Kontent qismiga oʻtish

Georg von Peuerbach

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Georg von Peuerbach
Tavalludi
nemischada: Georg Aunpekh

30-may 1423-yil
Vafoti 4-aprel 1461-yil
Vena
Taʼlimi Vena universiteti
Kasbi Astronom, matematik, universitet o'qituvchisi.

Georg von Peuerbach – avstriyalik astronom va matematik, Regiomontanning ustozi va doʻsti boʻlgan.

Georg von Peuerbach 1446-yilning bahorida 23 yoshida Vena universitetiga oʻqishga kiradi. Uning qobiliyatlari bir yarim yil ichida bakalavr darajasini, ikki yil oʻtib, lisenziat unvonini olishiga, va 1453-yil fevralida magistr darajasiga sazovor boʻlishiga imkon beradi. Uning matematika boʻyicha oʻqituvchisi, Iogann Gmunden boʻlgan deb tahmin qilinadi. Oʻqish davrida Peuerbach Germaniya, Fransiya va Italiyada bir necha yil yashagan. Italiyada Georg von Peuerbach Nikola Kuzanskiy va Jovanni Byankini bilan tanishgan. Vataniga qaytgach, bir muddat qiyin moliyaviy ahvolda qolgan. Keyinchalik, saroy astrologi boʻlib ishlagan. Koʻp oʻtmay u Vena universitetida dars bera boshlagan, u yerda astronomiya, matematika va gumanitar fanlar boʻyicha maʼruza oʻqigan.

1453-54-yillarda Peuerbach oʻzining birinchi maʼruzasini sayyoralar harakati nazariyasiga bagʻishlagan. Mazmunan kurs Ptolomeyning geotsentrik nazariyasining asoslarini tashkil qilgan. Pretsessiya nazariyasi bu yerda Ptolomeyning „Almagest“ asari boʻyicha emas, balki al-Battanining „Sabean Ziji“ boʻyicha taqdim etilgan. Georg von Peuerbachning maʼruzalari chizmalar va sxemalarni, shuningdek, fazoviy modellarni namoyish qilish bilan birga olib borilgan. Ushbu sxemalarni keyinchalik koʻplab nusxalari saqlanib qolingan. Georg von Peuerbach maʼruzalariga asoslanib oʻquv qoʻllanma yaratilgan. Regiomontan uni 1472-yilda „Sayyoralar yangi nazariyasi“ (Theoricae Novae Planetarum) nomi bilan nashr etgan, natijada deyarli ikki asr davomida astronomiyaga oid eng mashhur qoʻllanmalardan biri boʻlib qolgan. Ushbu asarni 60 marta nashrdan chiqarishgan.

Georg von Peuerbach astronomik yilliklarni tuzish uchun yordamchi jadvallarni tuzgan, arifmetika boʻyicha „Algoritm boʻyicha quvnoq kurs“ oʻquv qoʻllanmasini yozgan. Shuningdek, u „Ptolomeyning sinuslar va chordalar boʻyicha takliflari haqida risola“ ni yaratgan. Unda Ptolomeyning chorda trigonometriyasi sinus trigonometriyasi bilan solishtirilgan.

Venadagi Stiven soborining janub tomonidagi quyosh soati, Georg von Peuerbach tomonidan ishlab chiqilgan.

1456-yilda Georg von Peuerbach katta kometani kuzatgan va keyinchalik u Galleya kometasi bilan ishlagan. Georg von Peuerbachning ushbu kuzatishlarga bagʻishlangan ishida kometaning oʻlchamlari va uning Yerga boʻlgan masofasini aniqlashga urinish qilingan. Georg von Peuerbach oʻz hisob-kitoblarida kometani „oy osti dunyosiga“ kiritish kerak, deb oʻylagan. U: „kometagacha boʻlgan masofa 1000 mildan oshadi, uzunligi esa 80 mil“, degan xulosaga kelgan. Ammo bu taxminlar juda qoʻpol boʻlib, ular haqiqiy oʻlchamlardan oʻnlab va yuz ming marta kichikroq boʻlgan.

Vena shahridagi Avliyo Stefan soborining janubiy qismida Georg von Peuerbach tomonidan qurilgan quyosh soatlari[1].

Georg von Peuerbach dastlab oʻz ixtiyorida Girard Kremonskiy tomonidan tarjima qilingan Ptolomeyning „Almagest“ matniga ega boʻlgan. U ushbu asarning oʻquv maqsadlarida foydalanish mumkin boʻlgan qisqartirilgan matnini tayyorlash vazifasini oʻz oldiga qoʻygan. „Almagest“ ning yunoncha matni uning ixtiyoriga kardinall Vissarion tomonidan taqdim etilgan. Georg von Peuerbach bu ishni VI-kitobgacha yetkazgan, biroq kitobni Regiomontan tugatgan. Ushbu kitob 1496-yilda Venetsiyada vafotidan soʻng, „Almagest Ptoleneyning epitomasi“ (Epitome in Ptolemaei Almagestum) nomi bilan nashr etilgan.

Georg von Peuerbach shuningdek astronomik kuzatishlar va astronomik asboblar yaratish bilan shugʻullangan. Xususan, u yangi va toʻlin oylarni aniqlash uchun, balandlikni aniqlash uchun asboblar va bir necha turdagi quyosh soatlarini ishlab chiqargan. Ular XVIII-asrgacha keng qoʻllangan. 1451-yilda Vena shahridagi Avliyo Stefan sobori uchun quyosh soatlarini loyihalashtirgan boʻlib, ularni hali ham janubiy kontrforsda koʻrish mumkin.

Georg von Peuerbach nomi bilan Oyda krater atalgan.

  • Sex primi libri epitomatis Almagesti, completed by Regiomontanus (Venice, 1496 (nedostupnaya ssilka s 11-05-2013 [4112 dney]); Basel, 1543; Nuremberg, 1550);
  • Tractatus Georgii Peurbachii Super Propositiones Ptolemaei de Sinubus & Chordis. Norimbergae 1541, Online-Ausgabe der Sächsischen Landesbibliothek – Staats- und Universitätsbibliothek Dresden;
  • Georgii Purbachii … Dispositiones Motuum Coelestium, Quas Theorias Planetarum vocant. Wittebergae 1653, Online-Ausgabe der Sächsischen Landesbibliothek – Staats- und Universitätsbibliothek Dresden;
  • Quadratu(m) Geometricu(m) prae clarissimi Mathematici Georgij Burbachij. Nurenberge 1516, Online-Ausgabe der Sächsischen Landesbibliothek – Staats- und Universitätsbibliothek Dresden;
  • Scripta Clarissimi Mathematici M. Ioannis Regiomontani. Norimbergae 1544, Online-Ausgabe der Sächsischen Landesbibliothek – Staats- und Universitätsbibliothek Dresden.
  1. Hermann Haupt. "Peu(e)rbach (auch Purbach), Georg von (eigentlich Georg Aunpekh)". Berlin: Duncker & Humblot, 2001. 
  • Beliy Yu. A. Iogann Myuller (Regiomontan). 1436—1476. M.: Nauka, 1985.
  • Kolchinskiy I. G., Korsun A. A., Rodriges M. G. Astronomi: Biograficheskiy spravochnik. – 2-e izd., pererab. i dop. – Kiev: Naukova dumka, 1986. – 512 s.
  • Aiton E. J. Peurbach’s 'Theoricae novae planetarum', Osiris, 3, 1987, p. 4-43.
  • Dobrzycki J., Kremer R. L. Peurbach and Maragha astronomy? The 'Ephemerides' of Johannes Angelus and their implications. Journal for History of Astronomy, 27, 1996, p. 187—237.
  • Langermann T. Y. Peurbach in the Hebrew tradition. Journal for History of Astronomy, 29, 1998, p. 137—150.