Kontent qismiga oʻtish

Immunoglobulinlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Immunoglobulinlar (Ig) -umurtqali hayvonlar va odamning qon zardobidagi antitelolar faolligiga ega boʻlgan globulyar oqsillar guruhi. I. molekulasi ikkita bir xil yengil va ikkita bir xil ogʻir polipeptid (qarang Peptidlar) zanjirlardan iborat boʻlib, ular oʻzaro, asosan, disulfid (— S—S—) bogʻlar bilan bogʻlangan. I. ning bunday toʻrt zanjirli tuzilishi davomiy qaytarilib, dimerlar (IgA) yoki pentamerlar (IgM) hosil qilishi mumkin. Har bir polipeptid zanjir (yengil yoki ogʻir) ikkita — konstant va variabel qismdam iborat boʻlib, konstant (SOON — chetki) qismning aminokislotali ketma-ketligi turli I. da juda oʻxshash variabel (NH2 — chetki) qismda esa turli I. da turlicha. I. xususiyatlari ularning bitta yengil va bitta ogʻir zanjirli variabel qismdan tuzilgan faol markazining fazoviy strukturasiga bogʻliq. Ularning boshqa biologik xossalari (platsenta orqali oʻtishi, sekretlarga tushishi, toʻqimalarda paydo boʻlishi, komplement tizimining faollashuvi yoki biologik faol moddalarning ajralishi) molekulyar konstant qismining tuzilishi orqali aniqlangan. Konstant qismlarining tuzilishi va antigen farqiga muvofiq ogʻir zanjirlar 5 ta sinfga boʻlinadi: u, s, a, 8, ye. Ular ham oʻz navbatida I. ning tegishlicha 5 sinfini hosil qiladi: IgG, IgM, IgA, IgD, IgE. I. limfa hujayralarida sintezlanadi va immunitet hosil boʻlishida ishtirok etadi; ular, asosan, qonda, qisman soʻlak, oʻt, orqa miya suyukligi, siydik, turli sekretlar va b. toʻqima suyukliklarida boʻladi. I. ning asosiy effektor reaksiyalari har bir antigenga oʻziga xos antitelolar ishlab chiqish orqali amalga oshadi. Uning bu xususiyatidan tibbiyotda ayrim infeksion kasalliklarni (mas, koʻkyoʻtalga, stafilokokka qarshi I.) davolashda foydalaniladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil