Germaniya Konfederatsiyasi
Germaniya Konfederatsiyasi Deutscher Bund
| |
---|---|
1815-yil–1866-yil | |
[[{{{davlat_nomi}}} gerbi|Gerb]]
| |
Poytaxt | Frankfurt |
Boshqa tillar | boshqalar |
Din | Katolik, protestant |
Hukumat | Konfederatsiya |
• Imperator |
Frans I (1815–1835) |
• Imperator |
Ferdinand I (1835–1848) |
• Imperator |
Frans Iosif I (1850–1866) |
Qonun chiqaruvchi hokimiyat | Federal Konvensiya |
Tarix | |
• Asos solingan |
1815-yil |
1813-yil | |
• Konstitutsiya qabul qilinishi |
1815-yil 8-iyun |
1848-yil 13-mart | |
1850-yil 29-noyabr | |
1866-yil 14-iyun | |
1866-yil 23-avgust | |
• Tugatilgan |
1866-yil |
Pul birligi |
Reyxsthaler (1857-yilgacha) Konventshaler (1857-yilgacha) Vereinsthaler (1857-yildan) |
Germaniya Konfederatsiyasi (nemis: Deutscher Bund Markaziy Yevropadagi 39 ta nemis tilida soʻzlashuvchi mustaqil davlatlar birlashmasi edi[1]. U 1815-yilda Vena Kongressi tomonidan 1806-yilda tugatilgan sobiq Muqaddas Rim imperiyasining oʻrniga yaratilgan.[2]
Konfederatsiya faqat bitta organga ega edi — Federal Konvensiya (yoki Federal Majlis). Konventsiya aʼzo davlatlarning vakillaridan iborat edi. Eng muhim masalalarni bir ovozdan hal qilinishi kerak edi. Konvensiyaga Avstriya vakili raislik qilgan. Biroq, bu shunchaki rasmiyatchilik edi: Konfederatsiyada amalda davlat boshligʻi yoʻq edi.
Konfederatsiya, bir tomondan, unga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi mustahkam ittifoq edi, chunki federal qonun davlat qonunlaridan ustun edi (Federal konvensiya qarorlari aʼzo davlatlar uchun majburiy edi)[3]. Bundan tashqari, Konfederatsiya abadiy tuzilgan edi, chunki uni tarqatib yuborish (qonuniy ravishda) mumkin emas edi, hech bir aʼzo davlat uni tark eta olmasdi va har qanday yangi aʼzo Federal Konvensiyaning umumiy roziligisiz qoʻshila olmasdi. Boshqa tomondan, Konfederatsiyaning faoliyati ikki aʼzo davlat — Avstriya va Prussiyaning hamkorligiga bogʻliq edi.[4]
1848—1849-yillarda boshlanib ketgan inqiloblar Konfederatsiyani liberal, demokratik, sotsialistik va millatchilik tuygʻulari asosidagi liberal konstitutsiyaga ega birlashgan Germaniya federal davlatiga aylantirishga harakat qildi. Konfederatsiyaning boshqaruv organi — Konfederativ Diet 1848-yil 12 -yulda tarqatib yuborildi, ammo inqilob Avstriya, Prussiya va boshqa davlatlar tomonidan bostilgandan keyin 1850-yilda qayta tiklandi.[5]
Konfederatsiya 1866-yilda Avstriya imperiyasi ustidan yetti haftalik urushda Prussiya Qirolligi gʻalaba qozonganidan soʻng yana tarqatib yuborildi. Germaniya yerlarini boshqarish uchun boʻlgan ziddiyat Prussiya foydasiga tugadi. 1867-yilda Prussiya rahbarligida Shimoliy Germaniya Konfederatsiyasi tuzildi, unga Prussiya Qirolligining sharqiy qismlari va bir qator Janubiy Germaniya davlatlari qoʻshilgan edi. Ushbu Konfederatsiya 1871-yil Germaniya Imperiyasi tashkil topguncha mavjud boʻldi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Konfederatsiyaning tuzilishigacha boʻlgan davr
[tahrir | manbasini tahrirlash]1805-yil dekabr oyida Napoleon boshchiligidagi fransuzlar tomonidan Austerlitz jangida magʻlubiyatga uchragach, Muqaddas Rim imperatori Frensis II taxtdan voz kechdi va 1806-yil 6-avgustda imperiya tugatildi. 1806-yil iyul oyida Fransiyaning Pressburg shahrida 16 ta ittifoqdosh Germaniya davlatlari (shu jumladan Bavariya va Vyurtemberg) Reyn Konfederatsiyasini tuzdi. 1806-yil oktabrdagi Jena-Auerstedt jangidan keyin To'rtinchi Koalitsiya urushida, boshqa turli nemis davlatlari, jumladan Saksoniya va Vestfaliya ham Konfederatsiyaga qoʻshildi. Faqat Avstriya, Prussiya, Daniya Golshteyni, Shvetsiya Pomeraniyasi va Fransiya tomonidan bosib olingan Erfurt knyazligi Reyn Konfederatsiyasiga qoʻshilmadi. 1812-yildan 1814-yil qishigacha boʻlgan Oltinchi koalitsiya urushi Napoleonning magʻlubiyatini va Germaniyaning ozod qilinishini bilan tugadi. 1814-yil iyun oyida Geynrix von Shtayn Frankfurtda tugatilgan Reyn Konfederatsiyasi oʻrniga Germaniya uchun Markaziy boshqaruv organiga ega ittifoq Zentralverwaltungsbehörde) tuzishni taklif qildi. Biroq, Vena kongressida vakolatli vakillar Shtayn nazarda tutganidan ham kuchsizroq nemis davlatlari ittifoqini yaratishga qaror qildilar.
Tashkilotning tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Germaniya Konfederatsiyasi 1815-yil 8-iyunda Vena Kongressining 9-akti (Germaniya Konfederatsiyasi tashkilotini tuzish va mustahkamlash boʻyicha vazirlar konferensiyasining yakuniy akti) bilan tuzilgan.[6]
1820-yil 15-maygacha unga aʼzo German davlatlari qoʻshildi. Konfederatsiyaga qoʻshilish uchun belgilangan davlatlar quyidagilar edi:
Bayroq | Aʼzo davlatlar |
---|---|
Anhalt-Bernburg | |
Anhalt-Dessau | |
Anhalt-Köthen | |
Avstriya | |
Baden | |
Bavariya | |
Brunswick | |
Hannover | |
Gessen elektorati | |
Gessen Buyuk Gersoglari | |
Gessen-Homburg | |
Gogenzolern-Hodmund | |
Gogenzolern-Sigmaringen | |
Golshteyn | |
Lixtenshteyn | |
Lippe- | |
Lyuksumburg | |
Mecklenbur-Schevirn | |
Meclenburg-Strelitz | |
Nassau | |
Oldenburg | |
Prussiya | |
Yuqori Reuss | |
Quyi Reuss | |
Saks-Coburg-Saalfeld | |
Saks-Gotha-Altenburg | |
Saks-Hildburghausen | |
Saks-Lauenburg | |
Saks-Meiningen | |
Saks-Weimar-Eisenach | |
Saksoniya | |
Schaumburg-Lippe | |
Schwarzburg-Rudolstadt | |
Schwarzburg-Sondershausen | |
Waldeck and Pyrmont | |
Württemberg | |
Bremen | |
Frankfurt | |
Hamburg | |
Lyubek |
Avstriya imperiyasi va Prussiya qirolligi Konfederatsiyaning eng katta va eng kuchli aʼzolari edi. Ikkala davlatning katta qismi Konfederatsiyaga kiritilmagan, chunki ular sobiq Muqaddas Rim imperiyasining bir qismi boʻlmagan emas edi va qurolli kuchlarining katta qismi ham federal armiya tarkibiga kiritilmagan. Avstriya va Prussiya Federal Majlisda bittadan ovozga ega edi.
Yana oltita yirik davlat Federal Majlisda bittadan ovozga ega edi:
- Bavariya Qirolligi;
- Saksoniya Qirolligi;
- Vyurtemberg Qirolligi;
- Gessen elektorati;
- Baden Buyuk Gertsogligi;
- Gessen Buyuk Gertsogligi;
Bremen, Frankfurt, Hamburg va Lyubek erkin shaharlari Federal Majlisda bittadan ovozga ega boʻlishdi.
Qolgan 23 ta davlat Federal Majlisda umumiy beshta ovozga ega boʻldi:
- Saks-Veymar, Saks-Mayningen, Saks-Gota-Altenburg, Saks-Koburg-Zalfeld va Saks-Hildburgxauzen (5 davlat)
- Brunsvik va Nassau (2 davlat)
- Meklenburg-Shverin va Meklenburg-Strelits (2 davlat)
- Oldenburg, Anhalt-Dessau, Anhalt-Bernburg, Anhalt-Köten, Shvartsburg-Rudolshtadt va Shvartsburg-Zondershauzen (6 davlat)
- Hohenzollern-Xechingen, Hogenzollern-Sigmaringen, Lixtenshteyn, Reuss (yuqori), Reuss (quyi), Shaumburg-Lippe, Lippe va Valdek (8 davlat)
Umumiy Federal Majlisda 17 ta ovoz bor edi.
Qurolli kuchlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Germaniya Federal armiyasi (Deutsches Bundesheer) Germaniya Konfederatsiyasini tashqi dushmanlardan, birinchi navbatda, Fransiyadan jamoaviy himoya qilish maqsadida tuzilgan. Armiyaning harakatlari va tashkiliy ishlarini Diet belgilb berardi. Diet urush eʼlon qilish huquqiga ham ega edi va armiyaning oliy qoʻmondoni va alohida armiya korpusi qoʻmondonlarini tayinlash uchun javobgar edi. Bundan tashqari, Diet bir nechta Germaniya federal qal’alarining qurilishi va taʼmirlanishini nazorat qilgan va har yili aʼzo davlatlardan shu maqsadda mablagʻ yigʻilgan.[7]
Germaniya Federal armiyasi oʻnta armiya korpusiga boʻlingan (keyinchalik zaxira korpusi ham shakllantirilgan). Biroq, armiya korpusi Germaniya Konfederatsiyasiga tegishli emas, balki aʼzo davlatlarning milliy armiyalaridan tuzilgan va davlatning barcha qurolli kuchlarini oʻz ichiga olmasdi.[8] Misol uchun, Prussiya armiyasi toʻqqizta armiya korpusidan iborat edi, ammo Germaniya Federal armiyasiga faqat uchta armiya korpusi bor edi. Quyida baʼzi davlatlarning armiyadagi ulushini koʻrib oʻtamiz:
Davlat nomi | Maydoni [km2] | Aholisi | Yillik xarajatlar
Avstriya Guldenida |
Armiya Korpusi | Harbiylar soni |
---|---|---|---|---|---|
Avstriya Imperiyasi | 197,573 | 10,086,900 | 9,432,000 | I, II, III | 158,037 |
Prussiya Qirolligi | 185,496 | 9,957,000 | 7,956,000 | IV, V, VI | 133,769 |
Bavariya Qirolligi | 76,258 | 4,120,000 | 3,540,000 | VII | 59,334 |
Gannover qirolligi | 38,452 | 1,549,000 | 1,299,000 | X (1-Boʻlinma) | 21,757 |
Württemberg Qirolligi | 19,504 | 1,547,400 | 1,389,000 | VIII (1-boʻlinma.) | 23,259 |
Saksoniya Qirolligi | 14,993 | 1,480,000 | 1,194,000 | IX (1-boʻlinma) | 20,000 |
Baden Buyuk Gerosgligi | 15,269 | 1,175,000 | 993,000 | VIII (2-boʻlinma) | 16,667 |
Hesse-Darmstadt Buyuk Gersogligi | 7,680 | 720,000 | 615,000 | VIII (3-boʻlinma) | 10,325 |
Oldenburg Buyuk Gersogligi | 6,420 | 250,000 | 219,000 | X (2-boʻlinma) | 3,740 |
Boshqaruv
[tahrir | manbasini tahrirlash]Konfederatsiyaning yagona organi davlatlar hukumatlari delegatlaridan tashkil topgan Federal Majlis (rasmiy nomi Bundesversammlung, koʻpincha Bundestag deb ataladi) edi. Davlat boshligʻi yoʻq, lekin Avstriya delegati Assambleyaga raislik qildi (Bundesakte). Ammo Avstriyada qoʻshimcha vakolatlar yoʻq edi. Assambleya Frankfurtda yigʻilgan.
Konfederatsiyaga elchilarni qabul qilish mumkin edi. Assambleyada Yevropa davlatlarining elchilari faoliyat yuritishi mumkin edi lekin Assambleya kamdan-kam hollarda boshqa davlatlarga elchilar yuborgan.
1848-49 yillardagi inqilob davrida Federal Majlis oʻz vakolatlarini Frankfurt Milliy Assambleyasining inqilobiy nemis markaziy hukumati (Provisorische Zentralgewalt) ga topshirdi. Inqilobni bostirib, Prussiya qiroli Milliy Majlisni noqonuniy ravishda tarqatib yuborgach, oʻzi nemis milliy davlatini yarata olmadi. Federal Assambleya 1850-yilda Avstriya tashabbusi bilan qisman qayta faoliyati tiklandi, keyinchalik 1851-yilning yozida toʻliq qayta tiklandi.
Prussiya va Avstriya oʻrtasidagi raqobat, ayniqsa, 1859-yildan keyin tobora kuchayib bordi. Konfederatsiya 1866-yilda Avstriya-Prussiya urushidan keyin tarqatib yuborildi va 1866-yilda uning oʻrniga Prussiya hukmronlik qilgan Shimoliy Germaniya Konfederatsiya faoliyati yoʻlgan qoʻyildi. Germaniya Konfederatsiyasidan farqli oʻlaroq, Shimoliy Germaniya Konfederatsiyasi aslida haqiqiy davlat edi. Uning hududi Germaniya Konfederatsiyasining Main daryosining shimolidagi qismlarini, shuningdek, Prussiyaning sharqiy hududlarini va Shlezvig gersogligini oʻz ichiga olgan, ammo Avstriya va boshqa janubiy Germaniya davlatlari Konfederatsiyaga qoʻshilmagan
Prussiyaning taʼsiri Fransiya-Prussiya urushidan soʻng kuchaydi, natijada 1871-yil 18-yanvarda Versalda Germaniya imperiyasi eʼlon qilindi, Shimoliy Germaniya Federatsiyasini janubiy Germaniya davlatlari bilan birlashtirdi. 1871-yilda Avstriya, Lyuksemburg, Limburg gersogligi va Lixtenshteyndan tashqari sobiq Germaniya Konfederatsiyasining barcha davlatlari Prussiya hukmronligi ostidagi Kayzerreyx tarkibiga kirdi.
Madaniyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fransiya inqilobidan taʼsirida nemis rassomlari va ziyolilari romantizm keng tarqala boshladi. Universitetlarda yuqori malakali professor-oʻqituvchilar yetishib chiqdi, gumanitar fanlar siyosiy tarix, ilohiyot, falsafa, til va adabiyotni oʻrganishga yangi tarixiy nuqtai nazarni olib keldi. Georg Vilgelm Fridrix Hegel (1770-1831) falsafa, Fridrix Shleyermaxer (1768-1834) ilohiyot va Leopold fon Ranke (1795-1886) tarixda yuksak choʻqqilarga koʻtarila oldi. 1810-yilda tashkil etilgan Berlin universiteti dunyoda yetakchi universitetlardan biriga aylandi. Masalan Von Ranke tarixni professionallashtirib, tarixshunoslikning jahon standartini belgilab berdi. 1830-yillarga kelib matematika, fizika, kimyo va biologiya sohasi yuqori sur’atlarda oʻsdi.[9]
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Demografik oʻsish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Germaniya Konfederatsiyasining aholisi (Avstriyadan tashqari) 1815-yildan 1865-yilgacha 60 % ga, 21 000 000 dan 34 000 000 gacha oʻsdi[10]. Germaniyada demografik oʻsish davri sodir boʻldi. Tugʻilish yuqori, oʻlim esa past koʻrsatkichga yetdi. Chunki mamlakat qishloq xoʻjaligidan modernizatsiya qilingan qishloq xoʻjaligiga oʻtdi va sanoatlashgan shaharlar shakllana boshladi. Oʻtgan asrlarda yer tanqisligi tufayli hamma ham turmush qura olmasdi va koʻpincha nikohlar 25 yoshdan keyin amalga oshirilardi. Chaqaloqlar oʻlimining juda yuqori darajasi shuningdek, davriy epidemiyalar va hosilsizlik aholi oʻsishini cheklardi. 1815-yildan keyin qishloq xoʻjaligi mahsuldorligining oshishi oziq-ovqat taʼminotining koʻpayishiga, ocharchilik, epidemiyalar va toʻyib ovqatlanmaslikning kamayishiga olib keldi. Bu yoshlarga erta turmush qurish va koʻproq farzand koʻrish imkonini berdi, oʻz turmush oʻrtoqlarini tanlashga ruxsat berildi[11]. XIX asr boshlarida aholining katta qismi qishloqlarda istiqomat qilgan.[12]
Aristokratiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Agrar jamiyatlarda yerga egalik asosiy rol oʻynaydi. Germaniyaning Yunkerlar deb atalgan zodagonlari nafaqat aholi punktlarida, balki Qirollik saroylarida, ayniqsa Prussiya armiyasida yuqori taʼsirga ega boʻlishgan. Ular 1848-yilgacha oʻz mulklarida sud tizimini, shuningdek, ovlarni nazorat qilishni saqlab qolishdi. Yunkerlar 1861-yilgacha yer soligʻini ham toʻlamaganlar. 1872-yilgacha oʻz yerlarida politsiya vakolatlarini saqlab qolishd. Dehqonlarga dvoryanlardan qarzdorlikdan qochishga yordam berish uchun Berlinda 1809-yilda kapital ssudalar beriladigan kredit muassasasi tashkil etildi.[13][14]
Shaharlarning oʻsishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1815-yildan keyin shaharlar aholisi tez sur’atlar bilan oʻsib bordi, bu birinchi navbatda qishloqdan kelgan yoshlar hisobiga sodir boʻldi. Berlin 1800-yilda 172 000 kishidan 1870-yilda 826 000 kishiga koʻpaydi; Gamburg 130 000 kishidan 290 000 kishigacha oʻsdi; Myunxen 40 000 dan 269 000 kishgacha; Breslau (hozirgi Vrotslav) 60 000 dan 208 000 kishigacha; Drezden 60 000 kishidan 177 000 kishigacha; Königsberg (hozirgi Kaliningrad) 55 000 dan 112 000 gacha. Qolaversa, nemislar Qoʻshma Shtatlarga keng koʻlamli emigratsiya qilishdi. 1840-yillarda emigratsiya 480 ming, 1850-yillarda 1 mln 200 ming, 1860-yillarda 780 ming kishini tashkil etdi.[15]
Boshqa millatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davlat nomiga qaramay Germaniya Konfederatsiyasi toʻliq nemislardan iborat emas edi; uning tarkibida boshqa xalqlar ham yashashgan. Xususan:
- Fransuz tilida soʻzlashuvchi vallonlar gʻarbiy Lyuksemburgda yashagan;
- Limburg gersogligi (1839—1866-yillarda aʼzo)toʻliq gollandiyaliklardan iborat edii;
- Avstriyaning janubi va janubi-sharqida italyanlar va slovenlar yashagan;
- Bogemiya va Moraviya yerlarida chexlar istiqomat qilgan;
- Sileziyada polyaklar, serblar esa Saksoniya va Prussiyaning Brandenburg viloyatida yashashgan.
Zollverein: iqtisodiy integratsiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Konfederatsiya iqtisodiyotini yaxshilash boʻyicha keyingi harakatlar 1834-yilda bojxona ittifoqi Zollverein tashkil etilishi bilan boshlandi. U 1834-yilda Prussiya taklifi bilan keng savdo afzalliklari va sanoatni ragʻbatlantirish uchun tashkil etilgan Tarixchilarlarning aytishicha Prussiya bundan uchta maqsadini koʻzlagan:
- Konfederatsiyada Avstriyaning siyosiy taʼsirini kamaytirish;
- Iqtisodiyotni yaxshilash;
- Kichikroq nemis davlatlarining iqtisodiy mustaqilligini kamaytirishorqali Germaniyani potensial fransuz tajovuziga qarshi mustahkamlash.[16]
Bojxona ittifoqi umumiy bozorni yuzaga keltirdi, davlatlar oʻrtasidagi boj taʼriflari tugatildi va aʼzo davlatlar ichida (Avstriyadan tashqari) standartlashtirilgan ogʻirlik, uzunlik va yagona pul birligi yuzaga keldi.[17]
1842-yilga kelib Zollverein koʻpgina nemis davlatlarini oʻz ichiga qamrab oldi. Keyingi yigirma yil ichida nemis sanoati hajmi toʻrt barobar oshdi. Koʻmir qazib olish ham tez sur’atlar bilan oʻsdi. Oʻz navbatida, Germaniya sanoati (ayniqsa, Krupp konserni) poʻlat qurol, quyma poʻlatli oʻq va oʻqli miltiqni taqdim etdi, bu Germaniyaning texnologiyani qurollarga muvaffaqiyatli qoʻllashini koʻrsatdi, Germaniyaning xavfsizligi sezilarli darajada kuchaydi, bu muvaffaqiyatlar Prussiya davlati va yer egalarini tashqi tahdiddan himoya qildi. Iqtisodiy integratsiya, ayniqsa, nemis davlatlari oʻrtasida milliy ongning kuchayishi, siyosiy birlikni shakllantirdi.
Zollverein Avstriyaning Konfederatsiyadagi hukmronligini zaiflashtirdi, chunki iqtisodiy birlik siyosiy birlik va millatchilikni kuchaytirdi.
Konfederatsiyaning tugatilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avstriya-Prussiya urushi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1866-yilda Avstriya-Prussiya urushi bir tomondan Avstriya imperiyasi va uning ittifoqchilari, ikkinchi tomondan Prussiya Qirolligi va uning ittifoqchilari oʻrtasida sodir boʻldi. Konfederatsiya tugatilishidan oldin uning trakibida 33 ta aʼzo bor edi. 1866-yil 23-avgustda Praga tinchlik shartnomasiga koʻra, Avstriya Konfederatsiyaning tarqatib yuborilganligini eʼlon qildi. Ertasi kuni qolgan aʼzo davlatlar ham buni tasdiqladilar.[18] Shartnoma Prussiyaga Germaniya shimolida yangi Shimoliy Germaniya Konfederatsiyasini (Bundesverxältnis) tuzishga ruxsat berdi. Janubiy Germaniya shtatlariga ham Janubiy Germaniya Konfederatsiyasini tuzishga ruxsat berildi, u tuzilmadi.
Shimoliy Germaniya Konfederatsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Prussiya 1867-yilda Shimoliy Germaniya Konfederatsiyasini tuzdi. U Mayn daryosining shimolidagi barcha nemis shtatlarini, shuningdek, Svabiyadagi Gogenzollern hududlarini birlashtirgan federal davlat edi. Janubiy Germaniya davlatlari Bavariya, Vyurtemberg, Baden va Gesse- Darmshtadt Germaniyaning qolgan qismidan alohida mustaqil boʻlib qoldi. Biroq, Fransiya-Prussiya urushining muvaffaqiyatli tugashi tufayli ushbu 4 ta davlat 1870-yil noyabrda shartnoma asosida Shimoliy Germaniya Konfederatsiyasiga qoʻshildi[19]
Germaniya imperiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fransiya-Prussiya urushi nihoyasiga yetgandan soʻng, Bavariya qiroli Lyudvig II qirol Vilgelmdan yangi Germaniya imperiyasining tojini kiyishni soʻradi. 1871-yil 18-yanvarda Parij yaqinidagi Versal saroyidagi Ko'zgular zalida gersoglar, knyazlar va generallar tomonidan imperiya eʼlon qilindi. Shimoliy Germaniya Konfederatsiyasining dieti Shimoliy Germaniya Konfederatsiyasini Germaniya imperiyasi deb qayta nomladi va Prussiya qiroliga Germaniya imperatori unvonini berdi.[20]
Germaniya Konfederatsiyasi oʻrnidagi hozirgi davlatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Germaniya (Shlezvig-Golshteyn shimolidagi Janubiy Shlezvigdan tashqari barcha hududlar);
- Avstriya (Burgenlanddan tashqari barcha hududlar);
- Lyuksemburg (butun hudud);
- Lixtenshteyn (butun hudud);
- Niderlandiya (1839-yildan 1866-yilgacha Konfederatsiya aʼzosi boʻlgan Limburg gersogligi);
- Chexiya (butun hudud);
- Sloveniya (Prekmurye va Koper, Izola va Piran hudularidan tashqari barcha hududlar);
- Polsha (Gʻarbiy Pomeraniya, Lyubus vodiysi, Quyi Sileziya vodiysi, Opole vodiysi, Sileziyaning bir qismi)[21];
- Belgiya (Eupen-Malmedy, Liej viloyati);
- Italiya (Trentino-Alto-Adige / Südtirol avtonom viloyati, Triest provinsiyasi);
- Xorvatiya (Istriya okrugidagi Pazin hududi va Liburniya viloyatidagi Opatiya va Plomin).
Daniya hech qachon aʼzo davlat boʻlmagan, lekin uning qiroli bir vaqtning oʻzida aʼzo davlatlar Golshteyn va Lauenburg gertsogi edi. Shlezvig gersogligi (hozirgi vaqtda qisman Daniyaga tegishli) hech qachon Konfederatsiya tarkibiga kirmagan, garchi u 1849-yilgi Frankfurt Konstitutsiyasida qayd etilgan va Germaniya markaziy hukumati tomonidan oʻrnatilgan hukumat tomonidan boshqarilgan boʻlsa ham. Keyinchalik, Golshteyn, Lauenburg va Shlezvig 1864—1866-yillarda Avstriya-Prussiya ittifoqi ostida birlashtirildi.
Eslatmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ The German Confederation did not include German-speaking lands in the eastern portion of the Kingdom of Prussia (East Prussia and parts of West Prussia and Posen), the German-speaking cantons of Switzerland (including a third of majority francophone Fribourg and Valais), Alsace and a north-eastern strip of Lorraine in France, and southern portions of Schleswig (Kingdom of Denmark).
- ↑ "German Confederation". Encyclopædia Britannica.
- ↑ Ernst Rudolf Huber: Deutsche Verfassungsgeschichte seit 1789. Vol. I: Reform und Restauration 1789 bis 1830. 2nd edition, Verlag W. Kohlhammer, Stuttgart [et al.] 1967, pp. 601/602.
- ↑ Ernst Rudolf Huber: Deutsche Verfassungsgeschichte seit 1789. Vol. I: Reform und Restauration 1789 bis 1830. 2nd edition, Verlag W. Kohlhammer, Stuttgart [et al.] 1967, pp. 594/595.
- ↑ Deutsche Geschichte 1848/49, Meyers Konversationslexikon 1885-1892
- ↑ Heeren, Arnold Hermann Ludwig (1873), Talboys, David Alphonso (ed.), A Manual of the History of the Political System of Europe and its Colonies, London: H. G. Bohn, pp. 480-481
- ↑ Treitschke, Heinrich. History of Germany in the Nineteenth Century. Jarrold & Sons, London, 1919. Vol. VII, p. 519.
- ↑ Beilage zum Militaer-Wochenblatt fuer das deutsche Bundesheer. No. 3, 1860.
- ↑ Sheehan, James J. (1989). German History: 1770-1866. New York: Oxford University Press. pp. 324-371, 802-820. ISBN 0198221207.
- ↑ Nipperdey, Thomas (1996). Germany from Napoleon to Bismarck: 1800-1866. Princeton: Princeton University Press. p. 86. ISBN 069102636X.
- ↑ Nipperdey, Thomas (1996). Germany from Napoleon to Bismarck: 1800-1866. Princeton: Princeton University Press. pp. 87-92, 99. ISBN 069102636X.
- ↑ Clapham, J. H. (1936). The Economic Development of France and Germany: 1815-1914. Cambridge University Press. pp. 6-28.
- ↑ Weber, Eugen (1971). A Modern History of Europe. New York: Norton. p. 586. ISBN 0393099814.
- ↑ Sagarra 1977, pp. 37-55, 183-202
- ↑ Nipperdey, Germany from Napoleon to Bismarck: 1800-1866 pp 96-97
- ↑ Murphy, David T. (1991). „Prussian aims for the Zollverein, 1828-1833“. Historian. 53 (2): 285-302. doi:10.1111/j.1540-6563.1991.tb00808.x.
- ↑ W. O. Henderson, The Zollverein (1959) is the standard history in English
- ↑ Ernst Rudolf Huber: Deutsche Verfassungsgeschichte seit 1789. Vol. III: Bismarck und das Reich. 3rd edition, Kohlhammer Verlag, Stuttgart 1988, p. 571, 576.
- ↑ Case, Nelson (1902). European Constitutional History. Cincinnati: Jennings & Pye. p. 139. OCLC 608806061.
- ↑ Case, Nelson (1902). European Constitutional History. Cincinnati: Jennings & Pye. p. 139. OCLC 608806061.
- ↑ Charles Eugene Little, Cyclopedia of Classified Dates: With an Exhaustive Index, 1900, page 819.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Blackbourn, David (1998). The Long Nineteenth Century: A History of Germany, 1780-1918. ISBN 9780195076714.
Blackbourn, David; Eley, Geoff (1984). The Peculiarities of German History: Bourgeois Society and Politics in Nineteenth-Century Germany.
Brose, Eric Dorn (1997). German History, 1789-1871: From the Holy Roman Empire to the Bismarckian Reich.
Evans, Richard J.; Lee, W. R., eds. (1986). The German Peasantry: Conflict and Community from the Eighteenth to the Twentieth Centuries.
Nipperdey, Thomas (1996). Germany from Napoleon to Bismarck.
Pflanze, Otto (1971). Bismarck and the Development of Germany, Vol. 1: The Period of Unification, 1815-1871.
Ramm, Agatha (1967). Germany, 1789-1919.
Sagarra, Eda (1977). A Social History of Germany: 1648-1914. pp. 37-55, 183-202. ISBN 0841903328.
Sagarra, Eda (1980). Introduction to Nineteenth Century Germany.
Sheehan, James J (1993). German History, 1770-1866.
Werner, George S (1977). Bavaria in the German Confederation 1820-1848.