Jan Kalvin
Jan Kalvin | |
---|---|
Tavalludi | 10-iyul 1509 |
Vafoti | 27-may 1564 |
Fuqaroligi | Kingdom of France va Republic of Geneva |
Otasi | Gérard Cauvin |
Jan Kalvin (Calvin, Calvinus; 1509.10.7, Nuayon, Fransiya — 1564.27.5, Jeneva) — Fransiyada Reformatsiya namoyandalaridan biri, kalvinizm asoschisi. Ruhoniy oilasida tugʻilgan. Diniy va yuridik maʼlumot olgan. M. Lyuter taʼsirida protestantizmga moyil boʻlgan. 1534 i. protestantlar Fransiyada taʼqib etilgach, Jenevaga keldi. 1541-yil Jenevaning diktatori (shahar hokimi) boʻlgach, oʻz taʼlimotini amalga oshirishga intildi. "Xristian dinidagi koʻrsatmalar" asarida (1536) kalvinizm asoslari ifoda etilgan. Qadimgi ahdni xristianlik haqiqatining yagona manbai deb hisoblagan. Cherkov va jamiyat xayotida xudoga eʼtiqod qilishni targʻib etish K. faoliyatining asosini belgilaydi. K. oʻta diniy murosasizligi bilan ajralib turgan. U oʻz taʼlimotini Fransiya, Angliya, Niderlandiya, Germaniya, Vengriya va Polsha mamlakatlariga tarqatdi.[1]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |