar hosil boʻladi, ammo ular toʻlqinlar ta’sirida tez yemirilib ketadi. Balchiq vulkanlar mavjud boʻlgan dengiz qismlari kema qatnovi uchun havfli hisoblanadi va xaritalarda albatta qayd etiladi. Yer yuzasiga turli togʻ jinslari, gazlar va minerallashgan suv olib chiquvchi balchiq vulkanlarning chuqurligi ba’zan 10 – 12 km ga boradi, bu hozircha burgʻilash texnikasi yetib borishi uchun murakab masala hisoblanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Хаин В.Е. Геология. М., 1993.
- ↑ Chiniqulov. X., Jo`liev. A.X. Умумий геология. Тошкент, 2011.
- ↑ Chiniqulov X. Litologiya (darslik). Toshkent, «Yangi asr avlodi», 2008.
- ↑ http://globalextreme.ru/2018/05/21/gryazevye-vulkany-sahalinskogo-ostrova/
- ↑ http://geo.web.ru/db/msg.html?mid=1165666
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |