Sitoplazma
Ushbu sahifani Sitoplazmaning tuzilishi bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Eukaryotik hujayra organellalari:
|
Sitoplazma (grekcha: κύτος [sito] - hujayra va πλάσμα [plasma] — shakllangan) — hujayraning yadro bilan plazmatik membrana oraligʻida joylashgan asosiy tarkibiy qismi (qarang Hujayra). Sitoplazma kolloid sistema — gialoplazma, organoidlar va kiritmalardan tashkil topgan. Sitoplazmadagi kolloid zarrachalar va boshqa tarkibiy qismlar doim harakatda boʻladi. Mikrofibrilla, mikronaychalar va boshqa tolasimon tuzilmalar hujayraning harakat-tayanch sistemasi hisoblanadigan sitoskeletni hosil qiladi. Hayvon hujayralari Sitoplazmasi organoidlari kam boʻlgan, plazmatik membranaga yaqin tashqi qismini ektoplazma, ichki, yadroga yaqin joylashgan organoidlarga boy qismini endoplazma deyiladi. Oʻsimlik hujayralari sitoplazmasi hayvon hujayralaridan maxsus organoidlar — plastidalar va yirik vakuolalarning boʻlishi bilan farq qiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |