Kontent qismiga oʻtish

Frans I

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Frans I (1768—1835) — Avstriya hukmdori (1792-yildan; 1804-yildan Avstriya imperatori unvoniga ega boʻlgan). Gabsburglar sulolasidan. "Muqaddas Rim imperiyasi"ning soʻnggi imperatori (1792—1806-yillarda Frans II nomi bilan). Yevropa monarxlarining Fransiyaga karshi koalitsiyasi tashabbuskorlaridan biri. Frans I davrida Avstriya 1792—1809-yillarda Fransiya bilan boʻlgan 4 ta urushda yengilgan. Uning qizi Mariya Luiza 1810-yil Napoleon I ga turmushga chiqqan. Frans I — Napoleon imperiyasi barham topgach, Avstriya, Prussiya va Rossiya tomonidan tuzilgan Muqaddas ittifoq (1815) tashkilotchilaridan biri.