Gemotoraks
Gemotoraks (grekcha: „thorax“ – koʻkrak qafasi) – plevra boʻshligʻiga qon yigʻilishi bilan kuzatiladi; asosan, bunda koʻkrak qafasi jarohatlanganda, lavsha, gemorrogik diatezda, oʻpka sili yoki oʻsma (rak, sarkoma) kuzatiladi.
Plevra boʻshligʻida 200 ml dan koʻp qon yigʻilganda gemotoraks uchun xos belgilar paydo boʻladi. Gemotoraks tashxisi rentgenologik tekshirish va plevra punksiyasi asosida qoʻyiladi. Yigʻilgan qon hajmiga koʻra, gemotoraks kichik (qon plevra sinusida yigʻiladi), oʻrta (qon koʻkrak oʻrtasigacha chiqadi) va katta (subtotal, total) boʻladi. Uncha katta boʻlmagan gemotoraks koʻkrak ogʻrigʻi, yoʻtal bilan kechadi, u zoʻraya borgan sari, nafas qisishi, hansirash, sianoz (koʻkarib ketish), yurak faoliyatining izdan chiqishi kuzatiladi. Dori-darmonlar bilan davolash naf bermasa, jarrohlik usuli qoʻllanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |