Gepatit A
Gepatit A | |
---|---|
Sinonimlari | infeksion gepatit |
Gepatit A virusining elektron mikrografi | |
Belgilari | Koʻngil aynishi, qusish, ich ketishi, siydikning qorayishi, sariqlik, isitma, qorinda ogʻriq |
Mutaxassislik | Yuqumli kasalliklar, Gastroenterologiya, Gepatologiya |
Boshlanish vaqti | Infeksiyadan keyin 2–6 hafta |
Davomiyligi | 8 hafta |
Sabablari | Hepatovirus A bilan ifloslangan suv ichish yoki ovqat yeyish |
Tashxis usullari | Belgilar va qon testlari orqali |
Oldini olish | Gepatit Aga qarshi emlash, qoʻllarni yuvib yurish, ovqatni yaxshi pishirish |
Davolash | Simptomatik davo, jigar transplantatsiyasi |
Uchrash tezligi | 114 mln (2015) |
Gepatit A – gepatovirus A virusi (GAV) keng tarqalgan yuqumli kasalliklardan biri hisoblanadi. GAV fekal-oral usulda yuqadi. Inkubatsiyon muddati oʻrtacha 30 kunni tashkil etadi. Gepatit A aksariyat holatda asimptomatik boʻladi. Boshqa hollarda isitma, koʻngil aynishi, qusish, ich ketishi, sariqlik va qorinda ogʻriq bilan namoyon boʻlishi mumkin. Jigarga aloqador boʻlmagan belgilari juda kam uchraydi hamda vaskulit, artrit, aplastik anemiya, sindromi qoʻshilib kelishi mumkin. Aksariyat bemorlarda 2-6 oy ichida oʻz-oʻzidan tuzalib ketadi. Shu xususiyati bilan gepatit B va Cdan ajraalib turadi. Chunki, bu viruslar surunkali kasalliklarga sabab boʻladi. 1% dan kamroq bemorlarda fulminant jigar yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin va bu jigar transplantasiyasini talab qiladi. Klinik jihatdan boshqa virusli gepatitlardan farq qilmaydi. Laboratoriya tekshiruvlarida plazma aminotransferaza fermentlari (ALT ASTga qaraganda ancha baland), bilirubin va ishqoriy fosfataza miqdorining ancha oshishi kuzatiladi. Tashxis qonda GAV immunoglobulin Mni aniqlash orqali tasdiqlanadi. Davolash simptomatik boʻlib, asosan dam olish, koʻp suyuqlik ichish, koʻngil aynishi va ich ketishini bartaraf etishdan iborat boʻladi[1].
Etiologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gepatit A virusi Hepatoviruslar turkumi, Picornaviridae oliasiga mansub, kichik, qobiqsiz, yagona zanjirli musbat RNKli virus hisoblanadi. Oshqozon kislotasi, issiqlik va kimyoviy moddalarga chidamli boʻlib, dengiz suvi va chuchuk suvda oylab turishi mumkin[1].
Epidemiologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Simptomatik GAV infeksiyalari bilan yiliga 1.4 mln odam kasallanadi.
Virologiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gepatit A virusining 1 ta serotipi va 7 ta genetik guruhlari tasvirlangan boʻlib, shulardan toʻrttasi odamda va uchtasi primatlarda kasallik keltirib chiqaradi[2].
Turkum | Strukturasi | Simmetriyasi | Kapsid | Genom tuzilishi | Genom segmentatsiyasi |
---|---|---|---|---|---|
Gepatovirus | Ikosayedr | Soxta T=3 | Konvertsiz | Linear | Monopartit |
Odam va boshqa umurtqali hayvonlar xoʻjayin vazifasini oʻtaydi. Virus fekal-oral va qon orqali yuqadi. Yutilganidan keyin ichak yoki ogʻiz-halqum epiteliysi orqali qonga tushadi. Qon orqali virus jigarga boradi va jigar gepatotsitlari va makrofaglarida joʻpayishni boshlaydi. Virus replikatsiyasi sitoplazmada sodir boʻladi. Hujayraga kirishi xoʻjayin retseptorlariga bogʻlanishi va endotsitoz orqali amalga oshiriladi. Virus lizis yoki viroporinlar orqali hujayrani tark etadi. Virionlar jigardan oʻt suyuqligiga, u yerdan ichaklarga quyiladi.
Turkum | Xoʻjayini | Toʻqima tropizmi | Hujayraga kirishi | Koʻpayish joyi | Yuqishi |
---|---|---|---|---|---|
Gepatovirus | odamlar va umurtqalilar | jigar | hujayra retseptor endotsitoz | sitoplazma | Oral-fekal; qon |
Belgi va simptomlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klinik belgilari yoshga qarab oʻzgarib turadi bunda 6 yoshdan kichik bolalarda uchrasa, 30% hollatlarda simptomlar kuzatilsa, kattalarda bu koʻrsatkich 70%ni tashkil etadi. Simptomatik bemorlarda kasallik quyidagi fazalarda namoyon boʻladi[3].
Sariqlik oldi fazasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sariqlik fazasi oʻrtacha 5-7 kun davom etadi.
- isitma
- holsizlik
- ishtahasizlik
- koʻngil aynishi va qusish
- qorinda ogʻriq
- bosh ogʻrigʻi
Sariqlik fazasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sariqlik fazasi 4-30 kun davom etadi.
- Siydik qorayishi
- Sariqlik
- Oqish najas
Boshqa kam uchrovchi belgilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- qaltirash
- yoʻtal
- qichishish
- toshmalar
- ich ketishi
- ich qotishi
- artralgiya
- mialgiya
Tashxis
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tashxis sariqlik, siydikning qorayishi, qorinda bezovtalik, isitma, holsizlik, koʻngil aynishi, ich ketishi belgilari kuzatilgan odamda gumon qilinishi shunga asosan tekshiruv ishlarini talab qiladi. Tashxisni qonda GAV IgM antitanalarini aniqlash orqali tasdiqlanadi. IgM antitanalari oʻtkir gepatit A dan keyingina rivojlanadi va infeksiyadan 1-2 hafta oʻtib va 14 hafta turadi[4].
Differensial diagnostika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Differensial tashxis boshqa virusli infeksiyalar, bakteriyali infeksiyalar, autoimmun kasalliklar, parazitlar, doridan zaharlanishlar, ishemik gepatit va Bad–Xiari sindromidan qilinadi.
Davolash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gepatit A bilan infeksiyalangan bemorlarga faqat simptomatik terapiya qilinadi. Bemor koʻp dam olishi, yetarlicha ovqat va suyuqlik ichishi, gepatotoksik mahsulotlar masalan alkogol va paratsetamol isteʼmol qilmaslik kerak. Agar bemor koʻp miqdorda qayt qilsa, antiemetik beriladi. Gepatit A uchun birorta maxsus antivirus preparat mavjud emas.
Profilaktikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gepatit Adan vaksinatsiya, gigienaga rioya qilish va toza suv va ovqat isteʼmol qilish orqali himoyalanish mumkin.
Emlash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikki turdagi vaksinalar biri inaktivatsiyalangan Gepatit A va biri tirik ammo kuchsizlantirilgan Gepatit A virusini tutadi. Har ikkala vaksina ham virusga qarshi faol immunitet hosil qiladi. Vaksina 25 yildan ortiq muddatga 95% dan ortiq holatda oʻz kuchini yoʻqotmaydi[5][6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Langan RC, Goodbred AJ. Hepatitis A. Am Fam Physician. 2021 Oct 1;104(4):368-374. PMID: 34652109.
- ↑ Cristina J, Costa-Mattioli M. Genetic variability and molecular evolution of hepatitis A virus. Virus Res. 2007 Aug;127(2):151-7. doi: 10.1016/j.virusres.2007.01.005. Epub 2007 Feb 27. PMID: 17328982.
- ↑ Jeong SH, Lee HS. Hepatitis A: clinical manifestations and management. Intervirology. 2010;53(1):15-9. doi: 10.1159/000252779. Epub 2010 Jan 5. PMID: 20068336.
- ↑ Nainan OV, Xia G, Vaughan G, Margolis HS. Diagnosis of hepatitis a virus infection: a molecular approach. Clin Microbiol Rev. 2006 Jan;19(1):63-79. doi: 10.1128/CMR.19.1.63-79.2006. PMID: 16418523; PMCID: PMC1360271.
- ↑ Van Damme P, Van Herck K. A review of the long-term protection after hepatitis A and B vaccination. Travel Med Infect Dis. 2007 Mar;5(2):79-84. doi: 10.1016/j.tmaid.2006.04.004. Epub 2006 Jun 19. PMID: 17298912.
- ↑ Nothdurft HD. Hepatitis A vaccines. Expert Rev Vaccines. 2008 Jul;7(5):535-45. doi: 10.1586/14760584.7.5.535. PMID: 18564009.