Rona
Qiyofa
Rona — Shveysariya va Fransiyadagi daryo. Uzunligi 812 km, havzasining maydoni 98 ming km². Alp togʻlaridan boshlanib, Jeneva koʻli, Rona pasttekisligidan oqib oʻtib, Oʻrta yer dengizining Lion qoʻltigʻiga delta hosil qilib quyiladi. Asosiy irmoqlari: Sona, Izer, Dyurans. Quyilish yeriga yaqin joyda suv sarfi 1780 m³/sek, bahor va yozda toʻlib oqadi. Ronaning gidroenergetika, transport va irrigatsiya ahamiyati katta. Rona va uning irmoqlarida GES kaskadlari qurilgan. Ena daryosi quyilish joyidan boshlab quyi qismida kema qatnaydi. Sona daryosi va kanallar orqali Reyn, Mozel, Marna, Sena, Luara daryolari bilan tutashgan. Sugʻorishda keng foydalaniladi. Rona boʻyida Jeneva, Lion, Avinon, Arl shaharlari joylashgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |